Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


55 
3. BOB. XONLIKLAR DAVRIDA NUMIZMATIKA 
 
3.1. O’rta Osiyo xonliklarida zarb qilingan tangalar 
 
XVIII asrda O’rta Osiyoda o’zbek qabilalaridan chikkan kishilar 
xukmronlik qilgan uchta mustaqil xonlik tarkib topdi: Qo’qon xonligi, 
Buxoro xonligi va Xiva xonligi. Uchchala davlatda (ashrafiy yoki tilla), 
kumush (tanga). misdan pul tayyorlandi. Qo’qon xonligida 1876 yili pul 
chiqarish tuxtatilgan. Xorazshoxlar va Xiva xonligi davrida uzining xaqiqiy 
qiymatiga ega bo’lgan oltin. kumush va mis muomalada ishlatilgan. 
Xiva xonligida uch xil pullar muomalada bo’lgan:
1. "Tilla" - oltin pul bo’lib. ikki xil shaklda va og’irlik miqdorida 
bo’lar edi. O’sha davr pul miqdorida 1 so’m 80 tiyinga teng, ikkinchisi 3 
so’m 60 tiyin deb belgilangan edi.
2. "Tanga" - kumushdan ipshanib, bir tanga usha davr pul birligida 30 
pul birligi yoki 20 tiyin deb belgilangan.
3. "Pul" - misdan ishlanadi. U pulga va tiyinga bo’linar edi. 
Kumushdan ishlangan tanga "oq tanga" deb, misdan ishlangan pul "qora 
tanga" deb yuritilar edi."qora tanga" o’zining qiymati jixatidan ok 
tanganiig 60 %ga teng edi. 
SHuningdek xonlikda "shoyi", "Abbos shoyi". "yarim shoyi" deb 
nomlangan pul birliklari xam ishlatilgan. Ularning qiymati 10 tiyindan 40
tiyingacha o’zgarib turgan. Bu pullarda odam rasmi tasvirlanmasdan arab 
imlosida qaysi xonlik tomonidan nechanchi yillarda zarb qilingani yozilar 
edi. 
Xiva oltinlari pullari maxalliy va chet eldan keltirilgan oltinlarga 
bo’linar edi. Xiva oltinlari o’zining yaltiroqligi, mustaxkamligi jixatidan 
ajralib turgan. Muomalada ko’p ishlatilgan kumush pullarni metallari Quyi 
Novgoroddan keltirilgan. 


56 
Xozirgi kunda Xiva xonligida zarb qilingan oltin, kumush, mis 
pullar va ularning qoliplari dunyoni ko’pgina mamlakatlari muzeylarida
saqlanmokda. Mas.: Moskva, Sankt-Pterburg, ayniqsa Xiva xonligi Rossiya 
tomonidan eabt etilgach uning qimmatbaxo buyumlarini birinchi navbatda 
oltin, kumush pullarini talash. Rossiya jug’rofiya jamiyati vakili
sharqshunos olim P.I.Perx va A.P. Kun raxbarligida ilmiy jixatdan tashkil 
qilindi. Vasilevskiy yordamida Peterburgdagi ermitajda tashkil qilingan 
numizmatika va boshqa fondlar O’rta Osiyodan. jumladan Xiva, Qo’qon va
Buxoro amirligidan kelgan oltin, kumush, mis, atlas va boshqa pullar 
xisobiga boyili. 1883 yili ermitajga junatilgan buyumlar ichida 1168 ta 
qadimiy oltin-kumush tangalar edi. Bundan tashqari o’ljalar ichida tanga 
zarb qiladigan qoliplar, oltin va kumushdan ishlangan. 25 ta xon muxri, 
200 dan ortik qadimiy tangalar mavjud edi. Bularning xammasi Xiva 
xonligi davrida zarb qilingan pullarning namunalaridir. Rossiya Xivani
bosib olishi bilanok pul sistemasini Rossiya pul sistemasiga o’tkazishni 
taklif etgan. lekin amalga oshmagan. 
Xonlikda ko’pincha kumushdan bo’lgan tanga pullar qulayligi uchun 
ko’p ishlatilgan. XIX asrning oxirlarigacha xar yili bir million so’mlik 
kumush tanga pullar xivalik maxalliy ustalar tomo nidan zarb qilingan. 
Rossiya bosib olinganidan keyin Ekaterina II podsholigi davridan 
buyon pul sifatida muomalaga kiritilgan qog’oz, kumush pullar xonlik
xududida qo’llanilmagan. qo’llanilganda xam uz kursidan past narxda 
qo’llar edi. Pul muomalasida qiyinchilik vujudga kelishi natijasida sarroflar
faoliyati aktivlashadi. Xatto rus savdogarlari tangalar va tillalarni 
yig’ishtirib olib qog’oz pullar tarkatishni taklif qiladilar. 1893 yil Rossiya
moliya vazirligining tashabbusi bilan rus savdogarlarining iltimosi 
muxokama qilindi va Xiva xoni tanga pullarini faqat rus podshosining 
ruxsati bilan zarb qilish majburiyati yuklatildi. 


57 
Natijada XX asrning birinchi o’n yilligida rus qog’oz pullari 
ishlatilayotgan tanga pullarga nisbatan ikki barobar ko’payib ketdi. Xiva 
xoni Muxammad Raximxon II o’z umrining oxirlarida Xiva xonligida 
muomala uchun ishlatilayotgan pul miqdorining etishmayotganligi, 
shuningdek musulmon sharq olamida podsholar nomidan pul chiqarib 
turilmasa unga xalq itoat etmasligini tushuntirib iltimos qilib zo’rg’a tanga 
chiqarish imkoniyatiga ega bo’ldi. Uning vafotidan keyin Xivada pul bosib 
chiqarish deyarli to’xtatildi. Rus podshosi pullari muomalada ishlatiladigan 
bo’ldi. 
1914 yildan boshlab Rossiya rus savdogarlari Xivada zarb qilingan 
tangalarni olmay qo’yadi. mavjud bo’lgan tilla va kumush pullar xalq 
qo’lida muomalada ishlatilib kelindi. 
Asfandiyorxon xokimiyatga kelgach. rus podshosi va amaldorlari Xiva 
xonligida bir kancha isloxotlar o’tkazish, Xivada muomalada bo’lgan 
yuritilayotgan barcha tanga va pullarni yig’ib olib butunlay pul sistemasini 
o’tkazishni xam taklif qildilar. lekin amalga oshirilmadi. 1918-20 yillar 
xonlikda ikki xonlik davri bo’ldi. Bu
davrdagi Sayd Abdudloxon
qo’g’irchok xon edi. Aslida xokimiyatni Junaidxon boshqarar edi. U uz 
xokimligini xalqqa ma`lum qilish uchun pul xam bostirib chiqardi. Uning

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin