shosh(SHosh kal`asi), usha davrdagi Farg’ona poytaxti Axsikent shunday
shaxarlardan xisoblanadi.
Movorounnaxr xalifalikdan ajralib chiqqandan keyin Xirot viloyatidan
kelib chikkan Toxir ibn Xusayn (821-873) Xuroson noibi etib tayinlanadi va
u Toxiriylar sulolasiga asos soladi. U Bag’dod xalifaligiga tobe bo’lib
ichki siyosatda mustaqil edi. Toxiriylarga tobe bo’lgan Movorounnaxr
noibi birinchisi somoniylardan edi. Toxiriylar taxtdan tushganlaridan
keyin Somoniylar mustaqillikka erishganlar.
42
Toxiriylar tangashunoslik soxasida dastlab dirxam va mis tangalar zarb
qilganlar. Abdulla ibn Toxir xukmronligidan boshlab oltin dinorlar zarb
qilingan. 15 dan ortik zarbxonalar bo’lib, vaqti - vaqti bilan tangalar
zarb qilingan. Movorounnaxrning Samarqand, Buxoro, SHosh, Madinai
ash-SHosh shaxarlarida, keyinchalik Xorazm zarbxonalarid a tangalar zarb
qilingan.
Umumiy ko’rinishi xusnixat yozuvlarni joylashishi bo’yicha
Toxiriylar davlatida zarb qilingan tangalar umumxalifalik tangalaridan farq
kilardi.
1
Birinchi Somoniylar faqat kumush tanga zarb qilish xukukiga ega
bo’lganlar. Ular zarb qilgan mis tangalar - fel’slar tashki ko’rinishi
bo’yicha yumaloqqa yaqin xatlari xunuk bo’lgan.
Somoniylar xukmronligi o’rnatilgandan keyin Ismoil ibn Axmad
davrida kumush tangalar ko’plab ishlab chiqariladi. Keyinchalik oltin
tangalar paydo bo’la boshlaydi. Oltin tangalarga nisbatan a`lo sifatli
kumushdan ko’plab zarb qilingan tangalar mamlakat tashqarisiga xam
chiqib ketgan.
Somoniylar tomonidan zarb qilingan tangalardagi yozuvlar xuddi
xalifalik davrida zarb qilingan tangalardek edi. Mis yoki kumush
tangalarning bir tomonida bir yoki ikki qator axyon -axyonda uch qator
yozuvlar uchraydi. Dirxamlarda faqat Somoniylar noibining ismi
yozilibgina qolmay, xalifalarni ismlari xam yozilgan.
Somoniylar davrida zarb qilingan mis tangalar tashqi ko’rinishi bilan
xam diqqatga sazovordir. Mis tanga ko’proq tarqalgan., ko’p muomalada
bo’lishiga qaramay u dirxam va dinorlar singari puxta ishlangan. Ulardagi
yozuvlar xam chiroyli. Ayrim mis tangalar, ayniqsa buxoroda zarb qilingan
mis tangalar shunchalik chiroyli va puxta ishlanganki kishini xayratga
1
Rtveladze E.O’rta Osiyoning qadimgi tangalari. T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, 22-
bet.
43
solgan. O’sha davrlarda 30dan ortiq zarbxonalar bo’lgan. Lekin ular vaqti –
vaqti bilan qisqa muddat ishlab keyinchalik yopilgan.
Somoniy dinorlari nisbatan kichik ko’lamda asosan Turkistondan
tashqarida zarb qilingan, ko’plab Xuroson, ayniqsa Morvarounnaxrda
Buxoro, Samarqand va SHoshda zarb etilgan.
Mis tangalar deyarli movarounnaxrda, Buxoro va Samarqandda ikki xil
qiymatda – adli va pashiz tarzida chiqarildi.
Somoniylar davridagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki. Tangashunoslik
soxasida xam shu davrlardan boshlab qalbakilashtirish masalasi bu davrda
xam tangalarni xar vaqt qo’lbola uskuna shtampelda zarb etishavergan.
Zarbxona uskunasi ular qo’liga tushib qolgan.Tangalarni qalbakilashtirish
asrlar davomida mo’may daromad keltirgan, shuning uchun ular o’limdan
xam qo’rqmay faoliyatini davom ettirganlar. Bu esa tanga chaqalarning
qadri yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Somoniylar xukmronligining oxirgi davrlarida, ayniqsa X -asrning
ikkinchi yarmiga kelib mintaqaning Ettisuv qismida shakllangan makondan
ko’ra xam kengroq miqyosda siyosiy faoliyat ko’rsatish imkoni va qudratiga
ega bo’lgan yangi siyosiy kuch maydonga chikadi. Biz ularni Qoraxoniylar
nomi ostida bilamiz. " Qaroxon" atamasi xususida " xon" ma`lum tushuncha,
ya`ni xukmdor " Qora"ning asli " Qapo" bir necha ma`noda qo’llanilishi
ta`kidlangan xolda, biz ko’rayotgan misolda " Buyuk", "Ulug’"
tushunchasini beradi.
SHunday qilib X asrning ikkinchi yarmida qoraxoniylar sharqiy
yunalishda Balxash ko’li - CHergen daryosigacha ( SHarqiy Turkiston)
bo’lgan erlarni buysundirishga muvaffaq bo’lib, g’arbiy yo’nalishda
Isfijob, O’zgan, Murg’ob daryosi quyi oqimlarigacha bo’lgan xududni o’z
ta`sir doirasiga kiritib oladi. 1005 yili Somoniylar siyosiy saxnadan
butunlay tushib ketdi, shu vaqtdan boshlab Qoraxoniylar en va Buxoro,
Samarqand umuman Amularyogacha bo’lgan xududlarni boshqara
44
boshladilar. Boshqacha aytganda XI asr boshlarida Turkiston bir qancha
siyosiy kuchlar tomonidan idora etilgan. SHarqiy Turki ston, Toshkent,
Isfijob, Farg’ona, SamarqAnd, Buxoro, CHag’oniyon, Xuttalon viloyatlari
Qoraxoniylar, Amularyoning chap soxilidagi erlar to G’aznagacha Xuroson,
Seyiston viloyatlari g’aznaviylar. Xorazm esa Xorazmshoxlar, Orol
dengizidan sharq va shimoldagi erlar o’g’izlar ittifoqi tomonidan
boshqarilar edi.
Qoraxoniylar davri iqtisodiy xayotiga e`tibor bersak, dexkonchilik
qishloq xo’jalik ishlarini bir maromda olib borilishi, sun`iy sug’orish
inshootlarini qilinishi, savdo-sotiq va xunarmandchilik soxasida taxsinga
sazovor ishlar qilingan.
Yuqoridagi ishlarni inobatga olgan xolda tangashunoslik soxasida
xam Qoraxoniylar taxsinga sazovor ishlarni amalga oshirishgan.
Qoraxoniylar tangasi somoniylar tangasidan yozuvining nafisligi va
umuman bezaklarning xilma-xilligi xamda sifatliligi bilan ajralib turadi.
Kamdan-kam xollarda fil, yo’lbars, arslon, qoplon, quyo n, qushlar, xatto
baliq tasvirlangan. Qoraxoniylar mavjudodni tasvirlashni islom dinida
ma`kul ko’rilmasligidan yaxshi xabardor bo’lganliklari uchun mavjudod
rasmlari ichki bozorda ishlatish uchun chiqariladigan chaqalardagina
berilgan.
Qoraxoniylar mis, kumush tangalar, XII asrning O’rtalariga kelib oltin
tangalar xam zarb qilganlar.
Ayni vaqtda Qoraxoniylar davridan 40 dan ortik za rbxonalar fanga
ma`lum. mas,: Axsikent. Bolasog’un, Barob, Barsxon (Issiqko’l janubida)
va boshqalar. SHu takidlash joizki bir zarbxona bir necha nomlarda tanga
zarb qilgan bo’lishi mumkin. Mas,: Ko’zo’rda va Bolasog’un nomi bitta
shaxarga tegishli. Lekin Somoniylar davriga nisbatan Movorounnaxrda
zarbxonalarni ko’payganligi shubxasiz, zarbxonalar uncha katta bo’lmagan
ularni tashkil etish uchun ko’p mablag’ sarf etish talab qilinmagan.
45
Qoraxoniylar davlatini salmog’i ular zarb etgan XI asrning kumush
tangalaridagi yozuvlar ma`nosida xam aks etgan. XI asr kumush tangalarida
bu davrga kelib, musulmonlar dunyosining diniy boshlig’i Bag’dod
xalifasining nomi butun Qoraxoniylar davlatining xokimi, SHuningdek
uning vassali shaxar yoki viloyat xokimining va tanga zarb qilingan joy
ko’rsatilgan.
Mis tangalardagi yozuvlar kumush tangalardagi yozuvlardan farq
qiladi. Ularda xalifaning nomi ko’rsatilmay, faqat tanga zarb qilingan
shaxar yoki viloyat xokimining nomi. tanga zarb qilingan joy
ko’rsatilgan.
Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalardagi yozuvlarning aksariyati
arab alifbosida bo’lib. onda-sonda uyg’ur so’zlari xam uchraydi. Ko’pchilik
xollarda Nasr, YUsuf singari xokimlarning nomlari uyg’ur tilida yoziladi.
Tangalarning tashqi ko’rinishida xam ayrim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Agar
somoniylar davrida zarb qilingan tangalardagi yozuvlar aylanasiga bitilgan
bo’lsa, qoraxoniylar turtburchak shaklida yozganlar.
Qoraxoniylar asosan kumush tangalardan tashkil topgan tangalar
sistemasini xam somoniylardan meros qilib oldilar. X asr oxiri XI asr
boshlarida Qoraxoniylarning oddiy kumush pullari sof kumushdan
tayyorlanib xalqaro savdoda ishlatilgan. XI asrning ikkinchi un yilliklariga
kelib kumush tangalarni sifati o’zgaradi. Kumush mikdori kamayib uning
o’rniga mis qo’rg’oshin ishlatila boshlandi.
XI asr O’rtalariga kelib Ettisuv va Farg’onada tarkibida umuman
kumush bo’lmagan dirxam tangalar zarb qilingan va ok tangaga " dirxam" -
ya`ni kumush tanga deb yozilgan.
Fanda " kumush inqirozi" deb atalgan bu xodisa XI asrda butun
musulmon sharqida kayd qilingan. Qoraxoniylar davlatida " kumush
Dostları ilə paylaş: |