Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Qaroxon
shosh(SHosh kal`asi), usha davrdagi Farg’ona poytaxti Axsikent shunday 
shaxarlardan xisoblanadi. 
Movorounnaxr xalifalikdan ajralib chiqqandan keyin Xirot viloyatidan 
kelib chikkan Toxir ibn Xusayn (821-873) Xuroson noibi etib tayinlanadi va 
u Toxiriylar sulolasiga asos soladi. U Bag’dod xalifaligiga tobe bo’lib
ichki siyosatda mustaqil edi. Toxiriylarga tobe bo’lgan Movorounnaxr 
noibi birinchisi somoniylardan edi. Toxiriylar taxtdan tushganlaridan 
keyin Somoniylar mustaqillikka erishganlar. 


42 
Toxiriylar tangashunoslik soxasida dastlab dirxam va mis tangalar zarb 
qilganlar. Abdulla ibn Toxir xukmronligidan boshlab oltin dinorlar zarb
qilingan. 15 dan ortik zarbxonalar bo’lib, vaqti - vaqti bilan tangalar
zarb qilingan. Movorounnaxrning Samarqand, Buxoro, SHosh, Madinai 
ash-SHosh shaxarlarida, keyinchalik Xorazm zarbxonalarid a tangalar zarb 
qilingan. 
Umumiy ko’rinishi xusnixat yozuvlarni joylashishi bo’yicha 
Toxiriylar davlatida zarb qilingan tangalar umumxalifalik tangalaridan farq 
kilardi.
1
Birinchi Somoniylar faqat kumush tanga zarb qilish xukukiga ega 
bo’lganlar. Ular zarb qilgan mis tangalar - fel’slar tashki ko’rinishi 
bo’yicha yumaloqqa yaqin xatlari xunuk bo’lgan. 
Somoniylar xukmronligi o’rnatilgandan keyin Ismoil ibn Axmad 
davrida kumush tangalar ko’plab ishlab chiqariladi. Keyinchalik oltin 
tangalar paydo bo’la boshlaydi. Oltin tangalarga nisbatan a`lo sifatli 
kumushdan ko’plab zarb qilingan tangalar mamlakat tashqarisiga xam 
chiqib ketgan. 
Somoniylar tomonidan zarb qilingan tangalardagi yozuvlar xuddi 
xalifalik davrida zarb qilingan tangalardek edi. Mis yoki kumush 
tangalarning bir tomonida bir yoki ikki qator axyon -axyonda uch qator
yozuvlar uchraydi. Dirxamlarda faqat Somoniylar noibining ismi 
yozilibgina qolmay, xalifalarni ismlari xam yozilgan. 
Somoniylar davrida zarb qilingan mis tangalar tashqi ko’rinishi bilan 
xam diqqatga sazovordir. Mis tanga ko’proq tarqalgan., ko’p muomalada 
bo’lishiga qaramay u dirxam va dinorlar singari puxta ishlangan. Ulardagi 
yozuvlar xam chiroyli. Ayrim mis tangalar, ayniqsa buxoroda zarb qilingan 
mis tangalar shunchalik chiroyli va puxta ishlanganki kishini xayratga 
1
Rtveladze E.O’rta Osiyoning qadimgi tangalari. T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, 22-
bet. 


43 
solgan. O’sha davrlarda 30dan ortiq zarbxonalar bo’lgan. Lekin ular vaqti – 
vaqti bilan qisqa muddat ishlab keyinchalik yopilgan. 
Somoniy dinorlari nisbatan kichik ko’lamda asosan Turkistondan 
tashqarida zarb qilingan, ko’plab Xuroson, ayniqsa Morvarounnaxrda 
Buxoro, Samarqand va SHoshda zarb etilgan. 
Mis tangalar deyarli movarounnaxrda, Buxoro va Samarqandda ikki xil 
qiymatda – adli va pashiz tarzida chiqarildi. 
Somoniylar davridagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki. Tangashunoslik 
soxasida xam shu davrlardan boshlab qalbakilashtirish masalasi bu davrda 
xam tangalarni xar vaqt qo’lbola uskuna shtampelda zarb etishavergan. 
Zarbxona uskunasi ular qo’liga tushib qolgan.Tangalarni qalbakilashtirish 
asrlar davomida mo’may daromad keltirgan, shuning uchun ular o’limdan 
xam qo’rqmay faoliyatini davom ettirganlar. Bu esa tanga chaqalarning 
qadri yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Somoniylar xukmronligining oxirgi davrlarida, ayniqsa X -asrning 
ikkinchi yarmiga kelib mintaqaning Ettisuv qismida shakllangan makondan 
ko’ra xam kengroq miqyosda siyosiy faoliyat ko’rsatish imkoni va qudratiga 
ega bo’lgan yangi siyosiy kuch maydonga chikadi. Biz ularni Qoraxoniylar 
nomi ostida bilamiz. "Qaroxon" atamasi xususida "xon" ma`lum tushuncha, 
ya`ni xukmdor "Qora"ning asli "Qapo" bir necha ma`noda qo’llanilishi 
ta`kidlangan xolda, biz ko’rayotgan misolda "Buyuk", "Ulug’
tushunchasini beradi. 
SHunday qilib X asrning ikkinchi yarmida qoraxoniylar sharqiy 
yunalishda Balxash ko’li - CHergen daryosigacha (SHarqiy Turkiston
bo’lgan erlarni buysundirishga muvaffaq bo’lib, g’arbiy yo’nalishda 
Isfijob, O’zgan, Murg’ob daryosi quyi oqimlarigacha bo’lgan xududni o’z 
ta`sir doirasiga kiritib oladi. 1005 yili Somoniylar siyosiy saxnadan
butunlay tushib ketdi, shu vaqtdan boshlab Qoraxoniylar en va Buxoro, 
Samarqand umuman Amularyogacha bo’lgan xududlarni boshqara 


44 
boshladilar. Boshqacha aytganda XI asr boshlarida Turkiston bir qancha 
siyosiy kuchlar tomonidan idora etilgan. SHarqiy Turki ston, Toshkent,
Isfijob, Farg’ona, SamarqAnd, Buxoro, CHag’oniyon, Xuttalon viloyatlari 
Qoraxoniylar, Amularyoning chap soxilidagi erlar to G’aznagacha Xuroson, 
Seyiston viloyatlari g’aznaviylar. Xorazm esa Xorazmshoxlar, Orol 
dengizidan sharq va shimoldagi erlar o’g’izlar ittifoqi tomonidan 
boshqarilar edi. 
Qoraxoniylar davri iqtisodiy xayotiga e`tibor bersak, dexkonchilik 
qishloq xo’jalik ishlarini bir maromda olib borilishi, sun`iy sug’orish 
inshootlarini qilinishi, savdo-sotiq va xunarmandchilik soxasida taxsinga 
sazovor ishlar qilingan. 
Yuqoridagi ishlarni inobatga olgan xolda tangashunoslik soxasida 
xam Qoraxoniylar taxsinga sazovor ishlarni amalga oshirishgan.
Qoraxoniylar tangasi somoniylar tangasidan yozuvining nafisligi va 
umuman bezaklarning xilma-xilligi xamda sifatliligi bilan ajralib turadi. 
Kamdan-kam xollarda fil, yo’lbars, arslon, qoplon, quyo n, qushlar, xatto 
baliq tasvirlangan. Qoraxoniylar mavjudodni tasvirlashni islom dinida 
ma`kul ko’rilmasligidan yaxshi xabardor bo’lganliklari uchun mavjudod 
rasmlari ichki bozorda ishlatish uchun chiqariladigan chaqalardagina 
berilgan. 
Qoraxoniylar mis, kumush tangalar, XII asrning O’rtalariga kelib oltin 
tangalar xam zarb qilganlar. 
Ayni vaqtda Qoraxoniylar davridan 40 dan ortik za rbxonalar fanga 
ma`lum. mas,: Axsikent. Bolasog’un, Barob, Barsxon (Issiqko’l janubida) 
va boshqalar. SHu takidlash joizki bir zarbxona bir necha nomlarda tanga 
zarb qilgan bo’lishi mumkin. Mas,: Ko’zo’rda va Bolasog’un nomi bitta 
shaxarga tegishli. Lekin Somoniylar davriga nisbatan Movorounnaxrda 
zarbxonalarni ko’payganligi shubxasiz, zarbxonalar uncha katta bo’lmagan
ularni tashkil etish uchun ko’p mablag’ sarf etish talab qilinmagan.


45 
Qoraxoniylar davlatini salmog’i ular zarb etgan XI asrning kumush 
tangalaridagi yozuvlar ma`nosida xam aks etgan. XI asr kumush tangalarida 
bu davrga kelib, musulmonlar dunyosining diniy boshlig’i Bag’dod 
xalifasining nomi butun Qoraxoniylar davlatining xokimi, SHuningdek 
uning vassali shaxar yoki viloyat xokimining va tanga zarb qilingan joy 
ko’rsatilgan. 
Mis tangalardagi yozuvlar kumush tangalardagi yozuvlardan farq 
qiladi. Ularda xalifaning nomi ko’rsatilmay, faqat tanga zarb qilingan
shaxar yoki viloyat xokimining nomi. tanga zarb qilingan joy 
ko’rsatilgan. 
Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalardagi yozuvlarning aksariyati 
arab alifbosida bo’lib. onda-sonda uyg’ur so’zlari xam uchraydi. Ko’pchilik 
xollarda Nasr, YUsuf singari xokimlarning nomlari uyg’ur tilida yoziladi. 
Tangalarning tashqi ko’rinishida xam ayrim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Agar
somoniylar davrida zarb qilingan tangalardagi yozuvlar aylanasiga bitilgan
bo’lsa, qoraxoniylar turtburchak shaklida yozganlar. 
Qoraxoniylar asosan kumush tangalardan tashkil topgan tangalar 
sistemasini xam somoniylardan meros qilib oldilar. X asr oxiri XI asr 
boshlarida Qoraxoniylarning oddiy kumush pullari sof kumushdan
tayyorlanib xalqaro savdoda ishlatilgan. XI asrning ikkinchi un yilliklariga 
kelib kumush tangalarni sifati o’zgaradi. Kumush mikdori kamayib uning
o’rniga mis qo’rg’oshin ishlatila boshlandi. 
XI asr O’rtalariga kelib Ettisuv va Farg’onada tarkibida umuman 
kumush bo’lmagan dirxam tangalar zarb qilingan va ok tangaga "dirxam" - 
ya`ni kumush tanga deb yozilgan. 
Fanda "kumush inqirozi" deb atalgan bu xodisa XI asrda butun 
musulmon sharqida kayd qilingan. Qoraxoniylar davlatida " kumush 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin