41
Xalifalikda oltindan. kumushdan. misdan tangalar zarb qilingan
ularning nomlanishi metalga bog’liq edi. Oltin tangalar –
dinor, kumush
tangalar
– dirxam, mis tangalar -
ful’s deb atalgan.
Ilk musulmon tangalari ismsiz bo’lgan. Keyinroq xalifalarning,
noiblarning va xokazolarning ismlari paydo bo’ladi. Musulmon
tangalardagi yozuvlar ko’fiy usulida yozilganligidan VIII - IX asrlardagi
tangalar ko’pincha kufiy tangalar deb yuritilgan. Dinor va dirxamlarni faqat
dastlabki vaqtlarda xalifalikkina zarb qilish xukukiga ega bo’lgan. Mis
tangani esa vorislar, amirlar tanga chetiga uz nomlarini yozdirib zarb
qilishlari mumkin edi. Oltin tanga tashki savdo uchun zarb qilingan edi.
Xalifalik savdosida kumush tangalar dirxamlar pul muomalasini asosini
tashkil etgan. Ular xalifalik va uning xalqaro savdosini etarli darajada
ta`minlaganlar.
Movorounnaxrda arablar istilosidan keyingi dastlabki vaqtlarda
umumxalifa tangalari bilan bir qatorda maxalliy eski tangalar xam
muomalada bo’lgan va arablar uz noiblarining nomlari bilan arab yozuvida
shunday tangalarni zarb qilganlar.
Asta-sekin bu erlarda xam umumxalifalik tangalari dirxam, ful’slar
zarb qilina boshlagan. VIII-IX asrlarda Buxoro. Samarqand, SHoshda
SHunday tangalar zarb qilingan. Bundan tashqari vaqti - vaqti bilan
tangalar zarb qiladigan shaxarlar xam bo’lgan. Mas,:
Muaskar ash-
Dostları ilə paylaş: