Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


 Amir Temur va temuriylar davri ijtimoiy-iqtisodiy tarixida



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

2.2. Amir Temur va temuriylar davri ijtimoiy-iqtisodiy tarixida 
numizmatika 
 
XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda siyosiy, iqtisodiy vaziyat 
keskinlashib ketdi, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari 
inqirozga yuz tutdi. Bundan savdogarlar, hunarmandlar norozi zdilar. 
Axolining bunday tabaqalari o’rtasda mavjud ahvoldan qutilish, mamlakatni 
birlashtirish va kuchli davlat tashkil etish harakati quchayadi. 
Ana shunday sharoitda Temur, barlos qabilasining amirlaridan biri, 
1370 yili Movarounnahr noibi qilib tayinlanadi. 
Temur o’z zamonining bunday talabini yaxshi tushundi, o’z maqsadini 
amalga oshirishda ruhoniylar, savdogarlar, hunarmandlarga suyandi. U 
Movarounnahrning yagona hukmdori bo’lib olgach, o’z davlatini siyosiy va 
iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. Feodal tarqoqlik tugatilib, 
markazlashgan davlat tuzilganligi ijobiy hollarga olib keldi. Ayni vaqtda 
jrshshtsht asosi bo’lgan dehqonchilikda ham muayyan siljishlar ro’y berdi. 
Xunarshndchilik va savdo rivojlanadi, fan va madaniyat ravnaq topdi. Savdo 
munosabatlarining davlat va jamiyat hayotida, tashqi siyosatda tutgan 


51 
muhim o’rnini yaxshi anglagan Amir Temur bu borada qator tadbirlarni 
amalga oshirgan. Bozorlar qurish, eskilarini kengaytirish, ta’mirlash 
ishlarini jadal amalga oshirgan. Vuning isbotini birgina Samarqand 
bozorining bino etilishi orqali ko’rish mumkin. Amir Temur buyrug’i bilan 
shaharning temir darvozasi qismidan boshlanib, janubiy g’arbiy yo’nalishda 
katta ko’cha quriladi. Uning ikki tomonida esa ikki qavatli, chorak tim 
shaklida qurilgan do’konlar, rastalar qad ko’taradi. Ko’cha usti boshdan oxir 
gumbaz shaklida ishlangan toq bilan yopiladi. YOrug’lik tushib turish uchun 
har yerdan darchalar qoldirilgan. Bundan tashqari ma’lum masofada 
favvoralar otilib, omborxonalar qad ko’targan. Bu davrdagi pul 
muomalasiga to’xtasak, Amir Temur zamonida 6 gr. og’irlikdagi kumush 
tangalar va uning to’rtdan biriga teng 1,5 gr. lik katta pullar zarb 
qilinganligi ma’lum. 1,5 grammlik kumush pullar amiriy deyilgan. Mazkur 
nom Sohibqironning Amir unvoni bilan bog’liq
1

SHuningdek muomalada mis pullar, chaqalar ham bo’lgan. Tangalar 
Samarqand, Buxoro, Astrobod, Darband, Damg’on, Tabriz, Sabzavor, 
SHeroz va boshqa qator shaharlarda zarb qilingan. Bundan tashqari Amir 
Temur harbiy o’rdasining maxsus zarbxonasi bo’lgan. 
Temuriylar davrida ham ikki xshj qiymatda qumush tanga zarb qilish 
davom etdi. Yirik mis tangalar "tanga", to’dalari “amiri"(Temur unvoni 
"amir"ning qisqa shakli) deyilgan. 
Ulug’bek davridan ko’pgina mis tangalar bizgacha yetib kelgan. Uning 
mis tangalarndan biri diqqatga sazovor. Aksi, Samarqand, Buxoro, 
SHahrisabz va Termiz tangalarida sher orasidan esa quyosh chiqib 
kelayotgani tasvirlangan. Hijriy 832 yil (milodiy 1428-1429) larda Ulug’bek 
ikki bosqichda muqim pul islohoti o’tkazdi. Birinchi bosqichda bir xil mis 
tangalar bir qancha zarb shaharlarda Andijon, SHohruhiya, Samarqand, 
Buxoro va SHahrisabz, Qarshi, Termizda chiqarilgan. 
1
Azamat Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi. T. “SHarq”, 2001y, 129-bet. 


52 
Ikkinchi bosqichda isloh qilingan tangalar ishab chiqarish Buxoroda 
markazlashgirildi va nusxasi hamda sanasi o’zgartirilmagan holda Ulug’bek 
o’limiga qadar, undan keyin ham zarb etilgan. Ulug’bekning pul islohoti 
hazina va aholi manfaatlarini ma’lum tarzda uyg’unlashtirdi. Temur va 
Temuriylar davrida zarb qilingan tangalar qator xususiyatlar bilan boshqa 
davr tangalaridan farq qiladi. Zarb etilgan tangalarga maxsus tamg’a bosish 
ana shunday xususgatlardan biri edi. Bunday naqshlar CHig’atoy davri 
tangalarida XIII asrda solinib, XU asrga kelganda keng qo’llanila boshladi. 
Ular dumaloq, to’rtburchak, gulga o’xshash va hokazo shakllarda bo’lgan. 
Xorazm o’ng qirg’og’i bilan CHig’atoy ulusi tarkibiga kirsa-da, chap 
qirg’og’i Urganch bilan birgalikda Jo’ji ulusi tarkibiga kirgan bo’lib, Oltin 
Urda xonlari tomonidan boshqarilar edi. XIV asrning ikkinchi yarmida 
1360-1380 yillarda taxt uchun 25 xon urush olib bordi, markaziy 
hokimiyatning zaiflashganligidan qo’ng’irotlar qabnlasining mahalliy 
"so’fiylar" sulolasi ustalik bilan foydalandi. Ular taxminan 1360 yillardan 
Xorazmni mustaqil idora qila boshladilar. Hatto Zarafshonning o’ng qirg’oq 
yerlarini qo’shib oldilar. 
1372 yshsh Temur Xorazmga yurish qilib o’ziga tobe qiladi. CHunki 
YUsuf So’fiy bir safar Amir Temurni tan olsa, bir safar Oltin O’rda xoni 
To’xtamishni tan olar edi. SHuning uchun Amir Temur Xorazmga bir necha 
marta yurish qilgan, 1388 yil Urganchni egallaydi. Amir Temur vafotidan 
so’ng Xorazmda yana Oltin O’rda xonlari xukmronlik qildi. 
1412 yili Amir Temurning o’g’li SHohruh Xorazmni qayta qo’lga 
kiritadi. Mug’ullar istibdodidan so’ng Xorazmda zarb qilingan tangalar 
bizgacha yetib kelmagan. Temur hukmronligi davrida kichik oltin tangalar 
ham zarb etilgan. Xorazmda CHig’atoylar dinoriga o’xshash yirik kumush 
tangalar bo’lmagan. Xorazmni dirhamlari Movorounnahr CHig’atoy 
dirhamlaridan farq qilgan. Birinchidan ularning qiymati turlicha bo’lib u 
asta-sekin kamayib borgan. XI11 asr oxirlariga kelib hamma kumush 


53 
tangalarning og’irligi 2,3 gramm bo’lsa,X1U asr boshlarida 1,9 gramm, XV 
asrning boshlarida esa 1,1 grammni tashkil qilgan. Bu davrda turli 
og’irlikdagi oltin tangalar ham muomalada bo’lgan. 
XIII asrga doir Xorazmning birinchi dirhamlarida o’sha davr 
hokimiyatini boshqarayotgan hukmdor nomi aks etgan . Tanganing bir 
tomonida diniy oyatlar yoki qur’ondan olingan kalima, ikkinchi to-monida 
tanga chiqarilgan sana, joy zarb qilingan. Tangalardagi yozuvlarda xatolar 
ham bo’lgan, harflar tushib qolgan yoki qo’shilib ketgan. 
Temurning kumush tangalari uning nomidan soxta mo’g’ul xonlari 
Suyurg’atmish va Sulton Mahmud nomlari bilan Movorounnahr, Xuroson., 
Eron, Ozarbayjon, Iroqning 40 dan ortiq shaharlarida zarb etilgan. 
Movarounnahr va Hurosonning bosh hukmdori sifatida SHohruh Mirzo
Astrobod, Vuxoro, Damg’on, Isfaxon, Kirman, Qum, Nishopur, Marv, 
Samarqand, Sabzavor, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Hirot va boshqa 
shaharlarda o’z nomi bilan kumush tangalar zarb qilib, pul zarbi va 
savdosini tartibga soldi. Bu davrda ichki chakana savdoda keng ko’lamda 
muomalada bo’lgan mayda mis chaqa "fulus"lar ko’proq mahalliy hokimlar 
tomonidan zarb qilinar edi. 
1428 yili Ulug’bek tomonidan o’tkazilgan fulusiy pullar
1
islohoti katta 
ahamiyat kasb etdi. Aholining ichki savdo munosa-batlariga ko’proq jalb 
etish maqsadida Ulug’bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan 
barcha chaqa pullarni bekor qildi. Ichki savdoni mayda mis pullarga bo’lgan 
talabini qondirish uchun bir vaqtning o’zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, 
Termiz, Toshkent, SHohruhiya va Andjon shaharlarida zarbxonalar tashkil 
qilinib bir xil vazndagi fuluslar zarb qilinib muomalaga chnqarilgan. Mis 
pullarni 
zarbini 
markazlashtirish 
maqsadida 
boshqa 
shaharlardagi 
zarbxonalarga barham berilib, Buxoro zarbxonasi saqlab qolingan. Xalq 
1
1
Azamat Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi. T. “SHarq”, 2001y, 130-bet. 


54 
orasida "Fulusi adliya" ya’ni, "adolatli chaqa” nomi bilan shuhrat topgan bu 
yangi mis fuluslar Movorounnahrning barcha shahar va qishloqlarida keng 
muomalaga kirib davlatning ichki savdosini naqd pul bilan ta’minlagan. 
Ulug’bekning 
bunday 
islohoti 
mamlakatda 
hunarmandchilik 
mahsulotlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo’l ochib bergan edi. 
1428-29 yillardagi islohot pul momalasini yaxshilash, mis tangalar 
qadrini oshirish maqsadida amalga oshirilgan edi. Natijada u bir qancha 
samaralar berdi. Unga ko’ra 1420 yili zarb etilgan mis tangalar 
zarbxonalarga topshirib, ularning o’rniga og’irligi 1,5-2 barobar ko’p 
bo’lgan tangalar zarb etilgan. Qulaylik uchun zarbxonalar Buxorodan 
tashqari Andijon, Qarshi, Samarqand, Termiz, SHohruhiyada ham tashkil 
qilingan. Natijada pulning qadri ko’tarilgan. (ilovalarga karang) 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin