3
K I R I SH
Bu yil biz xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan istiqlolning 22 yillik
qutlug’ bayramini keng nishonlaymiz. O’tgan davr tarix uchun g’oyat qisqa
fursat bo’lsada, shu vaqt mobaynida biz o’z oddimizga qo’ygan
yuksak
marralarga erishish, ezgu maqsadlarimizni amalga oshirish borasida
xalqimizning fidokorona mehnati tufayli har yili o’n, balki yuz yillarga teng
bo’lgan ulkan tarixiy yo’lni bosib o’tdik.
SHu o’tgan davr mobaynida diyorimizda
tinchlik osoyishtalik va
barqarorlikni mustahkamlash, davlat va jamiyat qurilishi,
sud-xuquq tizimi
va iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish, ona zaminimiz boyliklaridan el
yurtimiz va kelgusi avlodlar manfaati yo’lida
oqilona foydalanish,
mamlakatimizning
xalqaro
maydondagi
obro’-e’tiborini yuksaltirish
bo’yicha qo’lga kiritgan salmoqli natijalarimiz nafaqat bugungi kun,
balki
yorug’ va farovon kelajagimiz uchun poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqillikka erishganiga 22 yil bo’lmoqda. SHu vaqt
ichida O’zbekistonda misli ko’rilmagan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Xalqimiz
jipslashdi,
tinch-totuvlik hukm
surmoqda. Davlatimiz poydevori
mustahkamlanib, O’zbekiston jahon miqyosiga chiqdi. Bugungi O’zbekiston
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim islohotlarni amalga oshira borib,
taraqqiyot va buyuk kelajak sari dadil odimlamoqda. O’tgan vaqt mobaynida
siyosiy tizimdan tortib iqtisodiyotning
barcha tarmoqlari, jumladan,
ma’naviyat tubdan o’zgardi. Biz ochiq bozor iqtisodiyotiga va kuchli
ijtimoiy himoya tizimiga ega bo’lgan huquqiy
demokratk va dunyoviy
davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidan dadil odimlayapmiz.
Hur O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ilgarigi holatidan
demokratik huquqiy jamiyat va bozor iqtisodiyoti qadriyatlariga o’tishning
o’ziga xos yo’lini tanlab oldi.