Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


 Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda iqtisodiy savdo



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

1.3. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda iqtisodiy savdo 
munosabatlarining kengayishida numizmatikaning o’rni 
 
Ilk O’rta asrlarda jaxon taraqqiyoti yanada tarakkiy topdi. chunki 
jaxonning rivojlangan mintaqalarida, quldorlik tuzumi inqirozga yuz tutib. 
feodalizm davri boshlandi. Natijada jaxon mamlakatlari bila n keng 
ko’lamdagi savdo va madaniy aloqalar yanada faollashdi. Xitoy bilan 
aloqalarning kuchayishi natijasida O’rta Osiyoning ayrim viloyatlarida xitoy 
namunasidagi tangalar zarb etila boshlandi. Ko’p asrlar mobaynida Xitoyda 
mis (yoki bronzadan) ishlangan. O’rtasida kvadrat tarzidagi o’yiqli tangalar 
yagona pul xizmatini o’tagan. Ular zarb etilmay balki quyilgan. SHunday 
xitoy tangalari taxlitidagi (xitoy ierogliflarisiz) O’rtasi o’yiq quyma tangalar 
Samarqand, So’g’dda. Buxoro voxasida, Farg’onada, Ettisuvda va Amularyo 
bo’yi viloyatlarida chiqarilgan. Bundan tashqari Turkistonga Vizantiya 
tangalari xam kirib kelib. CHag’oniyon. So’g’d. CHoch va Farg’onada tanga 
chiqarishga o’z ta`sirini o’tkazdi. By ta`sir xususan juft tasvirlarning paydo 
bo’lishida o’z aksini topadi.
1
So’g’d. CHoch va Xo’jand oralig’ida joylashgan Ustrushon tangalari 
Xam diqqatga sazovordir. Ularning ayrimlarida chamasi Xindiston bilan 
aloqalarga shama qiluvchi fil tasviri keltirilgan. Umuman olganda ilk O’rta 
asrlar tanga nusxalarining nixoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. 
Garchi O’rta Osiyo VI asrda Sariq dengizdan Qora dengizga qadar 
cho’zilgan ulkan turk xokonligi tarkibiga kiradi. 
Turkiston erlarida amalda xukmronlikni o’nlab O’rta va mayda 
mulklarning xokimlari amalga oshirib, ulardan deyarli xar biri o’z tangasini 
chiqarishga intilgan. SHunisi diqqatga sazovorki. Turkistonning deyarli 
barcha viloyatlari iqtisodiy rivojlanishning shunday darajasiga erishdiki. 
1
Rtveladze E. Drevniye monetы Sredney Azii. – Tashkent. 


28 
natijada o’z tangasini chiqarish zarurati tug’ildi. Natijada bu davrga kelib 
barcha Turkiston viloyatlari numizmatika saxnasiga chikdi.
CHochda tanga zarb etish to’rtinchi asrdan oldinroq ilk O’rta asrlarda 
nusxalarning nixoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turuvchi tanga zarb
etadigan bir kancha markazlar tarkib topdi. Farg’onada ilk bor uz tangasi,
chamasi oltinchi asrda paydo bo’lgan. Sakkizinchi asrda esa, bir kancha 
erlarda chiqarilgan. Ustrushonda tanga zarb etish ettinchi asrda vujudga 
kelgan. Keshda o’z puli zarb qilina boshlanganligi aniqlangani yo’q.
Naxshabda tanga zarb etish turtinchi asrdan boshlanib. sakkizinchi 
asrda xam davom etgan. 
Bu vaqtga kelib tangalar xamma erda chiqarilgan bo’lsada, 
Turkistonning barcha viloyatlari iqtisodiy jixatdan bir xil rivojlangan emas. 
Bu borada Samarqand. So’g’d etakchilik qilgan, zero bu erda mis tangalar 
juda ko’p chiqarilar edi. 
Umuman olganda bu davrda O’rta Osiyo ko’plab kichik va mayda 
egaliklarga parchalanib ketgan edi. By parchalanish xar bir viloyatning o’z
tangasini bo’lishiga olib keldi. Mas,: Nahshabda (Qashqadaryo 
voxasining qadimgi shaxri) 3-5 asrlarda bir tomonda podsho kallasi. 
ikkinchi tomonda podshoning sher bilan kurashini aks ettirgan mis tangalar
zarb qilingan. Buxoro viloyatida O’rta Osiyoga ko’plab kirib kelgan 
Sosoniy kumush tangasi ta`siri rol’ o’ynagan. Tanganing bir tomonida 
xukmdorning kallasi, ikkinchi tomonida koxinlar bilan mexrob olovi 
tasvirlangan. IV-V asrlargacha Sug’dda yoychi tasvirlangan mayda 
kumush tangalar chiqarilgan. YAqinda qadimiy Samarqand (Afrosiyob) 
territoriyasida ana shunday tangalar xazinasi topilgan. 
Ettinchi asrning ikkinchi choragidan e`tiboran Samarqand pod
shoxlari to’rtburchak shaklidagi teshikka ega bo’lgan, So’g’d yozuvi 
bitilgan mis tangalarni zarb qilganlar. Mazkur tangalarda kichik xokimlar
uz unvon va ismlarini.shuningdek tanga zarb etilgan joyni ko’rsatib 


29 
o’tganlar.Mas.:Panch (Panjikent) yoki Seyiston va xokazo. SHunisi
diqqatga sazovorki Samarqand xukmdorlarining zarb qildirgan mis 
tangalari xozirgi kunda yuzlab.ayrim xollarda katta xazinalar tarzida 
topilmokda. Bunday tangalar biriichi navbatda ichki mayda savdoga xizmat
qilgan. Bu tangalar boshqa viloyatlar Naxshab CHoch, Xorazm, 
Toxariston va eronda xam topilgan. YUqorida nomlari keltirilgan
viloyatlar siyosiy jixatdan bir-biri bilan ajralib ketgan bo’lsa xam 
ularning O’rtasidagi savdo aloqalari yaxii yo’lga qo’yilganligidan dalolat 
beradi. 
Samarqand xokimlarining chiqargan tangasidan qo’shni Ustrushona 
(Jizzax va O’ratepada) viloyatida VI-VIII asrlarda zarb qilingan tangalar 
tubdan farq qilgan. Ularda to’rtburchak shaklidagi teshiklar bo’lmay, balki 
xukmdorning rasmi va So’g’d yozuvida xukmdorlarning nomi va unvoni 
xamda tamg’asi ifodalangan.
1
SHu davrlarda CHochda. ya`ni VI-VII asrlarda bir necha xilda 
ko’plab tangalar zarb qilingan. Ularda So’g’d yozuvlari, tamg’alari, 
podshoning boshi yoki rafiqalarining rasmi ifodalanar edi. Tan ga pullar 
xilining ko’pligi CHochda pul savdosini juda xam rivojlanganligini 
ko’rsatadi. 
Yaqinda Samarqand muzey kollektsiyasidan V-VI asrlarga oid 
Farg’onaning tangasini topishga muvaffak bo’lindi. Qadimiy yozuvi 
bo’lgan bu yodgorlik o’sha davr xalklarining tilini o’rganishimizda yakkayu 
yagona yodgorlik xisoblanadi. Keyinchalik VII -VIII asrlarda Farg’onada 
to’rtburchak shaklidagi teshikka ega bo’lgan So’g’d yozuvi tushirilgan 
tangalar chiqarilgan. 
SHu davrlarda zarb qilingan tangalar , O’rta Osiyo xalklarini yuksak 
madaniyatga ega ekanligini birinchi navbatda tovar pul munosabatlarini 
gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. 
1
Numizmatika (o’quv-uslubiy majmua). Toshkent, 2012 yil. 


30 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin