Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

papalarining bosh kiyimi) shakli orqali farqlasa bo’ladi. Parfiya shoxlarini 
boshqalardan farqlaydigan belgi bu «ossuariy» tipi deb nom olgan qalin, uzun, 
to’lqinsimon turuvchi soqolidir.
Mil. av. IV asrning 30-yillari so’ngida yunon Aleksandrga tobe qilinadi. SHu 
asrning so’nggi o’n yilliklarida Salavkiylar ta`siriga tushib doladi. Bu xolat mil. 
av.III asr O’rtalariga qadar davom etadi. Taxminan shu davrda parfiyaliklar 
salavkiylar ta`siridan ozod bo’ladi. Bu xaqda yunon va arman manbalarini
guvoxlik berishicha, asli kelib chiqishi saklarning day qabilasidan bo’lmish Tajan 
daryosi buylarida yashovchi Parna urug’i sardori Arshak salavkiylarning 
Parfiyadagi noibini ag’darib xokimiyatni o’z qo’liga oladi va arshakiylar 
sulolasiga asos soladi. Salavkiylarga zarba bergandan keyin. Rim bilan to’qnash 
keladi. mil. av.55-38 yillarda xarbiy yurishlar uyushtiradi. Mil. av. 53 yili Jazira 


22 
tomonidan shimolidagi Karr shaxri yaqinida ikki tomon O’rtasida to’qnashuv 
sodir bo’ladi. Xorazmliklarning xarbiy taktikasini qo’llagan arshakiylar rimliklarga 
zarba bergan. SHundan keyin Suriya, Kichik Osiyo xamda Falastinni xam 
bo’ysundirgan va poytaxtni Ktesifon shaxriga ko’chiradi. SHuning uchun
Merg’iyona uning tarkibidan chiqadi. Arshakiylar davri ijtimoiy siyosiy xayotiga 
e`tibor bersak, oliy xukmdor arshakiylar xonadonidan bo’lishi shart xisoblangan. 
Davlat boshqaruvida ikkita kengash: zodagonlar va koxinlardan iborat bo’lgan. 
YAngi xukmdor shu kengash ishtirokida saylangan marxum vasiyati inobatga 
olingan. Vafot etgan xukmdorning o’g’li,ukasi taxtga taxtga chiqmasdan 
sulolani biron bir namoyandasi egallagan. Kengash xatto oliy xukmdorni 
chetlatishga xam qodir xisoblangan. SHu bilan birga mulklari, mavqei bir xil
bo’lmaganini ta`kidlash joiz. Seyiston, Tirkaniya yarim mustaqil mulk sifatida 
o’z pullarini zarb etganlar. Xar bir satrapiyada turli xo’jaliklar mavjud bo’lib, dav-
lat xazinasiga soliq to’lab turgan. Ishlanadigan erlar bir necha darajaga bo’linib, 
ulardan olinadigan soliqlar xam turlicha bo’lgan, asosan maxsulot sifatida 
qisman pul bilan qabul qilingan. 
Beshinchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turkiston siyosiy xayotida 
eftaliylar xonadoni xukmron o’rin tuta boshlaydi. Bu yillarda zaiflashish yo’liga 
kirgan kushonlar saltanatining g’arbiy sarxadlari sosoniylar taxdidi ostida qolgan 
edi. SHuning uchun bu ikki sulola O’rtasida raqobatlashish tabiiy edi. Beshinchi
asrning 30-yillaridan to’qnashuvlar sodir bo’ladi. 
Sosoniylar davlatning sharqiy viloyatlarini (Seyistondan margiyonagacha 
bo’lgan xudud) boshqarganlar. SHu munosabat bilan ular qo’shni o’lka siyosiy, 
savdo doiralar bilan yaqindan muomalada bo’lgan. Sosoniylarni mazkur
xududlarni boshqargan xukmdorlari "kushon xukmdor"lari unvoniga ega 
bo’lgan. Ammo eftaliylar qudrati oshib. Sosoniylarga qarshi kurashga
kirishishini anglagan Peruz dastlab ularga qarshi urush ochadi, asirga tushib
qoladi. Vizantiya xukmdorlarining yordami bilan ozod qilinadi, keyin yana ikki 


23 
marta xarbiy yurish uyushtiradi. YAna asir olinib 30 xachir kumush dirxam 
evaziga ozod qilinadi. 
Eron sosoniylarini kumush tangalari Turkistonga ko’plab keltirilgan. Ularni 
old tomoniga shaxanshox tasviri, orqa tomoniga esa ikki soqchi O’rtasida o’tli
mexrob tasvirlangan. Ana shunday dirxamlarga taxlitidan xukmdorlari
buxorxudotlar nomida yuritilgan. Amularyo viloyatlari xamda Buxoro voxasida 
kumush tangalar zarb qilingan. SHu bois Buxoro tangalari-buxorxudot tangalari 
nomini olgan. 
Turkistonga Vizantiya tangalari kirib kelib, CHag’oniyon, Sug’d, CHoch 
va Farg’onada tanga chiqarishga o’z ta`sirini o’tkazdi. By ta`sir juft tasvirlarning 
paydo bo’lishida o’z aksini topadi. Sug’d, CHoch va Xo’jand oralig’ida joylashgan
Ustrushon tangalari xam diqqatga sazovordir. Ularning ayrimlarida Xindiston 
bilan aloqalarga shama qiluvchi fil tasviri keltirilgan. 
Bundan tashqari maxalliy tanga nusxalari xam bo’lgan. By borada "Xorazm 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin