Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

chavandozi"tasviri milodning birinchi asridan sakkizinchi asrigacha bo’lgan 
tangalardan joy olgan. Xorazm xukmdorlari o’z tangalarini zarb etishni yo’lga 
qo’yganlar. Pul tizimini joriy qilininishi davlatchilikni rivojlanganligidan dalolat 
beradi. 
Tangalar haqida tushuncha  
Avers – tanganing old tomoni 
Revers – tanganing orka tomoni 
Emitent – tanga zarb kiludigan shaxs
(podsho, xukmdor, amir, xon) 
Legenda 
(afsona) 
– tangadagi uchraydigan barcha yozuvlar, 
kiskartirilgan suzlar, aloxida xarflar atamasi. 
Nominal – tanganing kadri 
Proba – tanganing oltinga nisbatan kiymati 
Obrez – aylana cheti. 
Medaler – medal yoki tanga kuyish yoki zarb etish san'ati. 


24 
Monogramma – (grek tilida mono – bir, gramma –xarf, yozuv.) Tangada 
monogramma – tanga zarb kilgan usta xamda xukmdor ismi shariflarining 
jimjimador bosh xarflari.) (ilovaga karang) 
 
1.2. Jahon tarixini o’rganishda numizmatikaning ahamiyati 
 
XX asr mamlakatimiz xalqlari uchun bergan eng buyuk va olijanob 
ne’mat bu O’zbekiston milliy davlat mustaqilligining qo’lga kiritganligidir. 
CHunki milliy mustamlakachilik zulmi va muteligidan ozod bo’lish, tom 
ma’nodaga istiqlol – mustaqillikka erishish xalqimizning uzoq yillardan 
buyun kutgan ezgu armoni va orzusi edi. Bu ezgu maqsad yo’lida millatning 
ming-minglab farzandlari o’z jonlarini qurbon qildilar. 
Mustaqillik xalqlarimizning ozodlik, hurriyat, erkinlik shabadasidan 
to’yib-to’yib nafas olishi, o’zining haqiqiy insoniy baxti va istiqbolini 
yaratish imkoniyatiga ega bo’lishidir. 
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, nutqlarida 
mustaqillikning tarixiy ahmiyati atroflicha ochib berilgan. “Biz uchun 
mustaqillik eng avvalo, o’z taqdirimizni qo’limizga olish, o’zligimizni 
anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiklash, hammamiz uchun 
mo’’tabar shu zaminda, har bir xonadonda tinchlik-osoyishtalikni, 
barqarorlikni saqlashdir. Aziz vatanimizda adolat, insof, dinu diyonat, 
mehru oqibatni qaror toptirishdir.”
1
O’zbekistonning milliy davlat mustaqilligi, xalqimizning hur, ozod 
yashab, taqdirini o’zi hal qilishdek buyuk baxt bugungi avlod, ya’ni sizu-
bizga nasib etdi. 
Ammo, qo’lga kiritilgan miliy davlat mustaqilligimizni saqlab qolish, 
uni siyosiy, iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash va kelajagi buyuk 
davlatni barpo qilish mislsiz darajada qiyin, murakkab bir vazifadir. Bu 
1
// Xalq so’zi, 1994 yil 2 sentyabr. 


25 
vazifaning qay darajada bajarilishi malakatimiz fuqarolarining ijtimoiy-
siyosiy saviyasi, milliy istiqlol mafkurasining nechog’lik ular ongida 
shakllanib, hayotiy dunyoqarashiga aylanishi bilan mushtarakdir. Bu 
ulug’vor vazifani hal etishda xalq maorifi tarmoqlari, umumta’lim 
maktablari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari 
hal qiluvchi o’rin egallaydi. CHunki, bu o’quv maskanlaridagi ijtimoiy-
siyosiy va tarbiyaviy muhit sharoitida mustaqil O’zbekiston yoshlarining 
shaxs va fuqaro sifatida dunyoqarashi shakllanadi. Bu borada xalq ta’limi 
tizimining barcha tarmoqlarida o’qitiladigan fanlar, xususan tarix (vatan 
tarixi, jahon tarixi) fanining yuqori nazariy-ilmiy va tarbiyaviy saviyada 
olib borilishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Masalan O’zbekistonning 
kelajagi bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol 
tafakkurini va vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirishda Tarix ning o’rni 
va imkoniyatlari cheksizdir. CHunki, tarix xalqning xotirasi, Vatanimizning 
o’tmishi, avlodlar sevib, ezozlab, o’rganib, o’rnak va saboq oladigan hayot 
maktabidir. 
“Tarix inson orqali vujudga keladi va inson orqali abadiyatga aylanadi. 
Inson ongi va tafakkuri, qalbi va tuyg’ulari orqali yuzaga kelgan g’odisa 
sifatida qadriyatga aylanadi.”
1
Ana shu jihatdan qaraganda inson aql-idroki, 
uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyatni taraqqiy ettirish 
yo’lidagi sa’yi harakatlari, butun bir xalq, butun bir jamiyat mentalitetini 
belgilaydi. Ana shu mentalitet – millat yoki xalqning umumiy madaniy-
ma’naviy darajasi, aql-idroki va taqakkur maydoni nechog’ligiga qarab 
taraqqiyotning yohud tanazulning mazmun mohiyati ochiladi. Tarix esa ana 
shu o’ta murakkab, o’ta ziddiyatli, ayni paytda nihoyatda qudratli ruhiyat 
orqali, faoliyat orqali xotiraga aylanadi. 
Tarixiy o’tmishsiz biror bir xalqning buguni ham , kelajagi ham 
bo’lmaydi. Tarix odamlarni o’ylantiradi, bo’lib o’tgan tarixiy voqea va 
1
Jo’rayev N. Tarix falsafasi. - T.: Ma’naviyat, 1999. 15-bet. 


26 
hodisalarni farqlash, tahlil qilish va ulardan amaliy, hayotiy xulosalar 
chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam 
beradi. 
Ma’lumki, o’tmishni o’rganmay kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero, 
bugunning qadru – qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi 
orqaligina to’liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan kelajakka xizmat 
qiladigan amaliy xulosalar chiqarulmagunicha hech bir jamiyat ilgarilab 
rivojlanmaydi. 
Dunyo xalqlari tarixi insoniyat taraqqiyoti haqida to’la va batafsil 
tasavvur, bilim hamda tushunchalar berib, yoshlarning har tomonlama 
barkamol shaxs bo’lib, yetishishida muhim o’rin tutadi. Zotan, komil inson 
tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor sohasidir. 
Dunyo xalqlarining tarixiy tajribalaridan foydalanish, ya’ni tarixda 
bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli madaniyat va ma’naviyat 
sohasida faoliyat ko’rsatgan allomalar, tarixiy shaxslar hayotidan, iqtisodiy 
taraqqiyotidan, yangi farovon jamiyat qurish yo’lida insonlarni fozil, komil 
kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi davrga xizmat qildirish 
eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Haqqoniy tarix dillarga hayot qonini 
quyuvchi, tillarga so’z baxsh etuvchi, saltanatlarni qayta yaratuvchi, o’tib 
ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, egalari bilan ko’z o’ngimizda 
namoyon etib, hayotimiz sarhadlarini kengaytiruvchi mo’jizadir. Uning 
ma’naviy qudrati ila biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga 
hamdamu hamnafas bo’lamiz,ular bilan goh suyib, goh kuyib dilimizni 
rag’batlantiruvchi, huslarimizga ozuqa beruvchi turli voqealar, ajabtovur 
fe’l – atvorlar dunyosiga oshno bo’lamiz. 
Tarixni insoniyat taraqqiyotining dardu quvonchlar i, g’alabalaru 
mag’lubiyatlari, yaratuvchilik qudratiyu barbod etuvchi qora kuchlari, 
jasorat va xiyonat, oq va qoraning shiddatli to’qnashuvlari haqida hikoyalar 
bitilgan kundalik daftar deyish mumkin. 


27 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin