Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

Medal’er – medal’ yoki tanga quyish yoki zarb etish) yasash san`atining go’zal 
namunalari xisoblanadi. Kichkina yumaloq doiraga tushirilgan podsholarning 
rasmi bizning davrimizgacha etib kelgan o’sha xukmdorlarning yakkayu-yagona
asl rasmi xisoblanadi. Bu rasmlar tarixiy shaxslarning qo’lyozma manbalarida 
ifoda etilmagan kiyofalari va xis-xayajonlarini aks ettiradi. 
O’rta Osiyoda zarb etilgan Salavka tangalari juda oz miqdorda topilgan 
bo’lsa, Grek-Baqtriya tangalari esa aksincha ana shu umumiy miqdorning ko’p 
qismini tashkil etadi. Grek-Baqtriya kumush tangalari xazinasi (100 donaga yaqin) 
Qashqadaryo vodiysining Kitob shaxri atrofidan topilan. 
O’zbekiston territoriyasida XIX asr oxiri XX asr boshlarida 
kollektsionerlardan sotib olingan Axmoniylarning qator dirik-(oltin tangalari
va sikllarini-(kumush tangalari) sotib olinishi Axmoniylar davriga mansub tilla 
va kumush pullarni So’g’d va Baqtriyaga kirib kelganligidan dalolat beradi. 
Gerodotni yozib qoldirgan ma`lumotlarga ko’ra So’g’d, Xrazm, Baqtriya 
Axmoniylarga talant - ya`ni pul birligida o’lpon to’laganlar. 
Metalldan ishlangan pul tanga chaqalarning paydo bo’lishi insoniyat 
tarixidagi muxim voqealardan biridir. Ma`lumki, jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishkning yujsak darajaga erishgandagina tanga chaqalar kashf etilishi
mumkin. Dastlabki tanga chaqalar miloddan avvalgi VII asrda Kichik Osiyoda 
paydo bo’ldi. 
Tanga zarb etish O’rta dengiz bo’yi mamlakatlariga tez tarqaldi. Miloddan 
avvalgi VI asrda esa eron va O’rta Osiyo kattagina qismini o’z ichiga olgan 
Axmoniylar imperiyasi tarkibiga kirib bordi. YUnon shaxarlari tanga zarb etish 
tarixida muayyan o’rin-tutadi. O’rta Osiyo va YAqin SHarq noyob qazilma 
boyliklarini qo’lga kiritgach, Iskandar Zulqarnaynning odamlari o’z yurtlarida 


17 
tanga zarb ettirdilar va ularni butun O’rta dengiz mamlakatlariga muomalaga 
kiritganlar. 
Miloddan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiy Axmoniylarni barbod
etib, uning vafotidan keyin tasarrufidagi erlarning sharqiy qismi Salavkaga tegdi. 
Axmoiiylar va Makedonokiy tangalarining O’rta Osiyoga faqat noyob nusxalari 
etib kelgan edi. Salavkaning o’g’li Antiox davridan boshlab O’rta Osiyoga kumush 
tangalargina emas, balki mis chaqalarning xam keng ko’lamda kirib kelishi 
kuzatiladi. Miloddan avvalgi III asrda O’rta Osiyoda pul muomalasi boshlanadi. 
Miloddan avvalgi III asrning oxirlarida O’rta Osiyoning o’z tangalari paydo
bo’ldi. Ular Antioxning kumush tangalariga o’xshatib zarb etiladi. Tanganing old 
tomonidan chambarga olingan podshox byusti, orqa tomonida yuganlangan
shoxli ot boshi va xukmdor nomi bitilgan ("Podshox Antiox") degan yozuv 
ko’zga tashlanadi. Bundan tashqari monogramma (grek tilida mono-bir; gramma-
xarf yozuv. Bu erda: tangada monogramma-tangani zarb qilgan usta xamda 
xukmdor ismi shariflarining jimjimador bosh xarfi) xam bor. 
Antiox asl tangalaridan uning farqi shu ediki. O’rta Osiyo tangalaridagi 
tasvirlarning sifati pastroq edi. YOzuvlar buzib berilgan. Ular Samarqandda zarb 
etilgan.
Mil.av. III asr o’rtalarida Salavkiylar xokimligini sharqiy xududlarida Grek-
Baqtriya podsholigi yuzaga keldi. Grek-Baqtriya tangalari yuqori badiiy did bilan 
ishlangan bo’lib, xar bir tangada doira ichiga podshoxning tasviri uning ichki 
moxiyatini ochib beradigan tarzda zargarona san`at bilan bajarilgan. Grek-
Baqtriya tangalari mamlakatimiani janubiy sarxadlari Surxondaryo viloyatida 
ko’p uchraydi. Buxoro voxasida Grek-Baqtriyani yirik kumush tangalarining 60 
nusxadan iborat butun boshli xazinasi topilgan. By xukmdorlar ko’proq asosan 
kumushdan, istisno xollarda xatto mis, nikel’ qotishmasidan zarb eganlar. 
Grek-Baqgriya tangalarining mashxurligi shunga olib keldiki. O’rta Osiyoning
ko’pgina xududlarida janubiy Amularyo bo’ylarida. Buxoro va Xorazm voxalarida 
o’sha tangalarga o’xshatib tangalar chiqarildi. 


18 
Milodning 1-1II asrlarida O’zbekistonning janubi, Afg’oniston xamda 
SHimoliy-G’arbiy Xindistonni o’z ichiga olgan jaxonshumul mamlakat bo’lmish 
Kushon imperiyasi tarkibiga kirgan. Zarb etilgan ilk kushon tangalarida grek-
baqtriya ta`siri yaqqol sezilgan, biroq keyinroq kushonning o’zita xos aloxida 
tangalari paydo bo’ldi. By davrdagi tangalarda xatto Budda tasvirini xam ko’rish 
mumkin. kushon tangalari Kama buylarida xam uchraydi. 
Xorazmdan topilgan tangalarda lotin alfavitidagi " S " xarfiga uxshash 
siyovushlar tamg’asining borligi, bu sulola siyovushlar avlodidan bo’lgan bo’lishi 
mumkinligini ko’rsatadi. Mana shunday taxlitdagi kushon tangalari tarqaladi, 
maxalliy xar qanday tangalarni zarb qilish deyarli to’xtatiladi. 
Eramizning boshlarida tashkil topgan kushonlar podsholigi yangi era 
boshlarida dunyo axamiyatiga ega bo’lgan imperiyaga aylanishi natijasida kushon 
tangalarida xam grek alifbosidan foydalanish davom etdi. Keyinchalik grek 
alifbosida Baqtriya tilidagi so’zlar yozila boshlandi. Grek xudolarining tasviri
asta-sekin maxalliy, shu jumdadan zoroastriya xudolarining tasviri bilan 
almashtirildi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin