Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi 
xayoti va faoliyati xaqida qisqacha ma`lumot " nomli kitobini
o’quvchilarga taqdim etdi. Bu adabiyotlar 16 asrda juda katta nufuzga 
ega bo’lgan. Tangashunoslik ilmi kashshoflarini 14-16 asrlarda
tangalardagi xukmdorlar qiyofasi va tarjimai xoli qiziqtirgan bo’lsa, 18 
asrda bu fanni ilmiy nuqtai nazardan rivojlantirish katta axamiyat kasb 
etdi. Avstraliyalik ruxoniy Iosif-Ilariy Ekkel (1738-98) sakkiz jilddan 
iborat "Qadimgi tangalar ilmi" nomli kitobida 70 mingdan ziyod
tangalarga tartib berdi. Aniqlay olmagan tangalar xaqida xech qanday faraz 
qilmagan, ularni noma`lumlar qatoriga qo’shib qo’ygan, ko’p 
mamlakatlarni tanga turlarini aniqlay olmagan. 
18 asrda sharqiy numiematikada bir necha ming tanga pul bo’lgan, 
ammo ularni shu vaqtga qadar tadqiq qiluvchi bo’lmagan. Rossiya FA 
akademigi Xristian Martin Fren sharqiy numizmatikaga asos solgan
kishidir. U Qozonda yashab Oltin O’rda xonlari tomonidan zarb qilingan 
tangalarni o’rganish uchun juda boy manbaga ega bo’lgan. Fren nemis 
bo’lganligi uchun tez orada Germaniyaga chaqirishgan, yo’l-yo’lakay 
Peterburgda to’xtagan, u erda fanlar akademiyasida to’plangan tangalarni 
ko’rgach, tashlab keta olmagan, butunlay Rossiyada qolib butun umrini 
sharq tanga pullarini o’rganishga bag’ishlagan. 
Pyotr 1 tomonidan Peterburgda tashkil etilgan muzey kunskamer ada 
boshqa eksponatlar bilan birga tanga pul va medallardan xam katta 
kollektsiya to’plagan. Kunskamerada doim o’z kollektsiyasni to’lg’azib
turgan, to’plangan tanga pullarni tartibga solgan. Undagi qimmatbaxo


12 
pullar kollektsiyasi xozirgi vaqtda Davlat ermitajida joylashtirilgan, bu
kollektsiya dunyodagi eng katta kollektsiyalardan biri xisoblanadi, 
xisobida 300 mingta tanga pul bor. 
Bundan tashqari O’rta Osiyo numizmatikasi tadqiqotchilari orasida 
M.E.Masson, V.A.Mishkin, E.A.Davidovichlar salmoqli o’rin egallaydidar. 
Ular qadimgi O’rta Osiyo tanga pullarini aniqlab turlarga ajratdilar va zarb
qilish ishidagi rivojlanishning asosiy bosqichini belgiladilar.
Qadimshunos odimlar er kurrasidagi dastlabki savdo muomalasi 
ibtidoiy jamoa tuzumining tosh asridan boshlanganligini isbotlaydilar. 
Ularning ta`kidlashlaricha inson o’z mexnatining maxsulotlarini 
ayirboshlash natijasida savdo-sotiqning ilk va sodda to’rini vujudga 
keltirdi. Tanqis ashyolarni pul o’rnida ayirbosh qila boshladi. Bunday tovar
pul muomalalari mintaqalarda turli ko’rinishda amalga oshirilgan. mas,: 
Osiyo va Afrikada kauri nomli chig’anoqlar pul vazifasini o’tganligi 
ma`lum. 
Ular ayrim elatlarda qadimdan, ya`ii ibtidoiy jamoa tuzumidan milodiy 
XX asrgacha savdo vositasi bo’lib kelgan. Mas,: bu chig’anoqlar kadimiy
Xitoy, YAponiya, Xindiston shaxarlarida ancha vaqtgacha muomalada 
qadrlangan. VI-VII asrlarda Germaniyada, 9- asrda SHvetsiyada, 16-asrda 
Riga shaxrida ishlatilganligi, Gvineyada xam kauri tasviri tushiri lgan 
pullar mavjud bo’lganligi aniqlangan. 
Bundan tashqari insonlar orasida jonliq qoramol yoki xarsanglar 
keyinchalik itlarning tishi, cho’chka go’shti, ma`dan parchasi singari
narsalar xam savdo vositasi sifatida qo’llanilgan. Odamzot o’zi uchun qulay 
pul shaklini ixtiro etguniga qadar mazkur "pul"larni tabiatdan olib savdo 
vositasi sifatida ishlatib turgan. Vaqti kelib inson ma`dandan ishlangan pul -
parchaning engilligini va o’z yonida olib yurishga qulayligini xisobga olib 
sof ma`danli quymalarni ayirbosh qilishga o’tadi. Bunday pul birligi 


13 
qadimgi Ikki daryo oralig’i va Misrda paydo bo’lib, shu davrdan e`tiboran 
inson xayotiga "tanga" xolatida kirib keldi. 
Ammo bu quymalarni insonlar qalbakilalshtira boshlaydilar. Qattiq 
jazo choralariga qaramay bunday xol davom etavergani sababli, xukmdorlar 
o’z quymalarini muxrlashga, ya`ni ularda biror-tasvirni yoki tug’rolar-
gerblarni ifodalashga odatlandilarki, bu bilan quymalar xaqiqiyligi davlat 
tomonidan kafolatlanadigan bo’ldi. 
Qadimiy tarixchilar Gerodot va Ksenofont asarlaridan ma`lumki, ilk 
tangalar oltin va kumushdan bo’lib, Kichik Osiyodagi Midiyaliklar 
tomonidan miloddan avvalgi 7-asrda zarb etilgan. Ammo YUnonistondagi 
egina shaxrida, Xitoy va Xindistonda maxsus tangalar zarb etish ixtiro
qilindi. Ularning ko’rinishi juda sodda bo’lib, dastlab ayrim chizgilar bilan
bezatilgan, so’ngra turli jonzotlarni (toshbaqa, ukki, dengiz mushugi, baliq
va xokazolarni) tasvirlashga o’tilgan. Bunda aks ettirilgan jonzot, uning 
shaxar tug’rosi yoki nomi bilan xamoxangligidan kelib chiqib ish tutilgan. 
Keyinchalik iloxlar va bazilevelar tasviri ifodalangan tan galarni "moneta"
deb nomlay boshlaganlar. Qadimgi Rim davlatida YUnona deb nomlangan 
ilox bo’lib, "moneta" uning xislatlaridan biri miloddan avvalgi 45-
yillarda Tita Kariziy tomonidan nozik bir ayol tasviri tushirilgan tanga
zarb etildi. Tasvir ortida "moneta" degan lotincha so’z zarblangan bo’lib 
"bashoratchi"degan ma`noni anglatar edi. SHu davrdan boshlab tangalar
moneta deb yuritiladigan bo’ldi. Evropaning G’arb bilan sharqga kirib 
kelgan bu so’z rusiyzabon insonlaro tilida keng qo’llanila boshlandi.
Xozirgi kunda jaxon bozorida turli xil tanga va pul birliklarining 
nomlarini 
uchratish 
mumkin. 
Qadimda 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin