Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning o’z mustaqilligini qo’lga 
kiritganligi xalqimiz taraqqiyoti uchun katta imkoniyatlar yaratdi. O’tgan 
mustaqillik yillari tarixan kichik vaqtni tashkil qilgan bo’lishiga 
qaramasdan, mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-
ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan vazifalar ko’lami nihoyatda katta 
bo’ldi. Ularning zaminida esa o’zbek xalqining mavjud imkoniyatlari, 
manfaatlari, xususiyatlari va mentalitetidan kelib chiqqan xolda o’ziga mos 
taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlagani turibdi. Prezidentimiz Islom Karimov 
mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq taraqqiyotimizning nazariy 
asoslarini ishlab chiqar ekan, unda pirovard maqsadimizni ham ko’rsatib 
berdi. U “Barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga asoslangan 
kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish 
pirovard maqsad bo’lib qolishi kerak”
1
ligini belgilab berdi. Xuddi ana shu 
yo’l mamlakatimizda nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda 
islohotlarni amalga oshirishda, shuningdek, milliy-ma’naviy tiklanish 
jarayonining jadal sur’atlarda rivojlantirishi uchun ham amaliy ahamiyatga 
molik bo’ldi. CHunki, belgilab berilgan yo’l tufayligina xalqimiz erkin 
nafas ola boshladi, asrlar davomida yaratilib kelingan milliy-ma’naviy 
imkoniyatlarini yuzaga chiqara boshladi. O’tmishda toptalgan urf-odat, 
an’ana, qadriyatlarni tiklay boshladi. 
Prezidentimiz ana shu jarayonning o’zaro uyg’unligini “Biz ma’naviy 
qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning 
ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy 
jarayon deb, hisoblaymiz”
1
, - deb ko’rsatib berdi. 
Mustaqilligimiz tufayli Ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratildi. 
Jumladan 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun (YAngi 
1
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent.:O’zbekiston, 1999, 9-bet. 
1
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 
– T.: O’zbekiston, 1997. 137-bet. 



tahrirda)va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O’zbekistonning ta’lim 
sohasida ijobiy samara va amaliy siljishni yuzaga keltirdi.
Jumladan, “Bir fikrni mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman – biz ta’lim 
sohasini bosqichma-bosqich, aniq maqsadga yo’naltirgan holda isloh qilish 
bo’yicha uzoqni ko’zlagan dasturlarniizchil amalga oshirib kelmoqdamiz. 
Buning natijasida yoshlarimizning eng yuksak talablardarajasida umumiy 
ta’lim olishi bilan bir qatorda ularning o’z qobiliyatini ro’yobga chiqarishi, 
jamiyatda munosib o’rin egallashi uchun aniq mutaxasislikka ega bo’lish 
imkonini beradigan yaxlit, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini yaratdik. 
Bu vazifalarni hal etish uchun Kadrlar tayyorlash va Maktab ta’limini 
rivojlantirish umumilliy dasturlari doirasida o’tgan davr mobaynida 
yurtimizdagi ta’lim muassasalari – maktablar, litsey va kollejlarning 
zamonaviy 
moddiy-texnik 
va 
o’quv 
bazasini 
shakllantirish 
va 
mustahkamlash, 
ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi standartlar, ilg’or 
pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish borasida ko’lami va 
ma’no-mazmuniga ko’ra haqiqatan ham ulkan ishlarni amalga oshirdik”
2
, - 
deb ta’kidladi Islom Karimov. 
Bugungi kunda maktab va Oliy ta’limda tarix fanlari mukammal ishlab 
chiqilgan reja asosida o’tilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida “YOrdamchi 
tarix fanlari” o’qitiladi. Yordamchi tarix fanlari tarix fanini o'rganishda 
yordamchi manbalar hisoblanadi. Bu fan tarix fanining yordamchi sohalari 
bo'lmish: poleografiya, diplomatika, genalogiya geroldika, sfragnetika, 
epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya buyruqlariga tayanadi. 
Shular asosida tarixiy voqea va hodisalarni mohiyatini haqqoniy, holisona 
yoritishga ko'maklashadi.
"Numizmatika" so’zi grekcha "nomisma"-ya`ni tanga pul yoki chaqa
pul degan ma`noni anglatadi. Tangashunoslik oltin, kumush va misdan 
2
Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. 
– T.: O’zbekiston, 2008. 35-bet. 



ishlangan metall pullarni o’rganish xaqidagi fandir. Ushbu soxaga bundan 
tashqari yana qog’oz pullarni o’rganish (bonistika)va orden, medal

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin