Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalarda gi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalarda gi 
xayoti va faoliyati xaqida qisqacha ma`lumot " nomli kitobini
o’quvchilarga taqdim etdi. Bu adabiyotlar 16 asrda juda katta nufuzga 
ega bo’lgan. Tangashunoslik ilmi kashshoflarini 14-16 asrlarda
tangalardagi xukmdorlar qiyofasi va tarjimai xoli qiziqtirgan bo’lsa,18 asrda 
bu fanni ilmiy nuqtai nazardan rivojlantirish katta axamiyat kasb etdi.
Avstraliyalik ruxoniy Iosif-Ilariy Ekkel (1738-98) sakkiz jilddan iborat 
"Qadimgi tangalar ilmi" nomli kitobida 70 mingdan ziyod tangalarga 
tartib berdi. Aniqlay olmagan tangalar xaqida xech qanday faraz qilmagan, 
ularni noma`lumlar qatoriga qo’shib qo’ygan, ko’p mamlakatlarni tanga 
turlarini aniqlay olmagan. 
XVIII asrda sharqiy numiematikada bir necha ming tanga pul 
bo’lgan, ammo ularni shu vaqtga qadar tadqiq qiluvchi bo’lmagan. 



Rossiya FA akademigi Xristian Martin Fren sharqiy numizmatikaga asos
solgan kishidir. U Qozonda yashab Oltin O’rda xonlari tomonidan zarb 
qilingan tangalarni o’rganish uchun juda boy manbaga ega bo’lgan. Fren 
nemis bo’lganligi uchun tez orada Germaniyaga chaqirishgan, yo’l -yo’lakay 
Peterburgda to’xtagan, u erda fanlar akademiyasida to’plangan tangalarni 
ko’rgach, tashlab keta olmagan, butunlay Rossiyada qolib butun umrini 
sharq tanga pullarini o’rganishga bag’ishlagan. 
Pyotr 1 tomonidan Peterburgda tashkil etilgan muzey kunskamerada 
boshqa eksponatlar bilan birga tanga pul va medallardan xam katta 
kollektsiya to’plagan. Kunskamerada doim o’z kollektsiyasni to’lg’azib
turgan, to’plangan tanga pullarni tartibga solgan. Undagi qimmatbaxo
pullar kollektsiyasi xozirgi vaqtda Davlat ermitajida joylashtirilgan, bu
kollektsiya dunyodagi eng katta kollektsiyalardan biri xisoblanadi, 
xisobida 300 mingta tanga pul bor. 
Bundan tashqari O’rta Osiyo numizmatikasi tadqiqotchilari orasida 
M.E.Masson, V.A.Mishkin, E.A.Davidovichlar salmoqli o’rin egallaydidar. 
Ular qadimgi O’rta Osiyo tanga pullarini aniqlab turlarga ajratdilar va zarb
qilish ishidagi rivojlanishning asosiy bosqichini belgiladilar.
SHuningdek, O’zbekistonda ham numizmatika bilan shug’ullangan va 
bir qator asarlar yaratgan olimlar bor. Ayupova F. (“Qadimiy tangalar”), 
Rtveladze E.(“ Drevnыe monetы Sredney Azii”), G’ulomov YA. “Qadimgi 
madaniyatimiz izlaridan”, Ernazarova T., Kognev R. “Tangalar o’tmish 
darakchilari”, S.Eshonxonov (“Numizmatika kolleksiyalari”), G’.Olimov 
(“Samoniylar va Qoraxoniylar davri tangalari katalogi”), I.Tuxliyev 
(“SHarqiy Turkiston tangalari”) va boshqalar shular jumlasidan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin