9
maqsadga muvofiqdir. Zero, yer yuzida paydo bo’lgan
har qanda davlat bor
ekan uning iqtisodiy jihatini, savdo munosabatlarini, qolaversa madaniyatini
namoyon qiladigan belgilardan biri bu tanga (pul)dir. Vaholangki, agarda
davlatda pul birligi bo’lmas ekan, uning yagonaligi, uning yaxlitligi.
Uning
erkin savdo munosabatlarida ishtirok eta olmasligi tabiiydir. Ana shu
maqsadda jahon tarixi fanlari jarayonida o’qsuvchilar ongiga numizmatika
fanidan
namunalar
o’qitilsa
o’quvchilar
tafakkurining
yanada
teranlashishiga sabab bo’ladi.
Ishning manbaviy bazasi, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, mahalliy va chet
el adabiyotlari, ommaviy axborot vositalari manbalari va boshqa ilmiy
asarlar tashkil qiladi.
Ishning tarkibiy tuzilishi, dissertatsiya ishi 3 bob, 8
paragraf,
ilovalar, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
10
1. BOB. TARIX VA NUMIZMATIKA FANI
1.1. Numizmatika fanining o’rganiishi tarixi, maqsadi va vazifalari.
O’zbekiston mustaqillikka erishganligi tufayli, jamiyatimizning xamma
soxalarida jiddiy o’zgarishlar davri boshlandi. SHu jumladan tarix fani
oldida xam yangi yangi muammolar ilmiy izlanishlarni taqozo qilmokda.
Tarix fanining yordamchi soxalari ichida o’z o’rniga ega bo’lgan
numizmatika, mamlakatimiz Istiqlolga erishgandan keyin uning nufuzi
yanada ortdi, mustaqil tarix fani sifatidagi maqomga ega bo’ldi.
CHunki tariximizni o’rganishda tangashunoslik fanining axamiyati
beqiyosdir. Tangalar bizga eramizdan
avvalgi davrdan to xozirgi
kungacha bo’lib o’tgan tarixiy voqealar siyosiy iqtisodiy, ayrim xollarda
esa millatlarning e`tiqodiy dunyoqarashlari xaqida ma`lumot baeradi.
Kollektsionerlar turli zamon va davrlardagi tanga,
chaqa pullarni
yig’ib ularni kataloglarini (ro’yxatlari) tuzganlar va xar qaysisini aloxida
tarzda ta`rifini yozganlar. Ularning ko’pchiligi qadimgi tillarni
bilganliklaridan tanga chaqalardagi xatlarni o’qishga xarakat qilganlar.
Ayrim kollektsionerlar to’plagan tangalarini bir joyga to’plab umumiy
kollektsiya tashkil etganlar.
G’arbiy Evropa xukmdorlari san`at axli
tangalarni boylik sifatida
to’plashlari natijasida u erdagi davlat xazinalarida turli xil mamlakatlarning
tangalari yig’ilib bordi.
Tangalarni yig’ish
XIV asrlardan boshlab asta-sekin odat tusiga kirdi.
Qirollar va imperatorlar qimmatbaxo tangalarni davlat xazinasidan ajratib
olib maxsus
myuntskabinetlar (
tangalarni saqlovchi xonalar) tashkil
etganlar, xamda ularni o’rganish va ularga tartib berish uchun olimlarni
jalb etganlar.
Xozirgi
kunda Angliya, Frantsiya, Sankt-Peterburg, Vena,
Berlin kabi mamlakat shaxarlarida jaxondagi yirik yig’ma koolektsiyalar
mavjud.
11
Dastlabki tangashunoslikning izlanishlari natijasida ilk bor 14
asrda
Andreo Ful’vionning yunon va rim tangalari ifodalangan "
Taniqli kishilar
tasviri" nomli kitobi nashr etildi. Ushbu kitob mashxur xukmdorlarning
tasviri va ularning xayoti xaqida qisqacha ma`lumot berganligi bilan
mazkur tadqiqot qiziqish uyg’otdi. Keyinchalik 1553 yili Gil’oma Rud
"
Dostları ilə paylaş: