Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 317 Kb.
səhifə7/8
tarix02.01.2022
ölçüsü317 Kb.
#45226
1   2   3   4   5   6   7   8
Futbol uyinini to`pni boshqarish texnikasining o`rgatish

To’pni "tepib" fint qilish. Bu fintning bajarilishini ba’zi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Yakkama-yakka tortishuvda qatnashayotgan raqib ro’paradan yoki oldindan - sal yon tomondan kelayotgan bo’lsa, unga yaqinlashayotib, zarba beruvchi oyoq orqaga tortiladi. Bunday holat to’p nishonga tepilishi yoki uzatib yuborilishidan dalolat beradi.



  1. rasm. Oyoqni to’p ustidan o’tkazib "ketish" finti


Buni ko’rgan raqib to’pni tortib olishga yoki to’p uchib o’tishi kerak bo’lgan zonani to’sishga harakat qiladi. Buning uchun u harakatni sekinlashtiradigan va to’xtatib qo’yadigan tashlanish, shpagat, sirpanish harakatlarini bajaradi. Bundan tashqari, shunday holatlardan yakkama-yakka tortishuv harakatlariga o’tish uchun bir qadar vaqt kerak bo’ladi. O’yindagi vaziyat, sheriklar-u raqiblarining turishi, qarshilik ko’rsatayotgan raqibning holati qandayligiga qarab, asl niyatni amalga oshirish bosqichini tegishli usulda sekingina tepilib, raqibdan oldinga, o’ngga, chapga yoki orqaga qochib ketiladi.

Bordi-yu, to’p uzatilgan bo’lib, sheriklardan biri to’pning harakat yo’lida (qulayroq) vaziyatda turgan bo’lsa, asl niyatni amalga oshirish bosqichida to’p ochiq turgan sherikka o’tkazib yuboriladi.




  1. rasm. Oyoq bilan "zarba berish" finti




  1. rasm. To’pga bosh bilan "zarba berish" finti


To’pga bosh bilan "urib" fint qilish. Tayyorlov bosqichida to’pga bosh bilan zarba beriladigan dastlabki holat egallanadi, gavda orqaga engashtirilib, zarba bermoqchidek harakat qilinadi (6-rasm). To’p olayotgan o’yinchining oldida yoki yon tomonida bo’lgan raqib buni ko’rib, zarba berilishini kutib to’xtaydi yoki to’p uchib ketishi kerak bo’lgan tomonga harakatlanadi. O’yinchi zarba berish o’rniga o’z taktik rejasini amalga oshirib, to’pni ko’krak bilan to’xtatadi yoki to’pga tegmay o’tkazib yuborib, keyin 180˚ aylanadi va to’pni egallab oladi.

To’pni oyoqda "to’xtatib" fint qilish. To’pni oyoqda to’xtatib qilinadigan aldash harakati to’p olib yurganda va uni sheriklaridan biri oshirib bergandan keyin turli usullarda bajariladi.

To’p olib ketilayotganda, raqib uni yon tomondan va yondan - orqaroqdan kelib olib qo’yishga harakat qilganda, to’pni tagcharm bilan bosib va bosmasdan "to’xtatish" finti ishlatiladi.

Birinchi holda to’p olib ketilayotganda, o’yinchi navbatdagi yugurish qadamida tayanch oyoqini to’p ortiga yaqin qo’yib, uni raqibdan uzoqroq oyoqining tagcharmi bilan bosib qoladi. Go’yo to’p bilan birga to’xtamoqchidek aldamchi harakat qilinadi. Raqib bunga javoban harakatini sekinlashtiradi, shu paytda to’p olg’a tomon sekingina tepiladi-da, olib ketilaveradi.

Ikkinchi holda esa tayyorlov bosqichida to’pni to’xtatayotganga o’xshash harakat qilinadi (7-rasm). O’yinchi harakatini sal sekinlatib, oyoq kaftini to’p ustiga qo’yadi. Asl niyatini amalga oshirish bosqichi oldingi yo’nalishda tezlab

ketilaveradi.



Sherik to’pni uzatgandan keyin "to’xtatib" aldash harakatini bajarishda bir oyoqqa tayangan holga o’tib, to’xtatuvchi oyoq to’p kelayotgan tomonga uzatiladi. Raqib to’pni qabul qilib olayotgan o’yinchiga hujum qiladi. Shu paytda o’yinchi to’pni to’xtatish o’rniga uni o’tkazib yuboradi-da, 180˚ ga burilib, to’pni egallab oladi.

To’pni ko’krak va bosh bilan "to’xtatib" fint qilish. To’pni boshda va ko’krak bilan "to’xtatib" aldashdagi tayyorlov bosqichi shu usulda to’pni chinakam to’xtatish texnikasining tayyorlov bosqichiga o’xshaydi. Asl niyatni amalga oshirish bosqichida esa to’xtatib qolish o’rniga to’p o’tkazib yuboriladi-da, o’yinchi 180˚ ga burilib, to’pni egallayveradi.





















  1. rasm. To’pni oyoq bilan to’xtatish finti


XULOSA
Ilmiy adabiyetlarni urganishda, futbolchilarning maydondagi texnik sifatlari, muxim axamiyatga ega ekanligi aniklandi. Utmishda uz uyinlari yulduz darajasiga chikkan futbolchilar, jismonan tomonlama yetuk bo’lishmasa xam, texnika jixatdan barqaror o’yin ko’rsatishgan.

Ommaviy ravishda o’tkazilayotgan futbol mashg’ulotlari aksariyat hollarda ko’r-ko’rona olib boriladi, ilmiy jihatdan asoslanmaydi, uslubiy talablarga javob bermaydi. Beriladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlarning fiziologik qiymati e’tiborga olinmaydi. Ko’p yillik trenirovka asosida sport mahoratini shakllantirishda har hil yoshli futbolchi bolalar guruhlarida mutanosiblik va o’zaro bog’liqlik o’rnatilmasligi ma’lum bo’ldi. Futbolchilar texnika sifatlarni kamchiliklarni maxsus mashklarorkali murabbiy kursatmalari bilan takomillashtirib borishi lozimdir.Maydonda futbolchilar tupni darvozaga zarba bilan uynashda kup bora texnik xatoliklariga yul kuyishadi.



Mashgulotlarda futbolchilar darvozaga zarba berish mashkni kuplab bajarishadi. Ammo uyin jarayenida tupni darvozaga anik yullash kam kuzatiladi.Shuning uchun yangicha ishlab chikilgan uyin xolatidan kelib chikkan mashklarda kuprok foydalanish kerakdir.

Futbolchilarning texnik jixatlarni tarbiyalashda kuplab maxsus mashklar ishlab chikilgan.



Biz ushbu amaliy tavsiyalarimizda darvozaga anik zarbani yullashni tarbiyalash uchun ayrim mashklarni tavsiya qilmoqchimiz.

  1. Futbolchilar uch guruxga bulinishadi. Xar bir futbolchilari navbatma-navbat tup surishni boshlaydilar. Birinchi gurux tupni yerlatib, ikkinchi gurux urta balandlikda,uchinchi gurux - darvoza tepa kismiga zarbalarni yullashadi. Guruxlar vakti bilan mashk bajarish usulini almashtirib turadilar.

  2. Tupni navbatma-navbat jarima maydonchasi markaziga surib darvozaga zatb berish (bayrokcha ortidan) xar bir urinishdan sung joylar almashiniladi. Dastlabki xolat jarima maydonchasi burchaklarida turish.

  3. Tupni turli nuktalardan sapchib chikish va darvozaga yullantirish. Futbol maydonning jarima chizigidan 20 metr uzokdagi ikki nuktadagi (A va V) ular urtasidagi masofa 10 metr bulib uchta tup urnatiladi. Futbolchi murabbiyning ishorasi buyicha birinchi nukta (A) tup bilan 20 metrga sapchish kiladi va jarima maydonchasining chizigidan darvozaga tepadi. Keyin esa nukta (V) ga karab sapchish kiladi va usha xarakatni amalga oshiradi. Xar biri 6 marta takrorlash bilan 2 turkum bajaradi.

Futbolchi bunday tarkibda 240 metr masofani eng yukori tezlikda yugurib utadi va tupni darvozaga 12 marta yunaltiradi.

  1. Tupni boshkarish va darvozaga zarbalar.

Futbol tupni futbol maydoni markazidan eng yukori tezlikda boshkarishni bajarish va jarima maydonchasidan darvozaga zarba beradi. Bu mashkning bajarish davomiyligi 15 dakikagacha. Futbolchi ana shu ichida eng yukori tezlikda 15 marta tupni boshkaradi va darvozaga 15 zarb bilan urishni amalga oshiradi.

Xarakat malakalarini ichki va tashki sharoitlar ta’siriga moslashtirish.

Uyining texnik usullarini turli sharoitlarda bajarish- bu ichki va tashki sharoitlar ta’siriga kunikishning asosiy metodir.

Shuning uchun futbolchining mashg’ulot sharoitni mashklar xarakteri va yuklamasiga karab xar xil kilib uzgartirmok lozim.

Masalan, mashgulot utkaziladigan joyni galma-galdan manej korli, maysali maydonlar va boshkalar bilan almashtirib turish foydalidir.



Mashklarni bajarish sharoitni va tartibni tupni tepishni mashgulotning boshida,urtasida utkazib turish darkor. Futbolchilar yuz bergan xarakat vazifalariga boglik xolda xarakatlarni bajarishi forma va xarakaterini variantlashtirishni bilishi, bor xarakatdan ikkinchi xarakatga utishni bilishi nosikl xarakatlarni uyining boshidan oxiriga kadar yaxlit xis etish kobiliyatini rivojlantirishda ran kup. Bunga turli priyemlarning dastlabki va oxiri xolatlarni birlashtirib variantlashtirish yuli bilan erishil a di . T us i kl ar s ha kl i da gi ma xsus j i xoz la rdan foydalaniladi. Texnik priyemlarni variantlashtirishga mashgulot va musobakaning uzgarib turuvchi shart - sharoitlarga duch kelishda erishiladi.


Yüklə 317 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin