Rekreatsiya turizmi-turistlarning o‘z yurti yoki biror bir mamlakatga dam olishi uchun borishidir. Ispaniya, Italiya, Frantsiya va Avstriyaga boruvchi turistlar ko‘proq dam olish uchun boradilar. Davlolanish turizmi. Ushbu tardagi turizm shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, ko‘p hollarda turistlar o‘z sog‘lig‘ini tiklash, ya‘ni davolanish uchun bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Davolanish turizmining muddati ko‘p hollarda 24-29 kunni tashkil qiladi. Davolanish turizmi organizmga ta‘sir ko‘rsatishiga qarab, iqlimiy, dengiz iqlimida davolanish, shifobaxsh balchiqqa, quyosh nurlarida davolanish kabi turlarga bo‘linadi. Ko’rish (ekskursiya) turizmi.Turizmning Ushbu turi biror bir mamlakat hududini tamosha qilish uchun tashkil qilinadi. Sayohat qilishdan asosiy maqsad-turistlarning dunyoqarashini kengaytirishdir. Tomosha qilish uchun sayohatga chiqishning muhim turlaridan biri avtomobillarda, avtobuslarda sayohat qilish hisoblanadi.
Tadbirokarlik turizmi.Turizmning Ushbu turida turistlar ma‘lum bir maqsad yuzasidan bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Ish yuzasidan amalga oshiriladigan turistlarga davlat yoki biror bir tashkilot tomonidan safar xarajatlari to‘lanadi. SHu sababli ko‘pChilik davlatlar o‘zlarida ko‘proq xalqaro yig‘ilishlar o‘tkazishga harakat qiladilar. Tadbirokor turizmida savdo-sotiq ishlarini tashkil qilish, ilmiy kongres, anjuman, ishlab chiqarish seminarlari, stanoklarining Yangi texnologik linyalarini ishga tushirish, xalqaro ko‘rgazmalar, shartnomalarni imzolash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu turizmga umumiy turistlar oqimining 10-20 foizi to‘g‘ri keladi. (M.Efrimova, 1998 y)
Ilmiy turizm.Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o‘qish malakasini oshirish uchun 11 boriladigan turistlar ilmiy turizm deb ataladi. Ilmiy turizm turlaridan bir tilni o‘rganish uchun tashkil qilinadigan turizmdir. Turizmning ushbu turi Buyuk Britaniyada rivojlangan. Sport turizmi. Turizmning Ushbu turi sportchilarning turli musobaqalarda qatnashishi, ma‘lum sport turi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish uchun joy mamlakatlarga borishidir.