156
Shuni ta'kidlash joizki, amalda byudjetlashtirish korxonani ko‗zlagan
maqsadlariga erishishida ko‗rsatgan samarali yordami va haqiqiy axborotlarni reja
ko‗rsatkichlari hamda strategik rejada belgilangan
maqsadlar bilan muvofiqlash-
tirish imkoniyatiga qarab ma'lum bir ahamiyatga ega bo‗ladi.
Ushbu vazifalarni hal qilish uchun esa korxonalar byudjet bajarilishini
baholash va monitoringini olib borishning samarali tizimiga ega bo‗lishi lozim.
Byudjet
bajarilishining
monitoring
tizimi
aslida
byudjetlashtirish
jarayonining davomi hisoblanadi va byudjetlar bajarilishi jarayoni bilan birgalikda
amalga oshiriladi. Uning asosiy mohiyati byudjetlar
bajarilishini kafolatlashni
yo‗lga qo‗yish va umuman olganda boshqaruv jarayoni samaradorligini
oshirishdan iboratdir.
Bu masala iqtisodiy adabiyotlarda keng yoritilgan bo‗lib,
iqtisodchi olim
K.V.Shiborsh byudjetlar ijrosi kontrollingini
*
2
batafsil bayon etgan. Unga ko‗ra:
«Byudjet bajarilishining ichki nazorat tizimi (yoki kontrollingi)–kompaniya
tomonidan byudjet davrida mablag‗, xarajat va
majburiyatlarini samarali
boshqarishni baholash va tahlil qilish (joriy faoliyatni doimiy monitoring qilish,
mahsulot hajmi va xarajatlarni byudjet standartlari bilan
taqqoslash va ortiqcha
xarajatlarga yo‗l qo‗ymaslik) uchun mo‗ljallangan rasmiy yoki norasmiy mantiqiy
tuzilmadir».
Demak, byudjet bajarilishining monitoringi shunchaki «yuqoridan» nazorat
qilishdan ham mazmunan,
ham shaklan farq qilib, qo‗shimcha ravishda
bo‗linmalar uchun o‗z faoliyatini samarali olib borishiga
imkoniyat yaratadigan
reja-analitik masalalar majmuidan iborat. Byudjet bajarilishini nazorat qilish tizimi
umuman olganda byudjetlashtirishdan ko‗zlangan samaraga erishish uchun
byudjetga qo‗shilgan o‗ziga xos «qo‗shimcha» bo‗lib hisoblanishi lozim.
Byudjet ko‗rsatkichlari bajarilishini aniqlash
uchun byudjet nazoratining
tegishli bosqichlari va vositalari amalga oshiriladi (18-chizma).
2
Germaniyada boshqaruv hisobi kontrolling deb ataladi. Mazkur bobda boshqaruv hisobining muhim tarkibiy
qismi bo‗lgan moliyaviy nazorat jarayonini tashkil etish tadqiq etilgan.