150
Byudjetlashtirishning an'anaviy vositalari o‗zida «Dasturiy-maqsadli
byudjet» (AQShda 1949-1962 yillarda ishlab chiqilgan va amaliyotda sinalgan),
«Rejalashtirish-dasturlash-byudjetlashtirish» (1963-1971 yillarda yaratilgan) va
«Maqsadlar bo‗yicha boshqaruv» (1972-1975 yillarda amaliyotga joriy qilingan)ni
qamrab oladi. Byudjetlashtirishni ilg‗or usullariga esa «Noldan
boshlab ishlab
chiqiladigan byudjet» (1977-1981 yillarda ishlab chiqilgan), «Natijaviylikka
asoslangan byudjetlashtirish» (1993-1999 yillarda yaratilgan) va «Hisoblash
usuliga asoslangan byudjetlashtirish» (2000 yilda amaliyotga joriy qilingan) kiradi.
Tadqiqotlarni ko‗rsatishicha byudjetlashtirishda byudjet turini to‗g‗ri tanlash
katta ahamiyatga ega va u korxonalar faoliyatini o‗ziga xos xususiyati, tanlagan
strategiyasi hamda bozorning ko‗lamiga bog‗liq bo‗ladi. Bunda eng asosiysi
byudjetlashtirishni joriy etish boshqaruv qarorlarini ishlab
chiqish va qabul qilish
uchun asos yaratilishiga olib kelishiga e'tibor qaratilishi kerak.
Amaliyotda byudjetlashtirishning hajmi, qamrovi va ko‗lamiga ko‗ra
yoppasiga byudjetlashtirish, zarur darajadagi byudjetlashtirish, minimal darajada
byudjetlashtirish, daromad va xarajatlarni byudjetlashtirish kabi turlari mavjuddir.
Yoppasiga byudjetlashtirishda korxona tomonidan amalga oshiriladigan barcha
funksiyalarni
doimiy
rejalashtirish
nazarda
tutiladi.
Zarur
darajadagi
byudjetlashtirishda moliyaviy byudjetlarni hisob-kitoblari uchun ma'lum
darajadagi operasion (moddiy, mehnat xarajatlari va boshqalar) byudjetlar tuziladi.
Minimal darajada byudjetlashtirishda korxonada pul mablag‗lari harakati, foyda va
zararlar va prognoz buxgalteriya balansi kabi moliyaviy byudjetlar tuziladi.
Daromad va xarajatlarni byud-jetlashtirishda esa faqatgina choraklarga bo‗lingan
yillik daromad va xarajatlar byudjeti tuziladi.
Fikrimizcha, byudjetlashtirish davri va darajasini
tanlashda byudjetlarni
aniqlashtirish bo‗yicha mutanosiblikni o‗rnatilishi va byudjet davri yetarli darajada
uzoq va qisqa muddatli bo‗lishiga erishish lozim.
Tamoyillar byudjetlashtirish tizimi mazmunini belgilaydi va shu sababdan
byudjetlashtirish tegishli tamoyillarga asoslanishi lozim (13-ilova).
151
Amaliyotni o‗rganish korxonalarda byudjetlashtirishning joriy etishni
samarali boshqaruv tizimisiz amalga oshirib bo‗lmasligini ko‗rsatdi. Shuning
uchun
bizningcha, byudjetlashtirish masalalari bilan doimiy faoliyat yurituvchi
konsul'tativ guruh maqomiga ega bo‗lgan alohida kengash – «Byudjetlashtirishni
joriy etish va tahlil» kengashi shug‗ullanishi lozim.
Ushbu kengash tarkibiga korxonalarda iqtisodchi mutaxassislardan tashqari
bosh muhandis,
bosh mexanik, bo‗lim boshliqlari (ustalar) va boshqalar kirishi
kerak.
Iqtisodiy adabiyotlarni o‗rganish korxonalarda byudjetlashtirishni joriy
etish byudjetlashtirish haqidagi nizomga asoslanishi kerak, degan fikr ko‗p
uchrashini ko‗rsatdi.
Bizningcha ushbu nizomda, qo‗shimcha ravishda
ma'lumotlarni to‗plash, qayta ishlash va byudjetlarni shakllantirish tartibi mas'ul
shaxslar va byudjet bajarilishi muddatlari ko‗rsatilgan holda aks ettirilishi belgilab
qo‗yilishi lozim.
Byudjetlashtirish haqidagi nizomni ishlab chiqish bilan byudjetlashtirishni
joriy qilish va tahlil kengashi shug‗ullanishi zarur. Ushbu nizom
byudjetlashtirishni samarali joriy etishni, amalga oshirish tartib va uni
boshqaruv
tizimidagi rolini hamda o‗rnini belgilab berishi kerak.
Eng muhimi, «Byudjetlashtirish haqida»gi nizomda turli bo‗g‗in va
maqsadlardagi byudjetlarni o‗zaro aloqasiga asoslangan byudjetlashtirish va
tahlilni amalga oshirish algoritmi alohida ahamiyatga ega bo‗ladi.
Ushbu talablarni hisobga olgan holda korxonalar uchun «Byudjetlashtirish
haqida»gi namunaviy nizom loyihasi tavsiya etildi (14-ilova).
Mazkur nizom ishlab chiqilgandan so‗ng u asosida byudjetni
shakllantirishga kirishish mumkin. U o‗tgan hisobot davri byudjeti tahlilidan
boshlanadi va tahlil ma'lumotlari asosida byudjetlar tuziladi.
Mazkur jarayon
byudjet bajarilishi nazorati bilan yakunlanadi. Ular birgalikda byudjet siklini
tashkil etadi (16 - chizma).
152
0-bosqich 1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 1-bosqich
Dostları ilə paylaş: