181
- faoliyat yuritishning asosiy sharoitlarining o‗zgarishi (strategik rivojlanish,
sotish, ishlab chiqarish, ta'minot, yoqilg‗i-energetika iste'moli, transport ta'minoti,
ekologiya, xodimlar tarkibi va ijtimoiy ta'minotdagi o‗zgarishlar);
- moliyaviy natijalar prognozida byudjet davrining oxirida yuz bergan
o‗zgarishlar.
Mazkur ikki guruh omillariga ko‗ra boshlang‗ich byudjetni o‗zgartirish
natijasida nazorat byudjeti shakllantiriladi.
Nazorat byudjetini shakllantirishdan asosiy maqsad byudjet bajarilishini
korxonaning maqsadi sifatida baholash va nazorat qilishdan iboratdir. Shu bilan
birga mazkur byudjet yordamida belgilangan maqsadlardan chetlanishlarni omillari
va sabablari aniqlanadi hamda uning yordamida tegishli maqsadga erishish uchun
ularga tegishli o‗zgartirishlar kiritiladi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, nazorat byudjetidan bo‗linmalar, xodimlar,
rahbariyat va menejment faoliyatini baholash hamda rag‗batlantirish maqsadlari
uchun asos sifatida foydalanib bo‗lmaydi.
Buning uchun fikrimizcha, mazkur byudjetga qayta o‗zgartirishlar kiritish
lozim. Bunda nazorat byudjeti rahbariyat, turli bo‗g‗in va bo‗linmalar menejerlari
faoliyatiga bog‗liq va bog‗liq bo‗lmagan omillarga ko‗ra o‗zgartiriladi. Natijada
baholash byudjeti yuzaga keladi va u quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: