25-chizma
.
Boshqaruv hisobi tizimiga ta'sir etuvchi omillar
Boshqaruv hisobining funksiyasi va nazorat odatda barcha bo‗g‗indagi
boshqaruvchilar tomonidan maxsus tayyorlangan ma'lumotlar asosida amalga
oshiriladi. Amaliyotda boshqaruv hisobi tizimi korxonalarni mavjud tashkiliy
tuzilishi doirasida, ya'ni chiziqli-funksional, divizional yoki matrichli bo‗ladi.
Boshqaruvning
chiziqli-funksional
tuzilishida
korxonalarning
bosh
bo‗linmalari mahsulotni ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish kabi asosiy faoliyatni
olib boradi, maxsus ixtisoslashgan xizmatlar esa masalan, marketing bo‗limi,
iqtisodiy bo‗lim, kadrlar bo‗limi, buxgalteriya bo‗limi qonunda bajarilishi belgilab
qo‗yilgan yoki normal faoliyat ko‗rsatish uchun zarur bo‗lgan funksiyalarni
bajaradi.
Boshqaruvning chiziqli-funksional tuzilishida boshqaruv hisobi va nazorati
vertikal xolatda tashkil etiladi va bunda bir pog‗ona yuqori boshqaruvchi past
pog‗onadagi boshqaruvchini faoliyatini nazorat qiladi. Boshqaruvni bunday tizimi
ko‗pgina korxonalarimizda mavjud. Mazkur tizim korxonani barcha jabhalarini
Risklarni boshqarish
O‗z o‗zini nazoratini ortishi
Korxonani reyting baholash
B
izne
sni bahola
sh
Xiz
mat
кў
рс
атиш
Boshqaruv hisobi
Globa
ll
ashuv
Yangi qonunchilik aktlari
R
aqoba
t kura
shi
216
markazlashgan xolda har tomonlama nazorat qilinishi bilan xarakterlidir. Uning
ijobiy tomoni boshqaruv faoliyati natijalarini taqqoslash mumkinligi, yo‗l
qo‗yilgan xatoliklarga jamoaviy javobgar bo‗lish va quyi pog‗ona raxbarlarni
yuqoridagi raxbarlarga hisobdor ekanligi hisoblanadi.
Bunday xolatda boshqaruv hisobi tizimida nafaqat menejerning o‗z
faoliyatini xarajatlari va natijalari haqida, balki unga bo‗ysinuvchi bo‗linma va
xizmatlar haqida ham tegishli ma'lumotlarni shakllantirishi lozim. Boshqaruvning
chiziqli-funksional tuzilishini kamchiligi muhim qarorlarni yuqori pog‗ona
raxbarlar bilan kelishish lozimligi, quyi pog‗ona menejerlarni tashabbuslarini
ayrim xollarda yuzaga chiqmasligi va ayrim xollarda ular tomonidan tegishli
ma'suliyatni o‗z zimmalariga olmasligidan iborat bo‗ladi.
Divizional boshqaruv sharoitida korxona bo‗linmasining (xarajat, foyda va
investisiya markazlari) menejeri o‗z divizionining joriy faoliyatini tushum,
xarajatlar va olingan foydasini miqdoriga qarab nazorat qiladi. Boshqaruvning
markaziy xizmatlari esa yakuniy yoki mazkur bo‗linmaga bog‗liq bo‗lmagan
foyda, investisiyani samaraligi va moliyalashtirishning boshqa maqsadli manbalari
ko‗rsatkichlarinigina nazorat qiladi. Markazlashtirilgan xolda korxonani yagona
soliq va hisob siyosatini amalga oshirilishi hamda moliyaviy quyilmalar va
korxonani kelgusida rivojlantirish bo‗yicha strategik qarorlarni bajarilishi ustidan
nazorat qilinadi.
Boshqaruv hisobi
divizional boshqaruvda
asosan firma
ichidagi
bo‗linmalarga va strategik menejment uchun maxsus ma'lumotlarni tayyorlashga
asosiy e'tiborini qaratadi. Boshqaruvning bunday shaklini asosiy avzalligi ko‗proq
erkinlikni mavjudligi va qabul qilinayotgan qarorlarga ma'suliyatni yuqoriligidadir.
Boshqaruvning matrichli shaklida funksional bo‗linmalar katta huquq va
majburiyatlarga ega bo‗lishadi. Ishlab chiqarish va sotish bo‗linmalari foyda
markazlari, funksional bo‗lim va oraliq ishlab chiqarish bo‗linmalari xarajat
markazlari, kapital quyilmalar loyixalari esa investisiya markazlari sifatida hisobga
olinadi. Tegishli bo‗linmalar menejerlari xarajatlar va bajarilayotgan ishni sifati,
mehnat, material va pul mablag‗larini samarali ishlatilishi ustidan nazorat olib
217
boradi va undan tashqari o‗z bo‗limlari va xizmatlarini saqlash xarajatlarini ham
nazoratga oladi.
Boshqaruv hisobi markazlashtirilgan shaklda va boshqaruv chiziqli–
funksional tarzda tashkil etilganda hisob ma'lumotlari shakllantirilib dastavval
kontrolling, ishlab chiqarish yoki boshqaruv buxgalteriyasiga beriladi. Mazkur
bo‗lim funksional tegishli bo‗limlarga bajarilayotgan ishni normal borishidan yoki
iqtisodiy kriteriyalar bo‗yicha ishlardan chetga chiqishlar bo‗yicha, ya'ni bir so‗z
bilan aytganda qilingan xarajatlar va olingan natijalar bo‗yichagina ma'lumotlarni
taqdim etadi, xolos. Ixtisoslashgan xizmat xodimlari boshqaruv hisobini
ma'lumotlarini tahlil qilish va uni natijasida tegishli tavsiyalar va qarorlar
loyihasini tayyorlash bilan shug‗ullanishadi.
Korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning muhim bosqichlaridan
biri hisobning yuritish variantini tanlash masalasidir.
Boshqaruv hisobini tashkil etishning variantini tanlash korxonani hajmi,
hisobni markazlashtirilganlik darajasi, korxonani tashkiliy va ishlab chiqarish
tuzilmasi va boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi. Hozirgi kunda boshqaruv hisobini
yuritishning bir nechta variantlari mavjud.
Boshqaruv va moliyaviy hisoblarni o‗rtasida maqsad va metodlari borasida
farqlarni mavjudligi ular o‗rtasida axborot almashinuvi bo‗yicha o‗zaro
hamkorlikni yo‗lga qo‗yilishi zaruriyati bo‗lishini inkor qilmaydi. Jumladan,
amaldagi schetlar rejasi mazkur hamkorlikni taqozo qiladi. Amaldagi schetlar
rejasi yagona buxgalteriya hisobi (moliyaviy va boshqaruv) tizimidagi ishlab
chiqarish xarajatlari hisobini imkoniyatidan yoki aloxida buxgalteriya hisobini
maxsus schetlarini qo‗llagan xolda yuritish imkonini beradi. Shunday qilib, hisobni
yuri-tishni bir aylanali (monistik, integrallashgan) va ikki aylanali (avtonom
varianti) tizimi mavjud bo‗ladi.
Boshqaruv hisobi tizimini shakllantirishning variantlari turlicha: avtonom
hisob, integrallashgan, dualizm yoki monizm variantlari bo‗lishi mumkin.
Boshqaruv hisobini qanday varianti joriy etilishidan qat'iy nazar quyidagi
tamoyillarga asoslanishi shart:
218
1. Boshqaruvni tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilmasini shakllantirishni
umumiy tamoyillariga mos kelishi.
2. Mavjud axborot bazasidan foydalanish.
3. Boshqaruv hisobini maqsad va vazifalarini korxona faoliyati
strategiyasiga mos kelishi.
4. Boshqaruv hisobini yuritishdan keladigan daromadni uni tashkil qilish
xarajatlaridan yuqori bo‗lishi.
Taniqli olimlar V. B. Ivashkevich , Ye. A. Mizikovskiy, S. A. Nikolaeva,
V. F. Paliy va boshqalar tomonidan boshqaruv hisobini tashkil qilish va moliyaviy
hisob bilan o‗zaro aloqasini variantlari chuqur tadqiq etilgan.
Buxgalteriya hisobini yuritishni integrallashgan varianti. Schetlarning
yagona tizimi buxgalteriya hisobimiz uchun an'anaviy variant hisoblanadi. U
hammamiz uchun yaxshi tanish va amaliyotda keng qo‗llaniladi. Mazkur variantda
schetlarning yagona tizimi va buxgalteriya yozuvlari ishlatiladi, boshqaruv
hisobining maxsus schetlari qo‗llanilmaydi. Boshqaruv maqsadlari uchun
moliyaviy hisobning ma'lumotlarini maxsus jamg‗aruvchi registrlarda guruxlaydi
va o‗zini ma'lumotlari hamda hisob kitoblarini natijalari bilan to‗ldiradi. Tijorat
sirini muxofaza qilish maqsadida buxgalteriya hisobining schetlarida faqatgina
sal'do qayd etiladi, xo‗jalik jarayonlarini oborotlari esa boshqaruv hisobini
schetlarida aks ettiriladi.
Hisob texnologiyasining bunday variantida ishlab chiqarish xarajatlarini aks
ettiruvchi boshqaruv va buxgalteriya hisobining schetlari buxgalteriya hisobida
kal'kulyasiyalash schetlarini aloxida ajrat-masdan yuritiladi. Bu bilan boshqaruv
buxgalteriyasining xarajatlar va daromadlar schetlarini buxgalteriya hisobining
nazorat schetlari bilan to‗g‗ri korrespondensiyasi ta'minlanadi.
Integrallashgan tizimni keyingi bosqichida takomillashtirilishi xarajatni har
bir elementi uchun boshqaruv hisobini maxsus schetlarini ajratish bilan bog‗liqdir.
Hisobni integrallashgan tizimida buxgalteriya va boshqaruv hisobini o‗zaro
hamkorligi masalasi tegishli tartibda hal etiladi. Ichki buxgalteriya hisobi
219
tasdiqlangan tegishli siyosatga asoslangan xolda muqobil boshqaruv qarorlarini
shakllantiruvchi asosiy axborot bazasiga aylantiriladi.
Mazkur tavsiya etilayotgan hisobni integrallashgan tizimi qo‗shimcha
mablag‗ talab qilmaydi, chunki, korxonalardagi amalda faoliyat ko‗rsatayotgan
buxgalteriya xizmati moliyaviy xisobotni tuzishdan iborat bo‗lgan an'anaviy
vazifasidan tashqari buxgalteriya ma'lumotlarini ichki ishlab chiqarish maqsadlari
uchun keraklik darajasini yanada oshiradi. Hisobni integrallashgan tizimi
boshqaruv hisobini kichik biznes korxonalarida joriy etishda juda qulay
hisoblanadi. Takomillashgan integrallashgan tizim hisobni dinamikligini ta'minlay-
di va ishlab chiqarishning sharoitiga moslashtiradi.
Avtonom tizim detallashtirilgan va aloxida yuritiladigan boshqaruv hisobini
joriy etish zarur bo‗lgan yirik va o‗rta korxonalarda keng qo‗llaniladi. Avtonom
tizim varianti qo‗llanilganda moliyaviy va boshqaruv hisoblarini har biri ―berk‖
bo‗ladi. Schetlar rejasida mazkur variantni qo‗llashda ikkita schetlar tizimini
ishlatish belgilangan. Avtonom yoki ikki aylanma tizimda hisobni har bir turi
o‗zini mustaqil schetlar tizimiga ega bo‗ladi yoki umumiy schetlar rejasida
boshqaruv hisobi uchun aloxida schetlar ajratilib, qolgan schetlardan moliyaviy
hisobda foydalaniladi. Bu tizimda moliyaviy va boshqaruv hisobi bir biridan
aloxida mustaqil ravishda yuritilishi va turli natijaviy ma'lu-motlarga ega bo‗lishi
mumkin. Chunki, moliyaviy va boshqaruv hisoblarini maqsad va vazifalari
turlichadir. Moliyaviy buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlar bo‗yicha,
boshqaruv buxgalteriyasida esa kal'kulyasiya moddalari bo‗yicha guruxlanadi.
Moliyaviy va ishlab chiqarish buxgalteriyalari o‗rtasidagi aloqani aks ettiruvchi
schetlar yoki schet-ekranlar yordamida tashkil etish tavsiya qilinadi.
Aks ettiruvchi schetlar boshqaruv hisobi uchun muhim bo‗lgan
ma'lumotlarni moliyaviy buxgalteriyadan boshqaruv buxgalteriyasiga o‗tkazish va
teskarisini bajarishga mo‗ljallangan. Sotish xarajatlarini hisobga olish uchun
schetlarni bo‗sh kodlari (schet-ekranlari) ajratilgan. Moliyaviy buxgalteriya
faqatgina xarajatlarni sintetik hisobi bilan shug‗ullanadi. Shuning uchun sotish
xarajatlarining umumiy qiymati haqida ma'lumotlarga ega bo‗ladi, xolos va ularni
220
xosil bo‗lish joylarini e'tiborga olmaydi. Boshqaruv buxgalteriyasi moliyaviy
hisobda aks ettiriladigan mazkur ma'lumotlarni boshqaruv hisobining talabiga
muvofiq sotish xarajatlari va daromadlari schetlarida detallashtiradi.
Natijada xarajatlar to‗g‗risidagi umumlashtirilgan va detallashtirilgan
ma'lumotlar kal'kulyasiya kesimida, tarkibiy birliklar bo‗yicha va boshqa
parametrlar bo‗yicha olinadi. Tovarlarni turlari bo‗yicha sotish xarajatlari schetida
xarajatlar moddalar va tashuvchilar kesimida normativ xarajatlar va normadan
chetga chiqishlar ajratilgan xolda detallashtiriladi va guruxlanadi. Huddi shunday
guruxlashni javobgarlik markazlari bo‗yicha ham amalga oshirish mumkin.
Korxonaning doimiy xarajatlari marjinal foydani qaysi hisobot davrida xosil
bo‗lganligiga qarab o‗sha davrdagisini kamaytiradi. Ko‗pincha ular hosil bo‗lish
joylariga qarab taqsimlanadi. Daromad va xarajatlarni qayta taqsimlash schetlarida
xarajatlarni xammasini yoki bir qismini boshqaruv hisobidan moliyaviy
buxgalteriyaga o‗tkazish va teskarisi haqidagi ma'lumotlar hisobga olinadi.
Mazkur schetlarda analitik hisob hisobot yili boshidan o‗sib boruvchi xolda
yuritiladi va hisobot davri tugagandan so‗ng schetlar yopiladi. O‗tkazuvchi
schetlarni ishlatilishi boshqaruv hisobi ma'lumotlari asosida moliyaviy
buxgalteriya schetlarini yopmasdan yil bo‗yicha moliyaviy natijalarni aniqlash
imkonini beradi. Bu bilan samarali biznes-rejalashtirishga sharoit yaratiladi.
Avtonom tizim moliyaviy va boshqaruv hisobini aks ettiruvchi schetlarni
ishlatgan xolda bir biridan ajralgan xolda faoliyat ko‗rsatishi mumkin. Aks
ettiruvchi schetlar hisob ma'lumotlarini son jihatdan solishtirib tekshirish
imkoniyatini beradi. Odatda, moliyaviy buxgalteriya xarajatlar hisobini korxona
miqyosida xarajatlarni elementlari kesimida yuritadi. Moliyaviy natijalar sotishdan
tushgan umumiy tushum (QQSsiz)ni sotishni umumiy xarajatlari (tovar-moddiy
qiymat-liklarning qoldig‗ini hisobga olgan xolda) bilan taqqoslagan xolda
aniqlanadi. Boshqaruv hisobi mazkur ma'lumotlarni yakuniy ma'lumot sifatida
ishlatadi, yaqqol aks ettirish esa xarajatlarni yakuniy moddalarini moliyaviy
hisobni tegishli chiqish ma'lumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Mazkur aks ettirishni boshqa variantlari ham mavjud.
221
Avtonom tizimni yuqorida ta'kidlangan varianti korxonalarni boshqarish va
xarajatlarni analitik markazlar bo‗yicha aks ettirishda juda qulay hisoblanadi.
Korxonalarni xudud jihatdan ajratilgan filiallarini boshqarishda ayniqsa yaxshi
samara beradi. Bunda moliyaviy hisobda korxonani boshqarishni yaxlitligi
saqlangan xolda har bir bo‗linma bo‗yicha individual hisob yuritilishi ta'minlanadi
va bu narsa ularni ma'suliyatini oshiradi.
Variantlardan qaysi birini tanlash masalasini korxonani o‗zi hal qiladi.
Bunda albatta korxonani hajmi va boshqaruv ma'lumotlariga bo‗lgan ehtiyoji
e'tiborga olinishi lozim.
Boshqaruv hisobi schetlarini aloxida ajratilishi boshqaruvning turli
bo‗g‗inlarini axborot ta'minotini yaxshilash bilan birga ishlab chiqarish xarajatlari
miqdori va aloxida olingan mahsulot turlarini rentabelligi haqidagi tijorat sirini
saqlashga imkon beradi.
Boshqaruv hisobi tizimini joriy etishda eng asosiysi uni iqtisodiy samarasi
hisoblanadi. Bu samarani korxonalar mazkur hisob tizimini joriy etib qabul
qilinayotgan qarorlarni sifatini oshirish va ularni qo‗llanilishini optimallashtirish
orqali qo‗lga kiritishadi. Agar korxona boshqaruv hisobini joriy etishga qaror
qilgan bo‗lsa, u xolda bosqichma bosqich joriy etish vazifasini moliyaviy direktor,
moliyaviy-iqtisodiy xizmatga yoki konsalting kompaniyasini zimmasiga yuklagani
maqul. Mazkur hisobni joriy etish tartibi ko‗p mehnatni talab qiluvchi va uzoq
davom etadigan jarayon hisoblanadi, unga korxonani barcha bo‗linmalari jalb
qilinishi zarur.
Boshqaruv hisobi tizimi ma'lum bir talablarga, ya'ni korxona faoliyatini
uzluksizligi, rejalashtirish va hisobda yagona o‗lchov birligini qo‗llanilishi,
korxona bo‗linmalari faoliyati natijalarini baholash, boshqaruv maqsadlari uchun
boshlang‗ich va oraliq ma'lumotlarni ishlatilishi, ichki hisobot ko‗rsatkichlarini
boshqaruv qarorlarini qabul qilishning asosi sifatida shakllantirilishi kabi
talablarga javob berishi kerak.
Korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil qilishning 4 ta varianti mavjud.
Birinchi variantda boshqaruv hisobi moliyaviy hisobdan maxsus aks ettiruvchi
222
schetlar orqali ajratilib yuritiladi. Mazkur variant Fransiya, Belgiya va ba'zi bir
Lotin amerikasi hamda Afrika davlatlarida qo‗llaniladi. Xarajatlar va natijalarni
hisobga olish uchun sintetik schetlar, subschetlar va analitik schetlardan
foydalaniladi. Bu variantni bittasida boshqaruv xisobini moliyaviy hisob bilan
bog‗lovchi maxsus schet boshqaruv buxgalteriyasida, ikkinchisida moliyaviy
buxgalteriyada yuritiladi.
Ikkinchi variantda boshqaruv hisobi moliyaviy hisobga nisbatan avtonom
hisoblanadi va unda uchta klassdagi schetlar qo‗llaniladi. Boshqaruv hisobining
schetlari moliyaviy hisobning schetlari bilan parallel ravishda yuritiladi, ular
o‗rtasidagi aloqa taqsimlovchi schetlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi
variant AQSh, Kanada, Germaniyada keng tarqalgan va ko‗p jihatdan birinchi
variantga o‗xshashdir. Bu variantda xarajatlarni elementlar kesimidagi hisobi
moliyaviy buxgalteriyada yuritiladi, kal'kulyasiya moddalari bo‗yicha esa
boshqaruv buxgalteriyasida yuritiladi.
Uchinchi variantda boshqaruv hisobi yuritilmaydi, xarajatlar hisobi
tashuvchilari bo‗yicha tezkor ravishda, ya'ni buxgalteriya hisobi tizimidan
tashqarida amalga oshiriladi. Mazkur variantda boshqaruv hisobini yuritilishi
tezkor ravishda, ya'ni buxgalteriya hisobi tizimi-dan tashqarida tezkor-texnika
hisobi yordamida amalga oshiriladi. Bu variantda xarajatlarni sintetik hisobi
yagona moliyaviy va boshqaruv buxgalteriyada xarajatlarni iqtisodiy elementlari
kesimida yuritiladigan hisobni asosida umumlashtirilgan moddalar bo‗yicha
yuritiladi. Bu variant asosan Germaniya, Vengriya va Bel'giyada qo‗llanildi, biroq
o‗zini oqlamadi.
To‗rtinchi variantda boshqaruv hisobi yuritilmaydi, ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobi moliyaviy hisobda amalga oshiriladi. Bu variant o‗ta murakkab
bo‗lgan ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kal'kulyasiyalash
tizimini umumiy buxgalteriyada to‗liq integratsiyalashga asoslangan. Mazkur
variant sanoat hisobini shakllanishi bosqichida yuzaga kelgan va analitik
boshqaruv hisobi paydo bo‗lishi bilan unga ehtiyoj qolmadi.
223
Shuni ham ta'kidlash joizki, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot
tannarxini kal'kulyasiyalashni mazkur varianti mamlakatimizda takomillashtirilgan
xolda qo‗llaniladi.
O‗rtacha korxonalarda boshqaruv hisobini tarkibiga quyidagi guruxlarni
(bo‗limlar, byuro, sektorlar): rejalashtirish, material, mehnat va ish haqi hisobi,
ishlab chiqarish-kal'kulyasiyalash, mahsulotni sotish hisobi va analitik bo‗limlarni
qo‗shish mumkin.
Yirik va o‗rtacha korxonalarda boshqaruv hisobi xizmatini tarkibiy
tuzilishini umumiy chizmasi 26-chizmada
ko‗rsatilgan.
Guruxlar(sektorlar, bo‗limlar)
Dostları ilə paylaş: |