Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/110
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169354
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè èøëî âà ñóâ õ¢æàëèãè âàçèðëèãè

 
 
 
 
 
 
 
 
24 - chizma.
 
Boshqaruv hisobi tizimiga tashqi muhit ta'sirini tadqiqi 
bosqichlari 
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, qonunchilikdagi o‗zgarishlar ham korxona 
raxbarlarini oldiga yangi vazifalarni qo‗yadi. Qonunchilikdagi yangi o‗zgarishlar 
Bozorni hozirgi xolati 
Boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilish
Boshqaruv hisobi mutaxassisini vazifalari 
Boshqaruv hisobi tizimi vositalarini tahlili


214 
boshqaruv hisobi tizimida aks ettiriladigan risklarni boshqarish va korxonalarni 
reyting baxolash kabi jabhalarga e'tiborni qaratishni talab etadi.
Ba'zi bir sanoat korxonalarini o‗z faoliyat yo‗nalishlarini o‗zgartirib xizmat 
ko‗rsatish yoki ilm bilan shug‗ullanish soxasiga o‗tishi nati-jasida korxonalarning 
qiymatini mulk sifatidagi ahamiyati yanada ortdi. Hozirgi kunda korxonalar 
qiymatini o‗sish jarayoni ilmga, ishbi-larmon hamkorlar bilan samarali 
munosabatlarga, korxona va uning markasi hamda mahsulotini taniqlilik 
darajasiga, eng avvalo innovasiya kuchi va yangi texnologiyalarga asoslanadi. 
Ta'kidlab o‗tilgan bozor sharoitidagi o‗zgarishlar boshqaruv hisobini tashkil etish, 
mutaxassisini vazifalari va uni yuritish vositalari soxasida ham tegishli o‗zgarishlar 
qilishni talab etmoqda (25-chizma). 
Xorijiy va maxalliy tajribalarni tahlil qilib zamonaviy biznes hisobining 
axborot tizimini muhim qismi bo‗lgan boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilishning 
quyidagi 3 ta asosiy maqsadlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 
• rejalashtirish, nazorat, baholash va korxonani uzluksiz rivojlantirish uchun 
boshqaruv ma'lumotlarini yetkazib beradigan kontrolling konsepsiyasini joriy 
qilish; 
• moliya-iqtisod hisob-kitoblarini bajarish va samarali asoslangan boshqaruv 
qarorlari bazasini shakllantirish
• moliyaviy menejmentni xarajatlarni boshqarish orqali korxona foydasini 
boshqarish tizimi sifatida ma'lumotlarga bo‗lgan ehtiyojni qondirish maqsadida 
mahsulot, xizmat va xarajatlarning boshqa ob'ektlarini kal'kulyasiyalash. 
Har bir korxona yuqorida sanab o‗tilgan maqsadlardan kelib chiqib o‗zi 
uchun muhim bo‗lgan yo‗nalishlarni tanlashi va uni asosida boshqaruv hisobi 
tizimini modelini ishlab chiqishi mumkin.
Boshqaruv hisobi tizimi hal qilishi lozim bo‗lgan vazifalardan eng muhimi 
korxona menejmentiga o‗z biznesini boshqarishda yaqindan yordam berishdir. 
Boshqaruv ma'lumotlari oddiy ma'lumotlardan farqli o‗laroq hech qachon ortiqcha 
hisoblanmaydi, u o‗ta foydali va mazkur ma'lumotlarni qiymatini anglaydigan 


215 
istemolchiga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Samarali tashkil etilgan boshqaruv hisobi 
tizimi oddiy ma'lumotlarni boshqaruv ma'lumotlariga aylantirib beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin