Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/110
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169354
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè èøëî âà ñóâ õ¢æàëèãè âàçèðëèãè

 
 
 
26-chizma.
 
Boshqaruv hisobini tarkibiy tuzilishi 
Rejalashtirish guruxi korxonaning asosiy faoliyatini qamrab oladigan bosh 
byudjet, tarkibiy bo‗linmalarni byudjetlari va boshqa xususiy byudjetlar (sotish, 
xarid, ishlab chiqarish va hokazo byudjetlar), foyda va zararlar prognozi shaklida 
taqdim etiladigan va daromad va xarajatlar moddalarini xususiy byudjetlar orqali 
detallashtiradigan operasion byudjet, rejalashtirilayotgan davrga korxonani pul 
oqimlarini prognozlashtiradigan moliyaviy byudjet, aloxida bir faoliyat yoki dastur 
(ijtimoiy soxani rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlari va h.z.) uchun tuziladigan 
maxsus byudjetlarni tuzadi.
Raxbar 
Raxbar muovini 
Rejalashti-
rish guruxi 
Mehnat va ish xaqi 
hisobi guruxi 
Mahsulotni 
sotish 
hisobi 
guruxi 
Analitik 
gurux 
Material guruxi 
Ishlab 
chiqarish–
kal'kulyasiyalash guruxi
 


224 
Material gurux: 
• material resurslarini yetkazib beruvchilarni tanlash, materiallarni kelib 
tushishi, saqlanishi va foydalanilishi ustidan nazorat qiladi; 
• ishlab chiqarish faoliyatini olib borish uchun ketadigan xomashyo va 
materiallarni sarflanish normasi, xomashyo va materiallarni ombordagi normasini 
ishlab chiqadi; 
• barcha turdagi xomashyo va materiallarning kelib tushishi, miqdori va 
ombordan berilishini hisobga olish uchun kerakli hisob registrlari va boshlang‗ich 
xujjatlarning shaklini tanlash va ishlab chiqishda qatnashadi; 
• xomashyo va materiallarni sarflanishi haqidagi hisobot shakllarini ishlab 
chiqadi; 
• xomashyo va materiallarni kirim qilinishi va sarflanishi uchun baho 
belgilaydi. 
Mehnat va ish xaqi hisobi guruxi mehnatni normalashtiradi, mehnat haqi 
uchun rassenkalarni aniqlaydi, hisobning belgilangan ob'ekti bo‗yicha mehnat 
xarajatlari hisobini yuritadi, ish haqi fondini sarflanishini nazorat qiladi, mehnat 
va ish haqi bo‗yicha kerakli boshlang‗ich xujjatlar, hisob registrlari va 
hisobotlarning shaklini tanlash va ishlab chiqishda qatnashadi. 
Ishlab 
chiqarish-kal'kulyasiyalash 
guruxi 
xarajat 
va 
javobgarlik 
markazlarining ro‗yxatini aniqlaydi, har bir xarajat markazi bo‗yicha xarajat 
moddalarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va xarajatlar bo‗yicha hisob 
registrlari va hisobotlar shakllarini ishlab chiqadi, xarajat markazlari va korxona 
miqyosida mahsulot tannarxini kal'kulyasiyalashni o‗tkazadi, ishlab chiqarish 
mablag‗laridan samarali foydalanish ustidan nazorat qiladi.
Mahsulot sotish hisobi guruxi mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobini 
tartibi va xaridorlarning tarkibini belgilaydi, mahsulotni sotish bo‗yicha haqiqiy 
xarajatlar va sotilgan mahsulotni turlari, sotish zonalari va hokazolar bo‗yicha 
tannarxini hisoblaydi, mahsulotni sotish bo‗yicha hisobot shakllarini ishlab 
chiqadi, aloxida maxsulot turlari, tarkibiy bo‗linmalar va korxona miqyosida 
sotishni rentabelligi va foydani aniqlaydi.


225 
Analitik gurux har bir xarajat markazi, tarkibiy bo‗linmalar va korxona 
miqyosida faoliyat samaradorligini tahlil qiladi, korxona va uning barcha 
bo‗linmalari bo‗yicha mablag‗larni barcha turlaridan samarali foydalanishning 
qo‗shimcha imkoniyatlarini aniqlaydi, korxonaning byudjetini rejalashtirish guruxi 
bilan birgalikda ishlab chiqadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin