28-chizma.
Boshqaruv hisobini joriy etish bosqichlari
Buxgalteriya hisobini analitikasini joriy etish jarayonida quyidagi tadbirlar
(rejalashtirishni ehtiyojiga moslashtirish) amalga oshirilishi kerak:
− faoliyat turlari bo‗yicha aloxida (aloxida ajratilgan) hisobni joriy qilish;
− xarajat moddalarini tarmoqlar xususiyatlaridan kelib chiqib klassifikasiya-
lash;
− faoliyat turlari kesimida ustama xarajatlarni faoliyat va mahsulot turlari
bo‗yicha tanlangan bazaga mutanosib ravishda taqsimlash;
− spravochniklarning elementlarini tartibga solish;
− har bir faoliyatning mahsulotini kal'kulyasiyalashning hisob kitoblarini
avtomatlashtirish;
− iste'molchilar (ichki va tashqi) bilan hisob kitoblarni tashkil qilish.
Korxona missiyasini aniqlash
SWOT tahlilini o‗tkazish va strategiyani
ishlab
chiqish
Moliyaviy tarkibiy tuzilma haqidagi nizomni ishlab
chiqish
Byudjetlashtirish tizimini ishlab chiqish
Korxonani boshqarish uchun ko‗rsatkichlar tizimini
shakllantirish
Boshqaruv hisoboti tizimini ishlab chiqish
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini
kal'kulyasiyalash standartini ishlab chiqish
Moliyaviy va boshqaruv hisoblarini o‗zaro hamkorligi
mexanizmini shakllantirish
―Tijorat siri‖ haqidagi nizomni ishlab chiqish
Korporativ axborot avtomatlashtirilgan tizimni tanlash va
joriy qilish
Tahlil, nazorat va qarorlar qabul qilish tartibini ishlab
chiqish
233
Shunday qilib, buxgalteriyani boshqaruv hisobini ehtiyojiga yo‗naltirilishi
va ma'lumotlarni bir marta kiritilishi moliyaviy va boshqaruv hisobini o‗zaro
hamkorligini yo‗lga qo‗yishni samarali variantidir.
Zamonaviy texnika vositalari bir tizimni ichida turli hisoblarni (buxgalteriya,
soliq, boshqaruv) yuritish imkoniyatini beradi. Bunday sharoitda buxgalteriya
hisobining boshlang‗ich ma'lumotlarini boshqaruv hisobida qayta ishlash uchun
paralel bo‗lim tashkil qilmasdan, mavjud buxgalteriya shtatini ko‗paytirish
samarali hisoblanadi. Albatta, hisobning turlarining o‗zaro hamkorligini ta'minlash
bo‗yicha korxonani sharoitini bilmasdan turib aniq takliflar berib bo‗lmaydi.
Boshqaruvning tuzilishi qanchalik murakkab bo‗lsa, faoliyat ko‗rsatkichlari
tizimini to‗g‗ri tanlash va tizimni to‗g‗ri faoliyat ko‗rsatishi, ya'ni har bir
bo‗linmaning oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan xolda ko‗rsatkichlar va
ularning samaradorligini o‗z vaqtida aniqlash shunchalik muhim ahamiyat kasb
etadi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda boshqaruv hisobini joriy etish qoidalarini
o‗rnatish bo‗yicha ikkita: markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan yondashuv
bo‗lishi mumkin.
Birinchi yondashuvda hisobni yuritilishi korxonada tashkil qilingan aloxida
bo‗lim tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Bunda albatta korxona
raxbariyati boshqaruv hisobini joriy qilish va yuritishga ma'sul shaxs yoki shaxslar
guruxini ajratishi shart. Bunday ma'sul shaxslar korxonani ijrochi organiga
xisobdor hisoblanadi va mazkur jarayonga jalb qilingan mutaxassislardan tashkil
topadi. Ularni asosiy vazifasi korxona raxbariyati tomonidan boshqaruv hisobini
joriy qilish jarayonida belgilangan vazifalarni boshqa ishlarga vaqt sarflamasdan
bajarish hisoblanadi.
Ikkinchi yondashuvning mazmuni boshqaruv hisobi funksiyasini yuritish va
korxona raxbariyatini tegishli boshqaruv hisoboti bilan ta'minlashdan iboratdir.
Ushbu vazifa biron bir tarkibiy bo‗linmada: reja-iqtisod, moliya bo‗limi,
buxgalteriya, strategik rejalashtirish bo‗limi, funksional tarkibiy bo‗linmalarda
ishlovchi iqtisodchilarga yuklatilishi mumkin.
234
Yuqorida ta'kidlangan vazifalar boshqaruv hisobini ma'lum bir uyg‗unlikda
tashkil etilishi va yuritilishi hisobiga bajarilishi mumkin. Mazkur uyg‗unlik
boshqaruv hisobi tizimini shakllantirish, ishlab chiqish, joriy etish va undan
foydalanishning quyidagi prinsiplaridan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi:
1. Korxona faoliyatini o‗zaro bog‗langan va uzluksiz biznes-jarayonlar–
jarayonlar, xarakatlar guruxi majmuasi sifatida strukturizasiyalash. Mazkur
jarayonlar ma'lum bir yakuniy natijani qo‗lga kiritishga yo‗naltiriladi, korxonani
faoliyat ko‗rsatishi va o‗zini asosiy moliya-xo‗jalik faoliyatini bajarishi uchun
muhim hisoblanadi.
2. Boshqaruv hisobi tizimida moliyaviy-xo‗jalik faoliyatni korxona
miqyosida, biznes jarayonlar, javobgarlik markazlari-tarkibiy bo‗linmalar,
xodimlar, loyixalar va hokazolar kesimida prognozlashtiriladigan, rejalashtiriladi-
gan va haqiqiy natijalarni doimiy baholash imkoniyati.
3. Hisobni reglamentga solishni majburiyligi-biznes jarayonlarning
natijalarini ichki va tashqi standartlar (reglamentlar), ya'ni jarayonlarni tartibi,
bajarish muddati, natijalari va bajarilishi sifatini belgilab beruvchi xalqaro, milliy,
tarmoq yoki korporativ darajasidagi me'yoriy xujjatlar asosida reglamentga
(tartibga) solish.
4. Boshqaruv hisobida ishlatiladigan natijalar va ularni xarakterlovchi
baholash ko‗rsatkichlarini analitikligi va kompleksligi. Mazkur ko‗rsatkichlar
belgilangan rivojlanish strategiyasi, maqsad va vazifalarga, qabul qilinayotgan va
bajarilayotgan boshqaruv qarorlariga nisbatan balanslashtirilgan xolga keltirishni
ta'minlaydi.
Boshqaruv hisobi tizimini joriy etish va yuritishdagi yuqorida
ta'kidlaganimizdek yagona metodologik yondashuvlar va yetarli amaliyotni
bo‗lmaganligi sababli ba'zi bir muammolar yuzaga kelmoqda. Ularni hal etish
uchun boshqaruv hisobi tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish bo‗yicha
quyidagi yondashuvlarga amal qilish zarur:
1) korxonada boshqaruv hisobi tizimini ishlab chiqish, joriy etish va
yuritishni aniq ifodalangan bo‗lajak strategiyasi va maqsadini mavjudligi;
235
2) boshqaruv hisobi tizimi metodologiyasi-reglamentlar, javobgarlik
markazlari va kompaniya raxbariyatini natijalari va ko‗rsatkichlarini ishlab
chiqishda bevosita qatnashish;
3) boshqaruv hisobi tizimida prognozlashtirish, rejalashtirish, hisob va tahlil
jarayonlarini avtomatlashtirish. Bu xolat ma'lumotlarni korxonaning boshqa
axborot bazasi bilan tegishli darajada integratsiyalashuviga imkon beradi va
ma'lumotlarni to‗plash hamda qayta ishlash xarajatlarini kamaytiradi.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, boshqaruv hisobi tizimini shakllantirish
yuqorida ta'kidlangan tamoyil va yondashuvlar asosida amalga oshirilganda
hisobni axborot ta'minoti buxgalteriya, moliyaviy hisob bilan hech qanday aloqa
qilmasligi va moliyaviy ma'lumotlarga tayanmasligi mumkin. Bunga kerakli
ma'lumot va ko‗rsatkichlarni tegishli javobgarlik markazlarida shakllantirish va
ularni umumlashtiradigan, tartibga soladigan va ular asosida boshqaruv hisobotini
tuzadigan bo‗limga uzatish orqali erishish mumkin bo‗ladi. Ikkinchi tomondan
buxgalteriya va boshqaruv hisobining o‗zaro aloqasini metodologik va tashkiliy
darajada tartibga solish va avtomatlashtirish oz miqdordagi moliya, vaqt, kadr va
material xarajatlari evaziga buxgalteriya hisobi va boshqaruv hisoboti
ma'lumotlarini taqqoslash imkoniyatini beradi. Va albatta boshqaruv hisobini
ishlab chiqish va joriy qilish loyixasida qatnashuvchi raxbarlar tomonidan uni
shakli bo‗yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. Bu qaror boshqaruv ma'lumotlariga
bo‗lgan ehtiyoj, mavjud imkoniyatlar va mazkur axborot ta'minotini shakllantirish
va joriy qilishga jalb qilinishi mumkin bo‗lgan mablag‗larni taqqoslash orqali
qabul qilinadi.
Boshqaruv hisobi tizimida rejalashtirish deganda tegishli maqsadlarni
aniqlash, siyosat, taktika, strategiyani tanlash, baholash va ularga erishish borasida
tegishli xarakatlarni amalga oshirish jarayoni tushu-niladi. O‗z ichiga strategik,
taktik va joriy jabhalarni oluvchi rejalashtirishni amalga oshirish yuz bergan, sodir
bo‗layotgan va kelajakda yuz berishi mumkin bo‗lgan jarayonlar haqida
ma'lumotlar taqdim etishni taqozo qiladi. Rejalashtirish jarayoni odatda,
modellashtirishning modellarini ishlatishni, ya'ni bir necha muqobil variantlarni
236
ichidan samaralisini tanlashni nazarda tutadi. Bu narsa kutilayotgan kon'yunktura
va iqtisodiy xolatni o‗zgarishi haqidagi ma'lumotlarni olish bilan bog‗liqdir.
Kompaniya rahbariyati faoliyat ko‗rsatkichlarini erishilishi mumkin bo‗lgan o‗sish
sur'atlari, bozordagi ulushini saqlab qolish qobiliyati va turli, jumladan
o‗zgaruvchan iqtisodiy sharoitning har bir varianti uchun pul mablag‗lari oqimini
baholashi zarur.
Dostları ilə paylaş: |