229
- korxona, uning bo‗linmalari va ma'suliyat markazlari faoliyatini baholash;
- moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan
samarali foydalanilishini
ta'minlashni nazorat qilish.
Korxonalarda byudjet hisobi tizimini keng qo‗llanilishi integrallashgan yoki
aloxida byudjet hisobini shakllantirishni taqozo qilmoqda.
Aloxida bir xo‗jalik yurituvchi sub'ekt misolida olib qaraydigan bo‗lsak,
byudjet haqiqiy ma'lumotlarni reja ma'lumotlari (boshqacha qilib aytganda prognoz
yoki normativ ko‗rsatkichlar) bilan taqqoslash imkonini beradigan hisob metodidir.
Byudjetlashtirish tor ma'noda olib qaralganda moliyaviy hisobotlarni qisqa
muddatli loyihalashtirish metodidir. Bunda har bir moddani bajarish uchun ma'sul
tayinlanadi.
Ba'zi bir xollarda byudjet hisobi ichki hisobni mustaqil bir bo‗limi sifatida
ajratiladi va quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1.
Korxonalarda faoliyat yuritayotgan reja-iqtisod bo‗limlari doirasida
byudjetlar tizimini shakllantirish.
2.
Korxonadagi rejalashtirish tizimi doirasida hisob ma'lumotlarini
to‗plash.
Byudjet hisobi hozirgi kunda quyidagi 2 ta yo‗nalish bo‗yicha rivoj-
lanmoqda:
1). Moliyaviy va boshqaruv hisobi tarkibida integrallashgan
smeta hisobi
(standartlar, normativlar).
2). Boshqaruv hisobi ma'lumotlari asosida tashkil qilinayotgan mustaqil
byudjet hisobi.
Byudjetlashtirish boshqaruv hisobidan olingan ma'lumotlarga tayanadi va
korxonada kelajakda qilinishi lozim bo‗lgan iqtisodiy xarakatlarni dastlabki
muvofiqlashtirishni o‗z ichiga oladi. U prognozlashtirilgan boshqaruv va nazoratni
vositasi bo‗lib hisoblanadi.
Byudjet hisobi quyidagi 2 ta yo‗nalish bo‗yicha samarali boshqaruv
nazoratini ta'minlaydi:
230
1. Ma'lum bir o‗rnatilgan javobgarlikni tegishli
sharoitga qarab qayd etish
maqsadida qabul qilingan qarorlarni nazorat qilish;
2. Iqtisodiy xolat aralashishni talab qilganda ishlab chiqarish jarayonini
borishiga tegishli tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradigan ishlab chiqarish
(paralel) nazorati.
Shunday qilib, byudjet hisobi 2 ta seriyadagi ma'lumotlar: prognoz va
haqiqiy ma'lumotlarni ifodalaydi. Ularni taqqoslash ko‗rsatkichlarni ijobiy va
salbiy nisbatini aniqlash imkoniyatini beradi.
Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, korxonalarda mazkur tizimlarni qo‗llashda
ular bir biri bilan bog‗liq bo‗lmagan 2 ta aloxida tizim sifatida qaralmoqda. Bu
quyidagilarni anglatadi: korxonalar dastavval o‗zidagi
mavjud kadrlar va
imkoniyatlardan foydalangan xolda reja-iqtisod bo‗limi yoki moliyaviy
bo‗linmalarni kuchi bilan byudjetlashtirish tizimini joriy etishadi. Bu bosqichda
odatda, ularni oldiga pul mablag‗lari kelib tushishi va sarflanishini tartibga solish
orqali pul mablag‗lari xarakatini optimallashtirish bilan bog‗liq vazifalar qo‗yi-
ladi. Buning uchun byudjetlar shakllantiriladi va bo‗linmalar miqyosida
javobgarlik markazlari tashkil etiladi. Xarajat markazlarini menejerlari o‗z
markaziga ajratilgan pul mablag‗lari limitidan oqilona foydalanish bo‗yicha ma'sul
hisoblanishadi. Bizningcha, byudjetlashtirishni joriy etishdan asosiy maqsad mulk
egalari manfaatlarini korxonani rivojlantirish manfaatlari bilan solishtirishdir.
Belgilangan vazifalarga qarab mulk egalarini kuchli
nazorati ostida korxonaning
byudjetlashtirish tizimi shakllantiriladi. Shuning uchun byudjetni ma'lum bir
ma'noda mulk egalarining korxonadagi moliyaviy oqimlar ustidan nazorat vositasi
deb hisoblash mumkin.
Byudjet hisobida boshqaruv maqsadlari uchun to‗planadigan hisob
ma'lumotlari ko‗pincha tegishli iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun yetarli
bo‗lmaydi. Asta sekin korxonalar katta bir muammoga, ya'ni korxonadagi mavjud
axborot ta'minoti tizimi samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun kerak
bo‗ladigan ma'lumotlarni to‗liq va tezkor yetkazib bermaslik muammosiga duch
kelishmoqda. Mazkur bosqichda korxonada boshqaruv
xisobi tizimini ishlab
231
chiqish va joriy etish boshlanadi. Mazkur jarayon boshqaruv hisobini tashkil qilish
bilan bog‗liq barcha masalalarda ishlatish mumkin bo‗lgan ma'lumotlarni qamrab
olish, qayta ishlash va umumlashtirishni o‗z ichiga oladi.
Ko‗pgina korxonalarda umumiy qilib olib qaraganda boshqaruv hisobi tizimi
deganda xorijiy davlatlardagi kontrolling tizimiga o‗xshash yaxlit bir ichki tarkibiy
tizim tushuniladi.
Boshqaruv hisobi tizimini joriy etish murakkab va uzoq davom etuvchi
jarayon hisoblanadi.
Ba'zi bir olimlar boshqaruv hisobini joriy etishga soddalashtirilgan xolda
yondashishni tavsiya qilishmoqda. Masalan, olima N.Chupaxina boshqaruv
hisobini 28-chizmada
keltirilgan tartibda joriy etishni tavsiya qilmoqda (7-
chizma).
Boshqaruv hisobini joriy etishda korxonani kuchli va kuchsiz tomonlarini
bilish zarur.
Moliyaviy va boshqaruv hisoblarini o‗zaro
hamkorligi mexanizmini
shakllantirish boshqaruv hisobini ehtiyojini hisobga olgan xolda buxgalteriya
hisobini analitikasini joriy etishni taqozo qiladi.
Mazkur bosqichlarda quyidagilar baholanadi:
− ustama xarajatlarning taqsimlanishini buxgalteriya va boshqaruv
hisoblarida mos kelishi;
− rejalashtirish uchun analitikani bo‗lishi va boshqalar.