VIII-Boshqaruv hisobini tashkil etish yo‟nalishlari
8.1. Boshqaruv hisobini joriy etish
Korxonalarda boshqaruv hisobini yaratish, joriy etish va tashkil etishga eng
avvalo korxona raxbarlari ma'sul bo‗lishi kerak. Ular albatta boshqaruv hisobini
joriy etishdan manfaatdor bo‗lishlari, uni afzalliklarini tushunib yetgan bo‗lishlari
va eng asosiysi mazkur jarayonni zarurligini his etishlari zarur.
Samarali boshqaruv hisobini tashkil etish uchun quyidagi ishlar amalga
oshirilishi kerak:
− tegishli amaliy malakaga ega bo‗lgan va moliyaviy tahlil, buxgalteriya
hisobi, soliq tizimi, moliyaviy hisobning xalqaro tamoyillari va axborot
texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo‗lgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb
etish;
− korxona raxbariyatini buxgalteriya hisobini joriy etish va yuritishdan
xabardor bo‗lib borishi;
− raxbariyat tomonidan turli bo‗linmalar tomonidan boshqaruv hisobi
bo‗limiga tegishli ma'lumotlarni taqdim etilishi jarayonidagi o‗zaro hamkorligini
ta'minlash;
− mutaxassislarni korxonaning faoliyati to‗g‗risida va boshqa shunga
o‗xshash kerakli ma'lumotlar, jumladan tijorat siriga kiruvchi ma'lumotlar
bilan to‗liq ta'minlash (to‗liqsiz ma'lumotlarga ega bo‗linganda boshqaruv
hisobi tegishli samara bermaydi);
− har bir korxonada boshqaruv hisobini o‗ziga hos ko‗rsatkichlari
(daromad markazlari, xarajat markazlari, beqarorlik va risk markazlari,
samarali strategik rivojlanish markazlari va h.z.), hisob siyosati, hisobot
shakllari, analitik ma'lumotlarni taqdim etish va ma'lumotlarni olish
tartiblarini qamrab oluvchi metodikani ishlab chiqish;
− maxsus ishlab chiqilgan yoki moslashtirilgan komp'yuter dasturlariga,
iqtisodiy-matematik metodlarni keng va samarali qo‗llaydigan rivojlangan axborot
204
texnologiyalariga ega bo‗lish, m'lumotlar bazasini jamoa tomonidan tarmoqli
rejimda foydalana olishiga imkoniyat yaratish.
Albatta, har bir korxonani xususiyatidan kelib chiqib, unda moliya-iqtisod
soxasiga ma'sul bo‗lgan ko‗pgina bo‗limlar(buxgalteriya bo‗limi, moliyaviy
direktor xizmati, moliyaviy tahlil guruxi, reja bo‗limi va h.z.) mavjudligini hisobga
olib boshqaruv hisobini joriy etish va yuritishda qo‗shimcha xarajatlar qilishni
maqsadga muvofiqligi masalasi ko‗rib chiqilishi lozim. Bu masala biznesning
ishlab chiqarish-xo‗jalik, iqtisodiy va moliyaviy tizimida muhim o‗rin egallovchi
boshqaruv hisobini o‗ziga xos xususiyatidan kelib chiqib hal etiladi.
Shunday qilib, samarali boshqaruv to‗liq, haqqoniy va tezkor ma'lumotlarga
asoslanadi. Mazkur ma'lumotlar nafaqat joriy xolatni baholash, balki bo‗lajak davr
va unda yuz berishi mumkin bo‗lgan xodisalar bo‗yicha prognoz qilish imkonini
ham beradi.
Shundan kelib chiqqan xolda boshqaruv hisobini tashkil qilish nafaqat
kerakli, puxta o‗ylangan va ilmiy asoslangan texnik jihozlar (komp'yuter
dasturlarini yaratish yoki o‗rnatish, boshqaruv hisobini parametrlarini aniqlash)ga
ega bo‗lish, balki undan ham muhimroq bo‗lgan haqqoniy va tezkor ma'lumotlarni
kerakli shaklda shakllantirish masalasini ham hal etishni talab etadi. Shu tufayli
korxona uchun juda samarali bo‗lgan metodika ham kerakli ma'lumotlar tezkor
ravishda va zaruriy shaklda olinmaganligi sababli ma'lum bir muammolarga
to‗qnash kelishi mumkin.
Boshqaruv hisobini joriy etish bilan bog‗liq muammolarni umumlashtirgan
xolda quyidagi tartibda bayon qilish mumkin:
1. Mutaxassislarini asosiy qismi tizimli analitik mutaxassis funksiyasini
bajaradigan va malakasi esa boshqaruv, buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil
sohasidagi bilimlarni ham egallashga yetadigan kadrlardan iborat boshqaruv hisobi
bo‗limini shakllantirishdagi muammolar.
2. Korxona raxbariyati va xodimlar o‗rtasida mazkur uchastkadagi
ishlarning mohiyatini aniq tushunmaslik masalasi (oqibatda raxbariyat bilan
205
mutaxassislar o‗rtasida, mutaxassislar bilan korxonani boshqa xodimlari o‗rtasida
yetarli darajada o‗zaro hamkorlik qilinmaydi).
3. Boshqa bo‗linmalarda ish sifatini past bo‗lishi: buxgalteriya hisobini ba'zi
bir masalalarini yuritilish sifatini pastligi, korxonani aniq bir tarkibiy tuzilishi
haqida to‗liq ma'lumotni, jumladan xarakatdagi xizmat nizomlarini bo‗lmasligi va
h.z.
4. Korxonalarda ma'lum bir g‗oya va kadrlar tayyorlash tizimini mavjud
bo‗lmasligi muammosi (bunday tizimni mavjud bo‗lishi jamoani ahil bo‗lib
ishlashi, boshqaruvchi, analitik va iqtisodchilarni o‗zaro yaqin hamkorlikda
faoliyat ko‗rsatishi va hisob hamda boshqaruvni yagona tizim bo‗lib ishlashini
ta'minlaydi).
5. Boshqaruv hisobi tizimini faoliyat ko‗rsatishidagi ob'ektiv qiyinchiliklar:
samarali axborot texnologiyalari va ma'lumotlar bazasini jamoa tomonidan
tarmoqli rejimda foydalana olish imkoniyatini beradigan komp'yuter tizimini joriy
etishda mablag‗larni iqtisod qilish bo‗yicha bo‗ladigan urinishlar va h.z.
Yuqorida sanab o‗tilgan muammolarni hal etish bo‗yicha javobgarlik
korxona raxbarini zimmasida bo‗ladi. U to‗laqonli boshqaruv hisobini yaratishdan
manfaatdor bo‗lishi va bu jarayonda yuzaga chiqadigan tashkiliy, psixologik va
texnik muammolarni hal etishda tashabbus ko‗rsatishi kerak.
Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, ba'zan yirik korxonalarni raxbarlari axborot
ta'minoti masalasini konsalting firmalarini jalb etish, murakkab va kompleks
axborot tizimlarini joriy etish orqali hal etishga xarakat qilishmoqda. Bu narsa
boshqaruv hisobini joriy etish jarayonini tezlashtirmoqda, bu tartibda mazkur
tizimni joriy etish katta mablag‗ sarflanishiga ham olib kelmoqda. Undan tashqari,
biznesni tarkibiy tuzilishini, shu jumladan xujjat aylanishini o‗zgartirish, yangi
xodimlarni ishga qabul qilish va ko‗p miqdorda axborot texnologiyalari vositalarini
xarid qilish talab qilinmoqda.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, oqibatda bunday tizim to‗liq ishlashi va
tegishli samara berishiga hech kim kafolat bera olmaydi.
206
Ko‗pgina xolarda korxona raxbari tomonidan buyruq asosida qaror qabul
qilishni murakkab axborot tizimi joriy qilinadi, buxgalteriya bo‗yicha oddiy
komp'yuter dasturlari esa oxirigacha to‗liq joriy etilmaydi. Shuning uchun
dastavval tashkiliy-texnik tadbirlarni bosqichli dasturini tuzish va uni asosida
boshqaruv hisobini joriy etishga ishlab chiqarish va xodimlarni tayyorlash kerak
bo‗ladi. Boshqaruv hisobini joriy etishni o‗z xizmat vazifasini komp'yuterni lokal
tarmog‗ida bajaradigan analitik va boshqaruv hisobi bo‗yicha mutaxassisni
avtomatlashtirilgan ish joyini yaratishdan boshlash kerak. Keyinchalik boshqaruv
hisobining funksiyasi va axborot bazasini kengayib borishi bilan boshqaruv hisobi
siyosati va boshqaruv hisoboti shakllarini haqiqiy iqtisodiy xolatni aks ettiradigan
va kelgusida ularni asosida kuchli ―industrial‖ axborot tizimini joriy etish mumkin
bo‗lgan tamoyillarini joriy etish mumkin bo‗ladi.
Boshqaruv hisobi boshqaruvning amaliy vazifasi ekanligini hisobga
oladigan bo‗lsak, uni tarkibiy tuzilishi, tarkibi va tashkil etilishi boshqaruvning
aniq bir vazifasiga moslashtirilishi kerak. Ba'zi xollarda boshqaruv hisobi tegishli
xususiyatlar hisobga olingan xolda belgilangan vazifalarni majmui sifatida tashkil
etiladi. Shu tufayli hisobni tashkil etishni ikkita shakli paydo bo‗ladi. Birinchi
variant boshqaruvni ehtiyojidan kelib chiqadi, ikkinchi shaklning tarkibi va
tarkibiy tuzilishi esa korxonani imkoniyatlari, malakali kadrlar va hokazolar
evaziga ma'lum bir darajada chegaralangan bo‗ladi. Shu bilan birga mazkur
cheklovlar, belgilangan maqsadlar, vazifalar va boshqaruv hisobini faoliyat
yuritish sharoitlari qanday bo‗lishiga qaramasdan boshqaruv hisobini mazmunini
belgilab beruvchi quyidagi elementlarni ajratib ko‗rsatish mumkin:
Material komponentlar: boshqaruv hisobini yurituvchi bo‗linma va
analitiklar xizmati, axborot texnologiyalari vositalari (asosiy ma'lumotlar bazasini
aloxida ajratilgan komp'yuterda yoki serverda yozib borish va undagi
ma'lumotlarni begona shaxslardan himoya qilish), dasturiy ta'minot.
Nomoddiy komponentlar: boshqaruv hisobini parametrlari (yo‗nalishlar,
daromad markazlari, xarajat markazlari); schetlar rejasi, pul mablag‗lari xarakatini
kodlashtirish uchun kodlar tizimi; xarajatlar haqidagi xisobot shakllari (xarajat
207
markazlari va turlari bo‗yicha guruxlangan xolda), foyda va xarajatlar haqidagi
hisobot, boshqaruv hisobi tizimi orqali olingan moliyaviy natijalarni moliyaviy
tahlilini hisoboti va boshqalar; hisob siyosati.
Tashkiliy-tartib komponentlari: qarorlar qabul qilishga kerak bo‗ladigan
hamda boshqaruv hisobi tizimini turli bo‗g‗inida tasdiqlangan ma'lumotlarni
to‗plash, o‗zaro bog‗lash, ularni saqlash jarayonida qaror qabul qiladigan xodimlar
va shaxslarni funksional vazifalarini tartibi va taqsimlanishini o‗zaro hamkorligi
tizimi.
Boshqaruv hisobini mazmuni va tarkibiy tuzilishi tizimning asosiy
nomoddiy komponenti hisoblanadi. Ular boshqaruv, buxgalteriya hisobi va
iqtisodiy tahlil bo‗yicha tegishli bilimlarga ega bo‗lgan va boshqaruv hisobi
tizimini joriy etgan mutaxassis–analitiklar (bundan buyon ularni qisqacha qilib
analitik deb ataymiz) tomonidan aniq-lanadi va ma'lumotlarni asosiy iste'molchisi
bo‗lgan korxona raxbariyati bilan kelishib tasdiqlanadi. Bu yerda shuni ham
ta'kidlab o‗tish joizki, parmetrlarni o‗zgarishi qo‗shimcha mehnat xarajatlarini
yuzaga kelishi yoki turli hisobot davrlarida olingan natijalarni taqqoslanmasligiga
olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona raxbari parametrlarni tasdiqlash
masalasiga juda ma'suliyat bilan yondashishi kerak.
Bir so‗z bilan aytganda boshqaruv hisobini parametrlariga yo‗nalishlar,
daromad markazlari va xarajat markazlari kiradi.
Yo‗nalish. Raxbar yoki menejerni ish faoliyatida funksional faoliyati
yo‗nalishini natijasi haqidagi ma'lumotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun muhim ma'lumot bo‗lib hisoblanadi.
Umumiy qilib olib qaraganda faoliyat yo‗nalishi korxona maqsadini aniqlashni
mahsuli bo‗lib hisoblanadi.
Maqsadni aniqlash faoliyatni asosiy ko‗rsatkichlari (masalan, foyda),
mahsulot va funksional faoliyat turlari, biznesni diversifikasiyalash va boshqa
asosiy ko‗rsatkichlarni (bozorlar, risklar va hokazo ko‗rsatkichlarni ham qo‗shgan
xolda) shakllantiradi. Bunday sharoitda analitik raxbariyat biznesni rivojlantirish
yo‗nalishi masalasini hal etish tamoyillarini aniqlab olishi lozim bo‗ladi. Analitikni
208
oldida ishlab chiqarish va boshqaruv tamoyillarini izohlab berish, boshqaruv
hisobini yuritish uchun kerakli yo‗nalishlarni aniqlash va raxbariyat uchun
ma'lumotlarni yetkazib berish tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar turadi.
Umumiy xollarda analitik biznesni biron bir yo‗nalishini aniqlashda
quyidagi tamoyillarga tayanishi lozim:
− mahsulot uchun bozor segmentini aloxida yo‗nalishi (xaridor/hamkorlar,
ijarachilar kesimida);
− tanlangan yo‗nalish menejmentini hajm - vaqt va funksional xususiyatlari,
xarajatni maqsadga muvofiqligi, vaqt va bozor dinamikasini baholash;
− mahsulotni yaratilishi yoki ishlab chiqarilishini manbasi va xarajatlar
tarkibini (masalan, ishlab chiqarishni to‗liq mulk egasi tomonidan tashkil etilishi,
butlovchi qismlarni ishlab chiqarish–import/mahalliy ishlab chiqaruvchilar,
xomashyo bilan ta'minlanganlik va uni transport orqali yetkazib berish, omborga
joylashtirish va hokazolardan iborat bo‗lgan tarkibiy tuzilishi) o‗ziga xos
xususiyati;
− bozor dominantlari, monopollikni mumkin bo‗lgan nisbati, sotishning
umumiy hajmida tanlangan biznes yo‗nalishining ulushini ahamiyati (korxona
rahbariyati mazkur yo‗nalishni o‗z biznesini tahlili uchun ahamiyatli deb qarashi
lozim);
− boshqa yo‗nalishlar.
Ba'zan yuqorida ta'kidlangan belgilardan faqat bittasi bo‗yicha mahsulotni
guruxlash qiyin bo‗ladi. Chunki, bir biznesda ba'zi bir yo‗na-lishlar o‗z
menejmenti va tovarlarni kelib chiqish manbasi bilan xarakterli bo‗lsa, boshqa biri
umumiy menejmentga, biroq o‗ziga xos bozor sektoriga ega bo‗lishi mumkin.
Bunday sharoitda analitik mahsulot va xizmatlarni guruxlashni yuqorida
ta'kidlangan belgilarini foydalilik darajasini o‗rganib chiqib, ularning ichidan eng
samaralisini tanlashi lozim. Bu ishda unga albatta korxona raxbariyati yaqindan
yordam berishi kerak.
Daromad markazlari. Daromad markazlari biznesni xalqaro amaliyotida
keng qo‗llaniladigann termin bo‗lib hisoblanadi. Menejmentni aloxida bir guruxini
209
daromad markazlari sifatida ajratilishi xodimlarni rag‗batlantirilishi va ularni
yakuniy natijadan manfaatdorligini o‗sishiga olib keladi. Terminni mazmunidan
ko‗rinib turibdiki, daromad markazlari bu faoliyat natijasi korxona uchun ishlab
topgan foyda miqdoriga qarab aniqlanishi mumkin bo‗lgan tarkibiy bo‗linmadir.
Boshqaruv hisobida daromad markazlari bo‗lib xoldingni aloxida bir yuridik shaxsi
yoki biznesni bir yoki bir necha yo‗nalishlari bo‗yicha mahsulot sotadigan tarkibiy
bo‗linmalari bo‗lishi mumkin. Daromad markazlari tushunchasiga biron bir
norasmiy gurux–masalan, menejerlar guruxi ham mos kelishi mumkin. Shunday
xollar ham bo‗lishi mumkinki, korxona yagona bir daromad markazi sifatida
faoliyat olib borayotganligi sababli aloxida daromad markazlari ajratilmasligi
mumkin. Yo‗nalishlar va daromad markazlariga bo‗linishda boshqaruv hisobi
(shu jumladan, hisob-kitob, haqiqatda o‗lchanadigan foyda, zararlar) blokli
matrisali tarkibiy tuzilishga ega bo‗ladi. Uni elementlari vaqtga, yo‗nalishga,
mahsulotni ishlab chiqariladigan va butlanadigan elementlari va boshqa ishlab
chiqarish, xarajatlar, mahsulotni sotishni xarakterlaydigan ob'ektlarga bog‗langan
bo‗ladi. Shunday qilib, hisobni ob'ektlari mahsulotni yaratilish vaqti va miqdori,
qiymat xarakteristikasini o‗zgarishi, yangi qiymatni hosil bo‗lish joyi, uni o‗sishi
va hokazolarni namoyon etadi. Shunga muvofiq ravishda iqtisodiy ko‗rsatkichlarni
samarali hisoblash faoliyat turlari yo‗nalishi (mahsulot turlari) va aniq bir daromad
markazlarini xarakterlovchi mahsulot parametrlarini o‗zaro bog‗lash imkonini
beradi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, boshqaruv hisobini ob'ektlarini aks ettirishni
detallashtirish darajasi belgilangan aniq vazifaga va mahsulot xarakatini hisobi
tizimini qiymatni shakllantirish yo‗nalishidagi imkoniyatlariga bog‗liq bo‗ladi.
Boshqaruv hisobi tizimi mazkur terminni tor doiradagi mazmunidan kelib chiqib
(ma'lumotlar bazasi, qayd etuvchi va qayta ishlovchi jarayonlar) qiymatni
shakllanishi haqidagi ma'lumotlarni tayyor xolda (odatda, korxonalarda sotish va
tannarx hisob–kitobi, tayyor mahsulotni sotishni hisobini yurituvchi maxsus
bo‗linmalar faoliyat ko‗rsatadi) oladi. Boshqaruv hisobini mazkur ob'ektlari
mahsulotning qiymatini texnologik jarayonda shakllanishi jarayonlarini boshqarish
uchun kerakli hajmda aks ettiradi. Shuning uchun mahsulotni xarakatini uni tayyor
210
bo‗lish darajasi bo‗yicha adresli baholashning hisob tizimi sotish hajmi va ishlab
chiqariladigan mahsulotni tannarxi haqidagi ma'lumotlarni yo‗nalishlar va
daromad markazlari bo‗yicha umumlashtirish imkoniyatini ta'minlashi kerak.
Xarajat markazlari. Xarajat markazlari deganda korxonani ma'lum bir
funksiyani bajaradigan va o‗z xarajatlari byudjetini ifodalaydigan qiymatni
o‗tkazishni baholash yoki qo‗shish imkoniyatiga ega bo‗lgan bo‗linmalari
tushuniladi. Umumiy xolda korxonalar odatda bittadan ortiq xarajat markazlariga
ega bo‗lishadi. Chunki, har bir korxonada xarajatlari bevosita yoki bilvosita tayyor
mahsulotni qiymatini shakllantiradigan (masalan, raxbariyat, buxgalteriya, reja -
moliya bo‗limi, marketing bo‗limi, boshqaruv hisobi bo‗limi, sotish bo‗limi,
ta'minot va hokazo bo‗limlar) funksional ish joylarini ajratish mumkin. Xarajat
markazlari daromad markazlari bilan chambarchas bog‗lab qo‗yilishi mumkin.
Xarajat markazlarini ajratilishi xarajatlar yuz bergan bo‗linmalar faoliyatini
aniqroq va tabaqalashtirilgan xolda baholash, har bir tarkibiy bo‗linma va
funksional xizmatlardagi daromad va xarajatlar nisbatini taqqoslama baholash
imkoniyatini beradi. Analitik uchun bunday ma'lumotlar boshqaruv hisobini
vakolati doirasida korxonaning tarkibiy tuzilishini optimal variantini tanlash,
xarajatlarni optimallashtirish, korxonani funksional samaradorligi va mahsulotni
qiymat parametrlarini sabab–oqibat aloqasini o‗rnatishga asos bo‗ladi. Undan
tashqari, boshqaruv hisobi ob'ektlari, jumladan, turli xil taxminiy va ehtimoliy
baholashlarni ishlatilishi mazkur xarajatlarni samarali rejalashtirish va xarajat
markazlarini ko‗p bosqichli va samarali byudjetlarini tuzishga imkon beradi.
Boshqaruv hisobini yuritish jarayonida analitik reja (byudjet) ko‗rsatkichlarini
moddalar va xarajat markazlari bo‗yicha haqiqiy ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash
orqali nazoratchi, auditor vazifasini bajarishi, ma'lumotlarning yagona bazasida
hisobning taqqoslama ob'ektlari reestrini yuritishi mumkin. Boshqaruv hisobini
ob'ektlari turli ishlab chiqarish–xo‗jalik jarayonlarini standart tartibi va moliyaviy
va boshqa iqtisodiy jarayonlarni yuritishni namunadagi tartibini algoritmik ketma-
ketligini tuzishga asos bo‗ladi. Mazkur jarayonlar korxonani hisob siyosatida to‗liq
va atroflicha aks ettirilishi lozim.
211
Yuqorida ta'kidlanganidek, mazkur jarayonda korxona raxbarining roli
yuqori ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Raxbarlar boshqaruv hisobi bo‗yicha
maslaxatchini faoliyatidagi muammolarga e'tibor bilan yondashishi va tegishli
yordamni ko‗rsatishi kerak bo‗ladi. Shuning uchun boshqaruv hisobini joriy
etishda dastavval korxona raxbari mazkur hisob tizimidan qanday samaralar
kutayotganligi va ushbu jarayonni amalga oshirishda qanchalik yaqindan
hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aniqlab olishi kerak bo‗ladi. Undan tashqari,
korxona raxbarini mazkur jarayonda qatnashishiga ma'naviy jihatdan tayyorlash va
boshqaruv hisobini joriy etish orqali yechilishi kutilayotgan masalalar haqida yana
bir bor puxta o‗ylab ko‗rishini tavsiya qilish kerak. Bunday dastlabki tayyorgarlik
ishlarini amaliyotda sinalgan anketa o‗tkazish usuli orqali o‗tkazish mumkin.
Xarajat markazlari. Xarajat markazlari deganda korxonani ma'lum bir
funksiyani bajaradigan va o‗z xarajatlari byudjetini ifodalaydigan qiymatni
o‗tkazishni baholash yoki qo‗shish imkoniyatiga ega bo‗lgan bo‗linmalari
tushuniladi. Umumiy xolda korxonalar odatda bittadan ortiq xarajat markazlariga
ega bo‗lishadi. Chunki, har bir korxonada xarajatlari bevosita yoki bilvosita tayyor
mahsulotni qiymatini shakllantiradigan (masalan, raxbariyat, buxgalteriya, reja -
moliya bo‗limi, marketing bo‗limi, boshqaruv hisobi bo‗limi, sotish bo‗limi,
ta'minot va hokazo bo‗limlar) funksional ish joylarini ajratish mumkin. Xarajat
markazlari daromad markazlari bilan chambarchas bog‗lab qo‗yilishi mumkin.
Xarajat markazlarini ajratilishi xarajatlar yuz bergan bo‗linmalar faoliyatini
aniqroq va tabaqalashtirilgan xolda baholash, har bir tarkibiy bo‗linma va
funksional xizmatlardagi daromad va xarajatlar nisbatini taqqoslama baholash
imkoniyatini beradi. Analitik uchun bunday ma'lumotlar boshqaruv hisobini
vakolati doirasida korxonaning tarkibiy tuzilishini optimal variantini tanlash,
xarajatlarni optimallashtirish, korxonani funksional samaradorligi va mahsulotni
qiymat parametrlarini sabab–oqibat aloqasini o‗rnatishga asos bo‗ladi. Undan
tashqari, boshqaruv hisobi ob'ektlari, jumladan, turli xil taxminiy va ehtimoliy
baholashlarni ishlatilishi mazkur xarajatlarni samarali rejalashtirish va xarajat
markazlarini ko‗p bosqichli va samarali byudjetlarini tuzishga imkon beradi.
212
Boshqaruv hisobini yuritish jarayonida analitik reja (byudjet) ko‗rsatkichlarini
moddalar va xarajat markazlari bo‗yicha haqiqiy ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash
orqali nazoratchi, auditor vazifasini bajarishi, ma'lumotlarning yagona bazasida
hisobning taqqoslama ob'ektlari reestrini yuritishi mumkin. Boshqaruv hisobini
ob'ektlari turli ishlab chiqarish–xo‗jalik jarayonlarini standart tartibi va moliyaviy
va boshqa iqtisodiy jarayonlarni yuritishni namunadagi tartibini algoritmik ketma-
ketligini tuzishga asos bo‗ladi. Mazkur jarayonlar korxonani hisob siyosatida to‗liq
va atroflicha aks ettirilishi lozim.
Yuqorida ta'kidlanganidek, mazkur jarayonda korxona raxbarining roli
yuqori ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Raxbarlar boshqaruv hisobi bo‗yicha
maslaxatchini faoliyatidagi muammolarga e'tibor bilan yondashishi va tegishli
yordamni ko‗rsatishi kerak bo‗ladi. Shuning uchun boshqaruv hisobini joriy
etishda dastavval korxona raxbari mazkur hisob tizimidan qanday samaralar
kutayotganligi va ushbu jarayonni amalga oshirishda qanchalik yaqindan
hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aniqlab olishi kerak bo‗ladi. Undan tashqari,
korxona raxbarini mazkur jarayonda qatnashishiga ma'naviy jihatdan tayyorlash va
boshqaruv hisobini joriy etish orqali yechilishi kutilayotgan masalalar haqida yana
bir bor puxta o‗ylab ko‗rishini tavsiya qilish kerak. Bunday dastlabki tayyorgarlik
ishlarini amaliyotda sinalgan anketa o‗tkazish usuli orqali o‗tkazish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |