276
3. Moslashuvchanlik tamoyili (uzluksizlik tamoyili bilan uzviy bog‗liq
bo‗lib yangi yoki ko‗zda tutilmagan xolatlar yuzaga kelishi bilan byudjetlarni o‗z
yo‗nalishini o‗zgartira olishini bildiradi).
4. Aniqlik tamoyili (tuzilayotgan byudjetlar ichki va tashqi sharoitlar yo‗l
qo‗ygan miqdorda imkoniyat qadar aniq bo‗lishi,
tezkor rejalarning
aniqlashtirilishi va detallashtirilishini bildiradi).
5. Reallik tamoyili (real byudjetlar tuzilayotganda korxonalar kelgusi oy va
chorakka emas, kelajakka moslab ish tutishini anglatadi).
6. Byudjetlarni muvofiqlashtirish tamoyili (byudjetlarni muvofiqlashtirish
turli tarkibiy bo‗linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishsiz korxona xo‗jalik-
moliyaviy faoliyatini samarali rejalashtirish va amalga oshirishni anglatadi).
7. To‗lov qobiliyati tamoyili (byudjet davri davomida pul bilan to‗liq
ta'minlanganlikni bildiradi).
8. Optimallashtirish tamoyili (byudjet cheklangan mablag‗lardan
samarali
foydalanish, moliyalashtirishni qulay sharoitiga ega bo‗lish hamda korxona
moliyaviy
oqimlari, xarajat va foydasini optimallashtirishga imkoniyat yaratishini
bildiradi).
9. Qatnashish tamoyili (har
bir rahbar, menejer, mutaxassis o‗zi egallab
turgan lavozimi va bajaradigan ishining holatidan qat'i
nazar byudjetlashtirish
tizimini qatnashuvchisiga aylanishini anglatadi).
10. Mas'uliyatlik tamoyili (sarflanadigan xarajatlar,
olinadigan daromad va
foyda bo‗yicha mas'uliyatni taqsimlashni nazarda tutadi).
11. Muddatlarning moliyaviy nisbati tamoyili (byudjetda belgilangan
muddatlarda mablag‗lar kelib tushishi va ishlatilishi lozimligini anglatadi).
12. Izchillik tamoyili (byudjetlashtirish tartibi ma'lum
bir vaqt ichida
qo‗llanilishini anglatadi).
13. Ahamiyatlilik tamoyili (byudjet ma'lumotlari uchun muhim bo‗lishi,
ularni tushirib qoldirilishi yoki buzib ko‗rsatilishi baholashning o‗zgarishi, qabul
qilinayotgan qarorlarga ta'sir etishi mumkinligini bildiradi).
277
14. Axborot ta'minoti tamoyili (byudjetlashtirish
tizimida axborot
texnologiyalari qo‗llanilishi zarurat ekanligini anglatadi).
Dostları ilə paylaş: