Yong’inga qarshi suv ta’minoti.
Yong’inga qarshi suv ta’minoti bilan butun ishlab chiqarish korxonalari va aholisi 50 kishi bo’lgan aholi punktlari ta’minlanishi lozim. Suv manbalari tabiiy (hovuzlar, ariqlar, daryolar va boshqa) va sun’iy bo’lishi mumkin.
Bitta tashqi yong’inni o’chirishga suv sarfi ishlab chiqarish kategoriyasi, bino va inshootlarning olovga chidamlilik darajasi va bino hajmiga bog’liq ravishda me’yorlangan, (1-jadval):
1-jadval
Bino va inshootlarning olovga chidamlilik darajasi va bino hajmiga bog’liq ravishda suv sarfi
Ishlab chiqarish
kategoriyalari
|
Binolarning olovga chidamlilik darajasi
|
Bino hajmiga bog’liq ravishda suv sarfi (l/sek)
|
3000
m3 gacha
|
3000...
5000 m3
|
5000...
20000 m3
|
20000...
50000 m3
|
50000...
200000 m3
|
G, D
A, B, V
G, D
V
G, D
V
|
I va I I
I va I I
I I I
I I I
I V va V
I V va V
|
5
10
10
10
10
15
|
5
10
10
15
15
20
|
10
15
15
20
20
20
|
10
20
25
30
30
40
|
15
30
|
Tashqi va ichki yong’inni o’chirishga suv sarfi (m3/soat) quyidagi ifoda bo’yicha hisoblanadi:
(7)
bu yerda - tashqi va ichki yong’in o’chirishga solishtirma suv sarfi (yuqoridagi jadvaldan olinadi);
- yong’inning davom eti vaqti, 3 soatga teng deb olinadi, yoki maxsus formulalardan aniqlanadi;
- bir vaqtda sodir bo’luvchi yong’inlarning soni, 1...3 teng deb olinadi.
Yong’inga qarshi suv hovuzlarining hajmi 50 m3 kam bo’lmasligi kerak. Agar aholi soni 5000 odamdan ortiq bo’lsa 2 ta 50 m3 hajmlik hovuz qilinishi kerak. Ularning chuqurligi 4 metrdan kam bo’lmasligi, qish paytida esa ustini berkitib qo’yiladigan qurilmasi bo’lishi kerak.
Hovuzdagi suv hajmi zahirasi, m3:
(8)
bu yerda - texnologik maqsadlarga suv sarfi, m3/soat;
- xo’jalik maqsadlariga suv sarfi, m3/soat.
Nazorat savollari:
1. Yong’in deb nimaga aytiladi?
2. Yong’inning qanaqa zararli omillari bor?
3. Yonishning yuzaga kelishi uchun qanday shart – sharoitlar zarur?
4. Yonishning qanday turlari bor?
5. Modda va materiallarning portlash va yonuvchanlik xususiyatlarini aniqlovchi qanaqa ko’rsatkichlar bor?
6. Yong’inni o’chirishning qanday usullari bor?
7. Yong’inni o’chirishning qanday moddalari bor?
8. Yong’inga qarshi suv ta’minoti qanday aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |