Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Yong’inni o’chirishda ishlatiladigan texnik uskunalar



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə9/13
tarix02.01.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#38993
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
5-laboratoriya ishi.Birlamchi o't o'chirish vositalarini o'rganish

3. Yong’inni o’chirishda ishlatiladigan texnik uskunalar

Insonlarni, moddiy va tabiat boyliklarini yong’indan saqlash uchun ishlatiladigan texnika vositalari odatda yong’in o’chirish texnikasi deb ataladi.

Yong’in o’chirish texnikasiga statsionar yong’in o’chirish qurilmalari, yong’in signalizatsiyalari, o’t o’chirgichlar, o’t o’chirish gidrantlari va boshqa o’t o’chirish jihozlari kiradi.

Asosiy, maxsus va yordamchi o’t o’chirish mashinalari bo’ladi. Asosiylari avtotsisternalar, avtonasoslar, nasos stansiyalari, nasos-shlangli, gaz-suvli, havo-ko’pikli va kukunli hamda boshqa turdagi mashinalar bo’lib, ularning asosiy vazifasi o’t o’chirish vositalarini yong’in bo’layotgan joyga keltirishdan iborat. Maxsuslariga texnik xizmat ko’rsatib, aloqa o’rnatadigan va boshqa turdagilari kiradi. Texnik xizmat ko’rsatuvchi mashinlar yong’in tushgan joyga muhim uskunalarni olib borish, binoni va qulagan qismlarni ajratish, devor va ora yopmalarini teshish ishlarini bajaradi va avariya ostida qolgan kishilarni tashish uchun xizmat qiladi.

Yordamchi mashinalar kuchli yong’in bo’lganda o’chirish texnikasining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Ulardan aholi orasida yong’inning oldini olishga qaratilgan targ’ibot ishlari olib borishda ham foydalaniladi. Barcha o’t o’chirish mashinalari qizil rangga bo’yaladi va tovush signalli "sirena" bilan jihozlanadi.

Har qanday korxona ma’lum bir u yoki bu turdagi yong’inni o’chirish texnikasi bilan jihozlangan yoki ta’minlangan bo’lishi kerak.

Kichik hajmdagi yonishlarni o’chirish uchun yong’inni o’chirishning birlamchi vositalari qo’llaniladi. O’t o’chirgichlardan yong’inning boshlangich bosqichida o’t o’chirish uchun foydalanilgan.

O’t o’chirish moddalariga qarab o’t o’chirgichlar quyidagi turlarga bo’linadi: havo ko’pikli, kimyoviy ko’pikli, suyuqlikli, uglekislotali, aerozolli va kukunli.

Hajmiga qarab o’t uchirgichlar kam litrajli (5 l gacha), ishlab chiqarishda qo’lda ishlatiladigan (10 l gacha) va harakatlanuvchi (10 l dan yukori) larga turlanadi. O’t o’chirgichlar turiga qarab harflar bilan hajmini ko’rsatish uchun va 1 ta yoki 3 ta raqam bilan belgilanadi.

Kimyoviy ko’pikli o’t o’chirgichlardan OХP-10, OP-M va OP-9MM lar eng ko’p tarqalgan edi, lekin hozirda ular ishlab chiqarishdan olib tashlangan. Ularning o’rnini boshqa turdagi o’t o’chirgichlar egallamoqda.



7-rasm. OХP-10 kimyoviy ko’pikli o’t o’chirgich:

1-korpus, 2-kislotali stakan, 3-yon dastak, 4-bo’yin, 5-dastak, 6-oqib chiqish, 7-qopqoq, 8-sachratkich, 9-klapan, 10-saqlagich, 11-ostki dastak.


Havo-ko’pikli o’t o’chirgichlarning qo’lda ishlatiladigani (OVP-5 va OVP-10) va statsionar (OVP-100 va OVPU-250) turlari mavjud. Ularda zaryad kismi PO-1 ko’pik hosil qiluvchining 6% li suvli eritmasidan iborat.




8-rasm. H’avo-ko’pikli o’t o’chirgich (OVP)

1-korpus, 2-ko’pikli tikilma, 3-trubka, 4-qopqoq, 5-dastak, 6-ishga tushirish richagi, 7-oqib chiqish, 8-siqilgan gaz ballonchasi, 9-sifon trubka

O’t o’chirgich korpusida bosim siqilgan uglerod dioksidi orqali hosil bo’ladi, ular o’t o’chirgich ichida (yoki tashqarisida) joylashgan maxsus ballonlarda saqlanadi.

Mexanik havo ko’pigi rastrubda korpusdan chiqayotgan eritma havo bilan aralashib hosil bo’ladi. 8-rasmda qo’lda ishlatiladigan OVP-10 o’t o’chirgich tasvirlangan.

SO2 – o’t o’chirgichlari gaz holatidagi yoki qattiq (qor ko’rinishida) moddalar yonganda uglerod dioksidi yordamida o’t o’chirish uchun xizmat qiladi. Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan qo’lda ishlatiladigan (OU-2, OU-5, OU-8) va transport ko’rinishidagi (OU-25, OU-80, OU-400) o’t o’chirgichlar ishlab chio’arilmoo’da. Bu o’t o’chirgichlar turli moddalar




Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin