1. Yong’inni o’chiruvchi moddalarning xususiyatlari.
a). Suv. Suv yong’inni o’chirishda mustaqil holatda yoki har xil kimiyoviy moddalar bilan aralashtrilgan holda ishlatilishi mumkin. U boshqa vositalarga nisbatan quyidagilari bilan ajralib turadi:
1) katta kiruvchanligi, 2) katta issiqlik sig’imi, 3) kimiyoviy jihatdan neytralligi, 4) katta transportabelligi, 5) arzon baholiligi. Uning yong’in o’chirish samaradorligi sovutuvchanligidir, ya’ni suv juda katta issiqlik sig’imiga ega – 2263,8 kJ/(kg·grad). 1 kg suv 1700 litr bug’ hosil qiladi. Suv tarkibiga ba’zi hollarda maxsus namlagichlar qo’shiladi. Namlagichlar yonayotgan narsalarda namlanish xususiyatini yaxshilaydi (masalan; rezina, ko’mir, ganch, tolali materiallar, torf va boshqa). Namlagichlarga sovun, sintetik eritmalar, amilsulfat; alkilsulfinat va boshqalar kiradi.
Suvning o’chiruvchi sifatidagi kamchiliklari: ba’zibir metall va moddalar bilan reaksiyaga kirishadi; tok o’tkazadi, qish payti muzlab qoladi, yengil neft mahsulotlarini o’chirishda qo’llab bo’lmaydi va boshqalar.
Suv bug’ini hajmi 500 m3 gacha bo’lgan xonalarda yong’inni o’chirishda qo’llash mumkin. Suv bug’ining yong’inni ochiq havoda o’chirishdagi konsentratsiyasi 35 % ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |