Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə11/61
tarix04.02.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#82810
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
3 5 SOG\'LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH

1.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
3 iyundagi PQ-3031- sonli qarorining maqsadi-
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish.
Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: Jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;
ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;
ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida keng axborot-tuShuntirish ishlarini olib borish.
Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, jamg‘armalar, sport federatsiyalari (uyushmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari aholi, o‘quvchi va talabalarni sport musobaqalariga, respublika sport tadbirlariga yuborish uchun mablag‘lar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ajratilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga- Dastur va uning asosida ishlab chiqilgan hududiy dasturlarda belgilangan barcha chora-tadbirlarni ijrosini o‘z muddatida sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududiy ishchi guruhlarga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
O‘zbekiston terma jamoalari sportchilarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, jahon birinchiliklari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida musobaqalar yakunlarida erishilgan natijalarni chuqur tahlil qilish va tizimli monitoringini olib borish;
yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash yuzasidan doimiy ravishda ta’sirchan choralar ko‘rish hamda har chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokamadan o‘tkazish vazifalari yuklansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari:- sport inshootlari yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ehtiyojga ko‘ra sport inshootlarini muqobil energiya manbalari bilan jihozlash choralarini ko‘rsin;
tegishli hududda sport federatsiyalariga (uyushmalariga) biriktiriladigan homiy tashkilotlarning amaliy yordam berish turlari (bino va inshootlardan bepul foydalanish, mablag‘lar hamda sport anjomlari bilan ta’minlash va h.k.) bo‘yicha takliflari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir barcha masalalar hal etilishini ta’minlasin;
sport ta’lim muassasalari va majmualari ixtiyoridagi er maydonlarini (ochiq va yopiq turdagi sport inshootlarini) tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishiga qat’iy rioya qilinsin.
Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, unga muvofiq keng ko‘lamli, aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, dasturga muvofiq:- jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va -anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;
ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularni maqsadli tayyorlash kabi yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Dastur ijrosi doirasida sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarining shtatlar jadvaliga «sportchi» lavozimi joriy etilishi O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan muhim qadam vazifasini o‘taydi.
Dasturda, Shuningdek, ta’lim muassasalari sport inshootlarida darsdan so‘ng o‘quvchi va talabalar uchun sport to‘garaklari hamda sport klublari faoliyatini tizimli tashkil etish va boshqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablarida «Sport to‘garagi va seleksiya bo‘yicha trener» lavozimini kiritish belgilangan. Mazkur lavozimni joriy etish orqali ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan sport to‘garaklari bilan qo‘shimcha ravishda minglab o‘quvchi va talabalarni qamrab olishga -erishiladi hamda ularga sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlariga qulay imkoniyatlar yaratiladi.
Bundan tashqari, dasturda jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshqa sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etish belgilangani ularning -faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishonining ta’sis etilishi esa soha fidoyilari mehnatini yanada munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Dasturga ko‘ra, o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada sport o‘yinlari dasturlarini sportning ommaviy turlari hisobiga kengaytirish, nufuzini oshirish va musobaqa g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish tizimini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan.
Yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularni maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli ravishda tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha Respublika hamda hududiy kengashlar faoliyatining tashkil etilishi, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda qabul qilish jarayonida shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarining amalga oshirilishi pirovardida xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz yutuqlari salmog‘ini oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir.
Qarorda o‘z echimini topgan muhim masalalardan yana biri — hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti bo‘limlarining tashkil etilishi va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yilganidir.
Dastur doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida jami 995,2 milliard so‘mdan ziYod mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan bo‘lib, Shundan 706,2 milliard so‘mdan ortiq qismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi hamda 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash va qayta jihozlashga yo‘naltiriladi.
Qaror va dastur doirasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi jismoniy tarbiya va ommaviy sportning jamiyatimiz hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, aholining barcha qatlami orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitni yaratish orqali ularni ommaviy tarzda sportga, sog‘lom turmush tarziga oshno qilish, -qolaversa, nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan mashhur sportchilarimiz saflarini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.



Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin