Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat MirziYoev



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə13/61
tarix04.02.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#82810
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
3 5 SOG\'LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH

1.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat MirziYoev 2018 yil 20 sentyabr kuni “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish”da so‘zlagan nutqi
Mazkur yig‘ilishda Vazirliklar, idora va tashkilotlarga Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi muhim qanday vazifalari belgilab berildi. 
Aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan Shug‘ullantirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yish, darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim muassasalaridagi sport ob’ektlaridan barcha yoshdagi odamlarning foydalanishi tashkil etish, bundan tashqari, joylardagi bo‘sh turgan xususiy ob’ektlar negizida aholini ommaviy sportga jalb qilish uchun imtiyozli xizmat ko‘rsatuvchi sport markazlarini tashkil etish.
Shu bois Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoshlar ittifoqi, tegishli vazirliklar bilan birgalikda ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari hamda bo‘sh turgan ob’ektlarda sport seksiyalarini ochish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rishi. 
Tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida sport musobaqalari sonini keskin ko‘paytirish, g‘olib va sovrindorlarni yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan pullik mukofotlar bilan rag‘batlantirish. 
Aholi, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb qilish uchun “Alpomish” va “Barchinoy” testlarini musobaqa tarzida o‘tkazish hamda uch darajadagi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash. 
Korxonalar, ta’lim muassasalari, istirohat bog‘larida ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish Bunday mashqlarning inson salomatligi uchun foydaliligini targ‘ib qilish maqsadida doimiy ko‘rsatuv va ijtimoiy roliklar tayyorlab, televidenie orqali namoyish etish. 
– Mamlakatimizda sportni ommalashtirish bo‘yicha besh yillik milliy konsepsiya ishlab chiqish. Aholini jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanib, sog‘lom turmush kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olib, odamlarning umrini uzaytirish konsepsiyaning asosiy yo‘nalishi va natijasi bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.
Bolalar sporti inshootlarini barpo etish, qurilishda zamonaviy tejamkor texnologiyalardan foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi. 



Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin