Xilma-xil faoliyat turlari.
Xilma-xil faoliyat turlari (mehnat, rasm, chizish, narsa yasash…) ga kiruvchi harakatlar agar qomatni to‘g‘ri tutishga rioya qilinsa, shuningdek jismoniy yuklamalar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, jismoniy rivojlanishi va tayyorlanganligini hisobga olgan holda berilsagina bola organizmiga ijobiy ta’sir etish mumkin.
Uqalash Uqalash (massaj) -silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish teriga ta’sir qilib, bolaning butun organizmiga ta’sir etadi. Massaj qon tomiri tizimiga ham ta’sir qiladi. Terida nerv uchlari ta’sirlariga javob tariqasida tomir reflekslari yuzaga keladi, kapilyarlar kengayadi qon aylanishi kuchayadi, issiqlik chiqarish ortadi. Massaj organizmni issiq havodan qizib ketishidan saqlaydi. Massaj ta’sirida Yog‘ va ter bezlarining sektor funksiyasi yaxshilanadi, mushaklarda oksidlanish-qaytarilish jaraYoni va ularning qisqarish qobiliyati ortadi. Massaj limfa tizimiga ta’sir qilib, suyuqlik oqimini tezlashtiradi. Turli yosh bosqichlarida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirishning samaradorligi asosiy va qo‘shimcha vositalarni to‘g‘ri qo‘shib olib borgan taqdirdagina oshadi. CHunonchi, bolaning dastlabki 3 oyligida gigiena omillari, tabiatning tabiiy kuchlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Yosh orta borgan sari gigienik omillar, tabiatning tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu, ovqatlanish va boshqalarga kamroq vaqt sarflanadi va birmuncha murakkab jismoniy mashqlardan foydalanish uchun zamin yaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi - yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan etuk, ma’naviy boy, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning vazifalari jismoniy, aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berish va ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam (maktabga) tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning o‘sishi va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.