Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, pandemiyada biznesni himoya qilish davom etadi.
1. Turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga imtiyozlar bir yilga uzaytiriladi. Xususan, 20 mingta tadbirkorlik sub’ektining joriy yil yakunigacha kechiktirilgan 400 milliard so‘mlik yer va mol-mulk solig‘ining to‘lash muddati yana bir yilga uzaytiriladi. Pandemiya boshlanishi bilan biznesga berilgan imtiyozlar, ko‘maklar yana davom ettirilishi ta’kidlandi. Bundan tashqari, 1 milliard so‘mgacha davlat xaridlari doirasida avans miqdori 30 foizga yetkazilib, tadbirkorlar qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mgacha aylanma mablag‘larga ega bo‘ladi.
2. Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi. Xususan, Biznes-ombudsmanga mulkka doir huquqlarni buzgan rahbarlarni ma’muriy javobgarlikka tortish vakolati beriladi.
«Bir narsani ochiq tan olish kerak, pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan teppa-teng hissa qo‘shdilar. Shuning uchun barchamiz tadbirkorlarga yelkadosh bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashimiz shart”, dedi prezident.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqilib, ularning soni qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqiladi.
3. Tadbirkorlarni tekshirishga e’lon qilingan moratoriy yana bir yilga uzaytiriladi. Bundan 4 yil oldin tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazishga moratoriy e’lon qilgandi. Buning natijasida o‘tgan davrda tadbirkorlar soni 2 barobar ko‘payib, 400 mingtaga yetdi. Shuning uchun moratoriy muddatini yana bir yilga uzaytirish taklif etildi.
Dostları ilə paylaş: |