Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Yoshlarni jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sportga oshno qilish - hartomonlama sog‘lom avlodni kamolga yetkazish demakdir.Chunki faqat qaddi-basti tik, jismonan baquvvat va sog‘lom, ruhan tetik, aqlan raso o‘g‘il-qizlargina komillikka da’vogar bo‘ladi.
Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Ertamiz egalarining hozirgi axborot texnologiyalari asrida zamon bilan hamnafas yashashiga imkon yaratadi.
Bugun kompyuter– qog‘oz-qalam, kalkulyator, televizor, gazeta darajasidagi yangi vosita, o‘quv quroli. zamonaviy bilim manbai. Internet – butunboshli xalqaro kutubxona, cheksiz imkoniyatlar dunyosi. Jahonga yuz tutayotgan O‘zbekiston farzandlari tengdoshlaridan ortda qolmasin, desak, ular shu vositalarni qo‘llash ko‘nikmasini egallashi shart.
Dostları ilə paylaş: |