Beshinchi tashabbus - xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan beshinchi tashabbusning ahamiyati ham cheksiz. Uning mohiyatida jamiyatda xotin-qizlar o‘z o‘rniga, mavqeiga ega bo‘lsin, degan ezgu maqsadlar mujassam. Bu gender tengligi, munosib mehnat tarbiyasi, ayollarimizni mehnatga oshno qilish uchun birlamchi sharoit bo‘lgan yangi ish joyi degani. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich ta’kidlaganlaridek “Besh ijobiy tashabbus”doirasida boshlangan ishlarimiz tobora keng tarqalmoqda, xalqimiz bu harakatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, xotin-qizlar bandligini oshirishga doir beshinchi tashabbus bo‘yicha 2019-2020yillarda har bir tumanda tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollar uchun qariyb 57 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilmoqda. Bu loyihalar o‘zining dastlabki natijalarini bermoqda. Lekin ularning samarasini oshirish uchun hali ko‘p ish qilishimiz kerak14.
Bir so‘z bilan aytganda, besh tashabbus – nozik did, keng tafakkur va dunyoqarashga ega, jismonan va ruhan sog‘lom farzandlarimizning o‘z kelajagini ishonch bilan qurishlari hamda Vatan ravnaqiga hissa qo‘sha oladigan yetuk inson bo‘lib yetishishlariga mustahkam zamindir. Besh tashabbus – madaniyat, ma’rifat, ma’naviyat va sport, kompyuter va axborot texnologiyalari va yangi ish o‘rinlarini o‘zida birlashtirgan yagona innovatsion hudud, makon, muhit demakdir.
Dostları ilə paylaş: |