davlat nazorati shakllaridan biri. Asosan umuman siyosiy, ba’zi holda ma’muriy tusda bo‘ladi. Parlamentar davlatlarda va prezidentlik respublikalarida hukumat faoliyati ustidan Parlament nazorati alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday nazoratning asosiy metod va shakli ishonch to‘g‘risidagi masala, tanbeh rezolyuцiyasi, interpellyaцiya, hukumatga og‘zaki va yozma savollar (parlament savollari) parlament tekshirishidir
PARLAMENT SO‘ROVI
– parlamentar davlatlarda hukumat faoliyati ustidan parlament nazoratining shakllaridan biri. Parlament savollarini deputatlar og‘zaki va yozma berishlari mumkin. Parlament reglamenti Parlament savollari berilishi mumkin bo‘lgan qoidalarni, ularni kiritish tartibini, shuningdek, hukumat yoki alohida vazir javobni taqdim etishi lozim bo‘lgan muddatni belgilaydi. Umumiy qoidaga ko‘ra, Parlament savoliga javob Parlament savoli qanday shaklda (og‘zaki yoki yozma) berilgan bo‘lsa, shunday shaklda qaytariladi. Parlament so‘roviga javobni davlat hokimiyati boshqaruv organlaring mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi majlislarida beradilar.