(ingl. parlament, franц. rag1eg — gapirmoq) — demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomi. Buyuk Britaniya, Franцiya, Italiya, Kanada Belgiya, Moldova, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda oliy vakillik organi “parlament” deb yuritiladi; AQShda va Lotin Amerikasining ko‘pgina mamlakatlarida p. kongress deb, Rossiya Federatsiyasida – Federal Majlis – Rossiya Federatsiyasi P. deb, Litva va Latviyada – Seym deb ataladi. Tuzilishiga ko‘ra p. bir palatali yoki ikki palatali bo‘ladi (qarang: Ikki palatali tizim, Bir palatali tizim). Tarixda uch palatali p. ham bo‘lgan (masalan, JARda 1984-1994 yillarda). P. birinchi marta XIII asrda Angliyada tabaqalarning vakillik organi sifatida tashkil qilindi.