o‘ziga ishonishning qonun tomonidan belgilangan zaruriy belgisi bo‘lib,
har bir ishda sudlar tomonidan aniqlashtirilishi kerak.
Bu masalani hal etish jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etmagani uchun
qonunchilik o‘z-o‘ziga ishonishni belgilab bergan holda, subyektning o‘zi
sodir etgan qilmishiga intellektual munosabatini kiritmagan.
O‘z-o‘ziga ishonish orqasida jinoyat sodir etgan subyekt ijtimoiy
xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini ko‘ra oladigan darajada
o‘zi sodir etgan qilmishning faktik belgilarini anglashi lozim. Ta’kidlab
o‘tilganidek, ehtiyotsizlik uchun javobgarlik aksariyat ko‘p hollarda
ijtimoiy xavfli oqibatlar (qoida bo‘yicha og‘ir holatlar) mavjud bo‘lib,
ularning kelib chiqishida va shaxs qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyati
aniqlangan hollarda kelib chiqadi.
Shaxsning muayyan ehtiyotkorlik qoidalari buzilganida, o‘zi sodir
etayotgan qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi yoki
anglamasligi to‘g‘risidagi masalani hal etish, jazoni
individuallashtirishdagina ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, jinoyatda o‘z-o‘ziga ishonishning intellektual holati
Dostları ilə paylaş: