Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Odamlarning halok bo‘lishi, ekologik falokat va boshqa og‘ir



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Odamlarning halok bo‘lishi, ekologik falokat va boshqa og‘ir 
oqibatlarga sabab bo‘lishi oldindan ma’lum bo‘lgan xavfli harakatlarni 
oqlangan deb tan olmaslik xavfli harakatlarning qonuniyligini belgilovchi 
alohida bir shartdir. «Tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lish xavfi, 
ekologiya halokati yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi 
mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, asosli deb topilmaydi» (JK 
41-moddasi 4-qismi)
Odamlarning halok bo‘lish xavfi deganda, tavakkalchilikni amalga 
oshirish oqibatida ikki yoki undan ortiq odamlarning hayoti xavf ostida 
qolishi tushuniladi. 
Ekologik halokat – insonlar faoliyati natijasida tabiatga zarar 
yetkazilishi va bu zarar insoniyatning keyingi hayoti uchun jiddiy xavfni 
keltirib chiqarishini bildiradi (gaz, neft avariyalari, keng qamrovli o‘rmon 
yong‘inlari). 
Boshqa og‘ir oqibatlar sifatida bir necha shaxslar sog‘lig‘iga og‘ir 
shikast yetkazilishi, transport tizimining uzoq muddatga izdan chiqishi, 
portlash yoki yong‘in natijasida uylar va boshqa inshootlarning vayron 
bo‘lishi va shu kabi holatlar tushuniladi. Agar ularning natijasida teng 
bo‘lmagan manfaat ko‘zlangan bo‘lsa, ushbu harakatlar oqlanmagan deb 
tan olinadi (masalan, hosildorlikni oshirish). Ayni paytda, agar shu kabi 
435 


tahdidlar muhim manfaatlarni amalga oshirishda yuzaga kelsa (masalan, 
odamlarni ko‘milib qolgan joydan qutqarish, yangi texnologiyalarni, ya’ni 
avvalgisidan ancha samarali texnologiyalarni kashf etish) xavfli harakatlar 
asosli deb tan olinadi. Ayni damda bu holatlarda yetadigan manfaat va 
tegishli harakatlar tahdid solayotgan manfaatga qiyosiy baholanishi lozim 
bo‘ladi. Ular ochiq muvofiq bo‘lmagan yoki teng bo‘lgan holatda bunday 
maqsadlarga erishish asossiz xavfli harakat deb tan olinishi lozim. 
Sud va tergov organlari kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq 
asosli tavakkalchilik holatida zarar yetkazishning oxirgi zarurat holatida 
zarar yetkazishga juda o‘xshashligi bois, aybdorning harakatlarini 
kvalifikatsiya qilishda ma’lum qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. 
Shuning uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq asosli 
tavakkalchilik holatida zarar yetkazishni oxirgi zarurat holatidan farqlash 
imkonini beradigan quyidagi belgilarga e’tibor qaratishlari lozim: 
– oxirgi zaruratda xavf manbai mavjud bo‘lib, qilmishning o‘zi zararni 
bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi, asosli tavakkalchilikda esa, qilmish 
tahdid soluvchi xavf bilan shartlanmaydi, u ijtimoiy foydali maqsadga 
erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi; 
– oxirgi zaruratda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarardan kamroq 
bo‘lishi kerak, asosli tavakkalchilikda esa zararning hajmi tavakkal 
qiluvchi shaxs qilmishini baholashda unchalik ahamiyatga ega emas; 
– tavakkalchilik bilan bog‘liq qilmishlar asosida zarar yetkazish 
ehtimoliy bo‘lib, oqibatning kelib chiqishi zarur hisoblanmaydi, oxirgi 
zaruratda esa zarar yetkazish – ko‘proq zarar yetkazilishini oldini 
olishning yagona vositasidir. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin