optik masofa kattaligiga qiyoslab aniqlash mumkin. Agar nurlanish oqimi atmosfera
nurlanishining miqdoriga aytiladi. Insolyasiya, Yer – Quyosh tizimida masofaning
mavsumiy tebranishlariga, geografik kenglikka, hududning muhitiga va atmosfera
27
massasiga bog‘likdir. Insolyasiyani odatda quyosh nurlanishining kunlik, oylik,
yillik o‘rtacha miqdori bilan ko‘rsatiladi.
Quyosh nurlanishining tarkibi. Quyosh nurlanishining spektral tarkibi 0,1
mkm dan 30
metr to‘lqin uzunligigacha bo‘lgan oralikdagi tebranishlardan iborat.
Quyosh nurlanishi energiyasining asosiy qismi 0,2 – 3 mkm oralikda jamlangan
(2.1 – rasm).
Shu oralikdagi nurlanishni quyidagi qismlarga ajratish va nomlash qabul
qilingan. Bular jumlasiga spektrning ultrabinafsha qismi (UB) 0,1 – 0,38 mkm
oralikda, spektrning ko‘rinadigan qismi 0,38 – 0,78 mkm oralikda, spektrning
infraqizil qismi (IQ) 0,78 mkm va undan ortiq to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan qism
tashkil qiladi. Ko‘rinuvchi nurlanishni binafsha, ko‘k, yashil, sariq , qizil nurlarga
ajratiladi. IQ nurlanishni yaqin va uzok IQ nurlarga ajratiladi.
UB nurlanish, koinotda yuqori intensivlikka ega bo‘lishiga qaramasdan, Yer
atmosferasining yuqori qismida mavjud bo‘lgan ozonga yutilib, yer sirtiga faqat
to‘lqin uzunligi 0,3 mkm ga teng bo‘lgan ozroq qismigina etib keladi.
Dostları ilə paylaş: