2.4.Sezgirelement va ishbajaruvchi qurilmani tanlash.
O‘lchovchi qurilma va datchik.
TC2 (542470) seriyali harorat datchigi.
7-rasm
.
TC2 (542470)
seriyali harorat datchigi.
ТС2 seriyali yuklamali termostatlar boylerlar, nasoslar va uzluksiz ishlovchi
qurilmali sistemalardagi haroratni avtomatik ravishda rostlashda qo‘llash uchun
mo‘ljallangan. Termostat suyuqlikli tipdagi ustki qismi rezba bilan
maxkamlanuvchi gilza bilan qoplangan sezgir elementdan tashkil topgan.
Ajralibg‘qo‘shiluvchi yoki tutashmali kontaktlar va haroratni cheklovchi rostlagich
bilan ta’minlangan. Korpusi yuqori sifatli plastik materialdan yasalgan. Bu
termostatni namligi o‘ta yuqori bo‘lgan va agressiv muxitlarga o‘rnatish mumkin
emas.
O‘lchanayotgan haroratning o‘rnatilgan qiymatdan oshishi yoki kamayishida
termostatning ajralib-qo‘shiluvchi kontaktlari ishga tushadi va rostlagichga signal
uzatadi.
Dostları ilə paylaş: