Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asaridagi ekstralingvistik omillarning tarjima qilish muammosi
II-bob Teodor Drayzerning “Amerika fojeasi” romanidagi ekstralingvistik omillar tarjimasi. II.1. Asardagi ba’zi diniy, kiyim-kechak, idishlar, oziq-ovqat kabi
realiyalar tarjimasi.
XX asrning birinchi yarmida Amerika adabiyotida tanqidiy realizm avjiga chiqqan payt edi. Drayzer ijodi shu davrga to’g`ri kelib, u mazkur adabiy oqimni yuqori pog`onaga ko’tardi.
U Amerika qit’asida yozuvchi va jamoat arbobi sifatida taniladi, u bir necha asarlar muallifidir.
Drayzerning birinchi romani “Baxti qaro Kerri” bosilib chiqqach, burjua matbuoti uning keng tarqalishiga yo’l qo’ymaydi. 1911 yilda uning ikkinchi romani “Jenni Gerxard” yuzaga keladi. Undan so’ng ketma-ket “Moliyachi”, “Titan”, “Daho” romanlari yozildi. Birinchi jahon urushidan so’ng 20-yillar o’rtasida ikki tomli “Amerika fojeasi” romani nashrdan chiqqach, adib yirik tanqidiy realist sifatida butun dunyoga tanildi.
“Amerika fojeasi” asarining bosh personaji burjua meshchan oilasidan chiqqan bola Klayd Griftis bo’lib, u o’sha muhit ta’sirida o’sib voyaga etadi. Klayd burjua jamiyatiga xos rozsizlik, boyish yo’lida har qanday vositalardan foydalanish kabi yaramas illatlarni o’zlashtiradi.
U o’z maqsadlariga erishish yo’lida dastlabki qadam, deb mahalliy mehmonxonani hisoblaydi va u erda mijozlaridan xayr-sadaqalarga ko’z tikuvchi, manfaat yuzasidan ish tutuvchi egaistga aylanadi.
Romanda Klayd Griftsda tug`ilgan egaizm Amerika burjua jamiyati va uning zo’ravonlikka asoslangan vaxshiy qonun-qoidalarning oqibati ekani ko’rsatiladi.
Drayzer yaratgan obrazlar oddiy Amerikaliklar. Undagi individualistik xirs Roberta Olden, shuningdek, Sandra Finchliga bo’lgan munosabatida ham ko’zga tashlanib turadi. Sandra yosh va chiroyli qiz, lekin Klaydni uning go’zalligi emas balki boyligi qiziqtiradi. Burjua dunyosining axloqi, boylikka sig`inishi kishining his-tuyg`ularini barbod etadi, bu narsa oddiy Amerikalik yigit Klayd shaxsiyatida ochiq ko’rinadi.
Klayd millionlab Amerikaliklarning tipik vazili. U Amerika burjua jamiyati qabohatlari qurboni bo’lgan son-sanoqsiz yoshlarning biridir. Yozuvchi Klayd obrazi orqali individualizmning emirilishini ham ko’rsatadi. Amerika hamma uchun barobar imkoniyatlar mavjud mamlakat, degan safsatani fosh etadi. Haqiqatda kun kechirish qiyinlashib ketmoqda, qayg`uli hayot Amerika yoshlarini baxtsizlik, fojiali o’limga duchor qilmoqda edi.
“Amerika fojiasi” voqeasining keng qamrab olinishi, tanqidiy fikrlarning chuqurligi, badiiy mahoratning yuksakligi bilan jahon progressiv adabiyotining eng yaxshi realistik asarlari qatoridan joy oldi.
(Қ. Азизов ва бошқалар. Чет эл адабиёти тарихи. Т., ўқитувчи, 1987, 304-312- бетлар).
Umumiy Drayzer Amerikadagi siyosat, ijtimoiy tuzumi kamchiliklarni ochib tashlaydi. XIX va XX asrda Amerikada cheksiz imkoniyatlar bor, nuqsonlar deyarli yo’q, degan g`oyaga qarshi Drayzer asarlarini yaratadi, demak oyda ham dog` bor demoqchi bo’ladi.
Biz bu ishimizda “Amerika fojiasi” romanida uchraydigan realiyalar tarjimasida to’xtaymiz. Realiya – tilga oid bo’lmagan, til darslarida deyarli o’rganilmaydigan. Hayotiy faktlardir. Bu atamaga ham prof. O.S. Axmanova yaxshi izoh beradi. (О.С. Ахманова. Словар лингвистических терминов. М., 1969, стр.524).
Demak realiyalar har bir millatga oid ya’ni millatga xos so’z udumlar, diniy tushunchalar, kiyim-kechak, idish-tovoq, oziq-tovoq, davlat qurilishi, fan atamalari kabilar ekan. Ularni biz darsda ya’ni til darsida emas balki kinofilmlarda, o’sha yurtga borganda, umuman qo’shimcha adabiyotlardan o’rganamiz. Biz quyida ularning turlarini chamalab klasifikastiya qildik.
Realiyalarni uchta katta guruhga bo’lishga jur’at qildik: