Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Бухоро давлат университети



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/57
tarix12.02.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#84020
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
kolloid kimyo

strukturalar deyiladi. Agar strukturalanish ayni sistemadagi zarrachalarning bir-biri bilan 
bevosita qo`shilishi hisobiga sodir bo`lsa, sistemaning avvalgi va keyingi mexanik xossalarida 
deyarli o`zgarish ro`y bermaydi. 
Turmushda ishlatiladigan ko`pchilik qattiq materiallar kondensatsion-kristallizatsion 
strukturalarga ega. Bular jumlasiga metallar, qotishmalar, kulollik buyumlari, beton va hakozalar 
kiradi. Sanoatning xom ashyo va oraliq mahsulotlari ko`pincha suyuq va quyuq moddalardan 
iborat bo`lib, ular koagulyatsion strukturaga ega. Xom ashyo va oraliq moddalardan asosiy 
buyum tayyorlash jarayonida koagulyatsion strukturalar kondensatsion-kristallizatsion 
strukturalarga aylanib ketadi. 
Moddalarni realogik xossalar asosida ham sinflarga bo`lish mumkin. Shunga ko`ra, barcha 
haqiqiy jismlar suyuqsimon (ya`ni oqishi uchun berilishi kerak bo`lgan kuchlanishning chegara 
qiymati nolga teng) va qattiqsimon ( ya`ni oqishi uchun berilishi kerak bo`lgan kuchlanishning 
chegara qiymati noldan katta) moddalarga bo`linadi. Suyuqsimon moddalar n`yutoncha suyuqlik 
va non`yutoncha suyuqliklar deb ikki turkumga ajratiladi.
N`yutoncha suyuqliklar N`yuton qonuniga bo`ysunadi; ularning qovushqoqligi siljituvchi 
kuchlanishga bog`liq emas va o`zgarmasdir. Non`yutoncha suyuqliklar N`yuton qonuniga 
bo`ysunmaydi; ularning qovushqoqligi siljituvchi kuchlanish o`zgarishi bilan o`zgaradi, bular 
o`z navbatida statsionar va nostatsionar suyuqliklarga bo`linadi; statsionar suyuqlikning reologik 
xossalari vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi; nostatsionar suyuqliklarning reologik xossalari vaqt 
o`tishi bilan o`zgarib ketadi. 
Kuchlanishning relaksatsiya vaqti (davri) haqidagi tushincha. Moddiy sistemalarning 
molekulalari yoki boshqa struktura birliklari harakatchanlik bilan tavsiflanadi. Ular bir-biriga 
nisbatan siljiy oladi. Shu sababli jismda deformatsiya tufayli vujudga kelgan kuchlanish jismdan 
yuk olib tashlangandan keyin kamayib ketadi. Kuchlanishning ma`lum vaqt ichida tarqalib 
yo`qolib ketish hodisasi relaksatsiya deb ataladi. Relaksatsiya zarrachalarning issiqlik harakati 
tufayli sodir bo`ladi, shuning uchun bu hodisa barcha moddalarda uchraydi. Maksvell bu 
hodisani elastik qovushqoq jismlarda o`rganish natijasida quyidagi tenglamani chiqarishga 
muvaffaq bo`ldi: 
*












dt
d
G
dt
d
Bu tenglamadagi τ
*
relaksatsiya vaqti yoki realaksatsuya davri deb ataladi. Maksvellning 
bu tenglamasidan o`zgarmas temperaturadagina foydalanish mumkin. Agar jismning 


deformatsiyalanishi bir qiymatda o`zgarmas bo`lishiga (dγ=0) erishsak, dγ/dt=0 bo`ladi. U holda 
Maksvell tenglamasi quyidagi shaklni oladi: 
0
*











dt
d
Bu tenglama integrallanganda quyidagi formula kelib chiqadi: 
*
0
t
t
e





Bu formuladan ko`ramizki, deformatsiyalangan jismda kuchlanish eksponensal qonunga 
muvofiq ravishda kamayib boradi; formuladagi konstanta t
*
relaksatsiya tezligini xarakterlaydi. 
Uning qiymati ayni jismda kuchlanish e (ya`ni 2,72) marta kamayadigan vaqtga teng. 
Qovushqoqligi kam bo`lgan suyuqliklarda kuchlanishning relaksatsiya davri juda kichik 
vaqtlar bilan o`lchanadi, chunki bunday suyuqlik molekulalari nihoyatda harakatchandir. 
Suyuqlik qovushqoqligi ortgan sari uning relaksatsiya davri kattalasha boradi, nihoyat, qattiq 
jismlardagi kuchlanish davriga yaqinlashadi. Kritallarda relaksatsiya jarayoni nihoyatda sust 
boradi. Quyida ba`zi moddalarning relaksatsiya konstantalari keltirilgan. 
Modda 
t
*
, sek 
modda 
t
*
, sek 
Suv 
Kastorka moy 
Kanifol ( 55
0
C da) 

.
10 
-6
2
.
10 
-3
5
.
10 
Jelatin (0,5% li eritmasi) 
Kanifol ( 12 
0
C da) 
Ideal qattiq jism 
8
.
10 
2
4
.
10 

∞ 
Ko`pchilik moddalarda relaksatsiya hodisasidan tashqari yana elastiklanishning kechikishi 
deyiladigan hodisa ham ro`y beradi. Relaksatsiya jarayonida modda elastik deformatsiyalangan 
holatdan plastic holatga o`tadi; elastiklanishning kechikishi hodisasida esa elastik 
deformatsiyalanish bir onda sodir bo`lmasdan, uning bir qismi kechikib qoladi. Bu qismning 
elastik deformatsiyalanishi berilgan kuchlanishga qarab ma`lum vaqt davomida amalga oshadi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin