4. Ayni kolloidning koagulyatsiya chegarasi birinchi navbatda
koagulyatsiyalayotgan ion
valaentligiga bog`liq bo`ladi. Koagulyatsiyalayotgan ionning valentligi katta bo`lsa, uning
koagulyatsiyalash xususiyati ham kuchli bo`ladi. Tajriba ko`rsatishicha, agar bir valentli
kationning koagulyatsiyalash xususiyatini 1 desak, ikki valentli kationniki 70, uch valentli
kationniki esa 550 bo`ladi. Elektrolitning koagulyatsiya konsentratsiyasi ( koagulyatsiya
chegarasi) 1
l zolga qo`shilgan elektrolitning milli mol miqdorlari bilan ifodalanadi.
Shul`se va Gardi elektolit ionining valentligi bilan uning koagulyatsiyalash kuchi orasidagi
bog`liqlikni aniqladilar. Shul`se-Gardi qoidasi deyiladigan bu bog`liqlik quyidagicha ta`riflanadi:
Koagulyatsiyalovchi ionning valentligi qancha katta bo`lsa, uning koagulyatsiyalash kuchi
shuncha ko`p va koagulyatsiya konsentratsiyasi shuncha kam bo`ladi.
5. Kolloid sistemalarning agregativ barqarorligi va koagulyatsiyasi haqidagi hozirgi
nazariya 1945 yilda rus olimlari B.V.Deryagin va L.D.Landau tomonidan taklif qilindi. Bu
nazariyaga muvofiq, zarrachalar orasida o`zaro tortishish va o`zaro itarilish kuchlari ta`sir etadi.
Zarrachalararo masofa o`zgarganida sistemadagi potensial energiyaning o`zgarishini aniqlash
uchun absissalar o`qiga masofa, ordinatalar o`qiga sistemaning potensial energiyasini qo`yib, ―
potensial energiya diagrammasi‖ hosil qilinadi. 1-rasmda ana shunday diagramma keltirilgan.
Bunday diagramma tuzishda o`zaro itarilish energiyalari musbat, o`zaro
tortishish energiyalari
esa manfiy ishora bilan olinadi. Qaysi masofadan boshlab ikki kolloid zarracha tortila boshlaydi?
Degan savolga ― Van-der-Vaal`s kuchlari tufayli tortilish kuchi broun harakati kuchidan ortgan
masofadan boshlab zarrachalar tortishadi‖, deb javob berish mumkin.
O`zaro elektostatik itarilish kuchlariga kelganda, B.V.Deryagin ko`rsatishicha itarilish A
1
va A
2
kolloid zarrachalarning ion atmosferalari bir-birini qurshab olgan masofadan boshlanadi(
2-rasm). Kolloid zarrachalar( mitsella) lar orasidagi o`zaro ta`sir kuchlari odatdagi kulon
kuchlaridan farq qiladi: B.V.Deryagin bu zarralar orasida kengaytiruvchi
P deyiladigan alohida
kuchlar ta`sir etishini ko`rsatishga muvaffaq bo`ldi.
Kengaytiruvchi bosim keltirib chiqaruvchi itarilish kuchlarini
juda katta rezervuarga
tushirilgan ikkita parallel plastinkalar misolida ko`rib chiqamiz. Faraz qilaylik, suyuqlik ichiga
botirilgan ikki plastinka orasida yupqa suyuqlik qavati bor va bu plastinkalar bosim
P ta`sirida
o`z vaziyatini saqlab turgan bo`lsin ( 3-rasm). Suyuqlikning ikkita qavati bir-biri bilan mexanik
muvozanatda turishi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim: kengaytiruvchi
P kuchi
dP sirt
birligi uchun hisoblangan elektrostatik o`zaro ta`sir kuchi-
qdφ ga teng bo`lishi kerak (
minus
ishora qo`yilishining sababi shundaki, bu ikkala kuch qarama-qarshi yo`nalishga ega ):
Dostları ilə paylaş: