Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси


Diskning bo‘limlarini Partition Magic dasturi yordamida yaratish



Yüklə 432,79 Kb.
səhifə11/28
tarix13.12.2023
ölçüsü432,79 Kb.
#175840
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Нам

Diskning bo‘limlarini Partition Magic dasturi yordamida yaratish. Diskni bo‘limlarga Partition Magic dasturi yordamida ham bo‘lish mumkin. Bu dastur, shuningdek, ma’lumotlarga shikast yetkazmagan holda, bo‘limlarning o‘lchamlarini o‘zgartirish, FAT 16 fayl tizimini FAT 32 tizimiga aylantirish va aksincha qilish imkonini ham beradi. Mazkur dasturning Fdisk dasturidan sezilarli farqi – uning yuqori darajada harakat qilishidir.
Yuqori darajali formatlash. Qattiq diskni dasturiy sozlashning oxirgi bosqichi - yuqori darajali (ya’ni operatsion tizim darajasida) formatlash. Bu jarayonning asosiy maqsadi - Windows 9x va DOS amallar tizimlari fayllarga murojaat qila olishlari uchun fayllar joylashuvi jadvali (FAT) va kataloglar tizimini tuzish.
Odatda, yuqori darajali formatlash Format standart buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi. Bu buyruqning ko‘rinishi quydagicha:
Format C: /S /V
Bu buyruq bo‘yicha C: diskning yuqori darajali formatlashi amalga oshiriladi. Uning boshlanishida operatsion tizimning yopiq (tizimiy) fayllari joylashtiriladi, oxirida esa tom belgisini kiritish taklif etiladi.
Yuqori darajali formatlashda bir qator amallar bajariladi:
1. Diskning sirti, quyi darajali formatlash jarayonida nuqsonli deb belgilangan yo‘laklar va sektorlarni topish maqsadida, skanerlanadi va ularni hisoblash mumkin emasligi qayd etiladi.
2. Golovkalar birinchi bo‘linish silindiriga qaytadilar va uning birinchi sektoriga (1 golovka, 1 sektor) DOS tomi (yuklovchi sektor)ning yuklovchi yozuvi kiritiladi.
3. Keyingi sektor (1 golovka, 2-sektor)dan boshlab FAT jadvali yoziladi. Undan so‘ng darhol FATning ikkinchi nusxasi yoziladi. Bu jadvallar hozircha bo‘sh, ularda faqat sirtning nuqsonlarini ko‘zdan kechirish paytida ro‘yxati tuzilgan nuqsonli klasterlarning koordinatalari bor, xolos.
4. Bo‘sh ildiz katalogi yoziladi.
5. Agar dastur /S parametri yordamida ishga tushirilgan bo‘lsa, unda diskka Io.sys va Msdos.sys tizimli fayllari (yoki foydalaniladigan operatsion tizimning turidan kelib chiqqan holda Ibmbio.com va Ibmdos.com) hamda Command.com faylining nusxalari diskga (aynan shu tartibda) ko‘chiriladi.
6. Agar dastur /V parametri yordamida ishga tushirilgan bo‘lsa, tomning belgisi (Volume label)ni kiritish taklif qilinadi. Bu belgi ildiz katologning to‘rtinchi elementi sifatida yozib qo‘yiladi.
Endi, operatsion tizim, yozish va fayllarni sanashda diskdan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, disk yuklovchi diskka aylanadi.
Yuqori darajali formatlashning birinchi bosqichida diskning sirti, nuqsonlarini aniqlab topish maqsadida skanerlanadi. Quyi darajali formatlashda belgilangan nuqsonlar endi sanalmaydigan yo‘laklar va sektorlar sifatida ko‘rinadi. Dastur bunday qismni aniqlagach, unda yozilgan ma’lumotlarni o‘qish uchun besh martagacha urinib ko‘radi. Agarda nuqsonlar quyi darajali formatlashtirishda belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, odatda, bu urinishlarning birortasi ham samara bermaydi.
Beshta urinishdan so‘ng format dasturi navbatdagi yo‘lak va bo‘limlarga o‘tadi. Beshta urinishdan so‘ng ham ma’lumotlarni o‘qib bo‘lmagan qismlar FAT jadvalida nuqsonli klasterlar sifatida qayd qilib qo‘yiladi.

Yüklə 432,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin