Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармаси



Yüklə 432,79 Kb.
səhifə21/28
tarix13.12.2023
ölçüsü432,79 Kb.
#175840
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Нам

Videoadapter BIOSi. Videoadapterlar o‘z BIOSiga ega bo‘ladi. U tizimli BIOSga o‘xshasa ham, lekin undan mutlaqo mustaqil. (Kompyuterdagi SCSI kabi boshqa uskunalar ham o‘z BIOSiga ega bo‘lishi mumkin). Monitorni ulaganda, tizim ishga tushishidayoq ekranda BIOS videoadapterining o‘ziga xos belgisini ko‘rish mumkin.
Videoadapterning BIOSi tizimli BIOS kabi ROM mikro-sxemasida saqlanadi, unga videoadapter jihozli va dasturiy ta’minot o‘rtasidagi interfeysni taqdim etuvchi asosiy buyruqlar berilgan. Videoadapterning BIOSi funksiyalariga murojaat etuvchi dastur, operatsion tizim yoki tizimli BIOSni avtonom ilova qilishi mumkin. BIOS funksiyalariga murojaatlar POST jarayoni bajarilayotgan paytda monitor haqidagi axborotni chiqarishi va istalgan boshqa dasturiy drayverlar diskidan yuklashdan oldin tizimni yuklashni boshlash imkonini beradi.
Videoadapter BIOSini, xuddi tizimli BIOSdek, ikki xil usulda modernizatsiya qilish mumkin. Agar BIOS EEPROM mikrosxemasida yozilgan bo‘lsa, uning ichidagi adapterni ishlab chiqaruvchi korxona taqdim etadigan maxsus dastur yordamida modifikatsiya qilish mumkin. Aks holda mikrosxemani, yana o‘sha ishlab chiqaruvchi taqdim etadigan yangisiga almashtirish kerak bo‘ladi. Dasturiy ta’minot yordamida modifikatsiyalash mumkin bo‘lgan BIOSni ba’zida flash BIOS deb ham atashadi.
Agar eski adapter yangi operatsion tizimda ishlatilayotgan yoki tayyorlovchi dasturning boshlang‘ich kodida jiddiy kamchilikni aniqlagan bo‘lsa, videoadapterning BIOSini yangilash talab qilinishi mumkin. Lekin videoadapter BIOSini faqat yangi, qayta ko‘rilgan talqinlar paydo bo‘lgani uchungina modifikatsiyalashtirish kerak emas. “Agar bunga ehtiyoj bo‘lmasa, modernizatsiyalamang” degan qoidaga amal qiling.
Grafik protsessor. Videoadapter tuzilishida protsessorning uchta turidan bittasi yoki ixtisoslashtirilgan mikrosxemalar majmuasidan bittasi ishlatilishi mumkin. Konkret platada o‘rnatiladigan uskunaning turi VGA, SVGA yoki XGA videoadapterlari standartiga amalda bog‘liq emas. Video-adapterlarning eng eski arxitekturasi tasvir kadrni saqlovchi tuzilish (frame buffer technology) deb ataladi. U tasvirning shunday tuzilish uslubiyatini ko‘zda tutadiki, bunda videoadapter faqat tasvirning statik kadri saqlanishi va regeneratsiyasi uchun javob beradi. Kadrning o‘zi esa faqat dastur va kompyuterning markaziy protsessori kuchi bilan yaratiladi. Tabiiyki, bunday usulda markaziy protsessorga katta og‘irlik tushadi, chunki u amalda tasvirning hamma detallari chizilishini to‘liq boshqarishi kerak.
Hozirgi zamon kompyuter grafikasida, shuningdek, ixtisoslashtiril-gan grafik soprotsessor ham qo‘llaniladi. Bunday arxitektura video-adapter tarkibiga tasvirni yaratish uchun zarur bo‘lgan hamma hisob-kitoblarni bajaruvchi o‘z protsessorini qo‘shishni ko‘zda tutadi. Bunda markaziy protsessor boshqa (rasmni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lmagan) vazifalarni bajarishi uchun deyarli to‘liq bo‘sh bo‘ladi.
Shunday qilib, kompyuterning markaziy prosessoridan amalda hamma grafik vazifalarni “tortib olib”, ularni ixtisoslashtirilgan (bunga maksimal moslashtirilgan) videoadapter protsessoriga yuklatilsa, bu arxitektura tizimning minimal vaqt davomida reaksiya qilishini ta’minlaydi.
Videoxotira. Tasvir shakllantirilayotganida videoadapter xotiraga murojaat qiladi. Videoadapterdagi xotiraning (videoxotiraning) hajmi turlicha - 2, 4, 8, 16, 32, 64 yoki 128 Mbayt bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha xotira videoadapterning tezkor harakatini oshirmaydi, lekin tasvirning shakllanishiga imkon yaratadi va qayta tiklanayotgan ranglarning miqdorini ko‘paytiradi.

10.2. Videokartani o‘rnatish bosqichlari





Yüklə 432,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin