15.2. Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimidagi imtiyozlar va qulayliklar
Turistik safarlar sonining ortishi, ular jug’rofiyasining kengayishi, transport vositalarining rivojlanishi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar davlatlar va hukumatlarning diqqat-e’tiborini turizmni rivojlantirish muammolari hamda milliy turizm tashkilotlarining yangi mavqeiga qaratmoqdalar.
1921 yildan boshlab Millatlar ligasi, BMTning, 1975 yildan boshlab esa Jahon turizm tashkilotining rahbarligi ostida turizm muammolariga bag’ishlangan 20 dan ortiq xalqaro anjumanlar, kongresslar va tadbirlar o’tkazildi.
1995 yil mart oyida Kadis shahrida (Ispaniya) JTT rahbarligi ostida turizm bo’yicha xalqaro forum o’tkazildi va unda jahonnning 52 mamlakatidan kelgan parlamentchilar ishtirok etdilar.
Ushbu forum shunday xulosaga keldiki, davlatlar turizm rivoji uchun katta ahamiyatga molik quyidagi muammolarni yechishda yordam berishlari zarur:
- turistik rasmiyatchilikni tartibga solish va turistlar xavfsizligini oshirish;
- turizm infratuzilmasi, shu jumladan transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish;
- turistik tashkilotlar rahbarlari va xizmatchilarini o’qitish uchun sharoitlar yaratish;
- turistik ob’ektlar va safar manzillarida ekologik normalarga rioya qilishni ta’minlash;
- turistlar huquqlarini himoya qilish;
- turistik firmalar uchun imtiyozli soliq tizimini ta’minlash;
- turizmda qabul qilingan xalqaro mezonlar va normalar asosida ob’ektiv statistika hisoboti va nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradigan iqtisodiy va statistik mexanizmlardan foydalanish;
- turizm uchun foydali bo’lgan mamlakat timsolini shakllantirish yo’li bilan milliy turmahsulotlarni chet-el bozorlariga olib kirish.
quyidagilar bir qator xorijiy mamlakatlarda turizm rivojini qo’llab-quvvatlashning iqtisodiy va ma’muriy mexanizmlari bo’lib xizmat qiladi42:
- soliq imtiyozlari, subsidiya va dotatsiyalar;
- turizm rivojini va turistik xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni qo’llab-quvvatlovchi milliy qonunchilik va normativ hujjatlari;
- mamlakatga kirish va undan chiqish paytida pasport va viza cheklashlarini kamaytirish;
- narxlarni qisqartirish va boshqa turli xil imtiyozlar berish yo’li bilan nomavsumiy turizmni rag’batlantirish;
- ijtimoiy turizmni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash;
- turistlar xavfsizligiga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish;
- davlat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy va tarixiy merosni asrab-avaylash bo’yicha va boshqa chora-tadbirlarni kuchaytirish.
Dostları ilə paylaş: |