Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети



Yüklə 393,54 Kb.
səhifə41/116
tarix02.01.2022
ölçüsü393,54 Kb.
#36116
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Туризм иктисоди маърузалар туплами

3. Saqlanmaslik. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni, talab va taklifni mutanosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab bo‘lmagunga qadar «omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.
4. Sifatning doimiy emasligi (xizmatlar sifati ko‘p hollarda manbaning holati, xizmat ko‘rsatuvchining malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi). Mehmondo‘stlik sohasidagi xizmatlar o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Bunday o‘zgaruvchanlikning bir necha sabablari mavjud. Birinchidan, bunday turdagi xizmatlar bir vaqtning o‘zida ko‘rsatiladi va qabul qilinadi, bu esa ularning sifatini nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi.

Ehtiyojning vaqtinchalik nobarqarorligi ehtiyoj yuqori bo‘lgan davrda xizmat sifatini saqlashni muammoli qilib qo‘yadi. Ko‘p narsalar xizmat ko‘rsatish vaqtida uni rad etish holatiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan bir kishi bugun sizga yaxshi xizmat ko‘rsatishi mumkin, ammo ertasi kuni sifatsiz xizmat qilishi mumkin. Bunday sifatsiz xizmat ko‘rsatishni turli sabablari bo‘lishi mumkin: xizmat sifatidagi o‘sish va tebranishlar, mehmondo‘stlik industriyasi sha’niga mijozlar tomonidan aytiladigan e’tirozlar norozilikning bosh sababi bo‘lib hisoblanadi.



Turistik xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari 4.3-rasmda keltirilgan.



Yüklə 393,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin