1.4. Turizmning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Turizmda ijtimoiy-iqtisodiy tizim quyidagi tavsif asosida qaraladi:
maqsadga yo’naltirilgan ya’ni tizim harakatining umumiy maqsadi borligi;
maqsadli va murakkab hulq;
turistlar oqimining mavsumiyligi, sayohatlarning o’tkazilish joyi va shakllarini tanlash;
turizm tizimida aniq xarajatni oldindan bilishni qiyinligi.
Zamonaviy g’arb iqtisodiyotida turizm murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida qaraladi, qaysiki turist turistik industriya jamiyat, turistik siyosat va iqtisodiyot bir butunlik sifatida qaraladi. Bunda iqtisodiy muammolar turizmning ijtimoiy ekologik aspektlari bilan birgalikda tahlil qilinadi. Gap shundaki bugungi kunda hayotiy strategiya va hayot uslublari qoida bo’yicha bir xil ijtimoiy-siyosiy asoslar ichida shakllanadi, ular shaxsning ijtimoiy tizimidagi muayyan maqomi bilan yuzaga keladi. Ammo shaxs uchun boshqa ijtimoiy guruh vakillarining yashash tarzi ahamiyat kasb eta boshlasa, bu holda ushbu guruhning ahloqiy iste’mol namunalariga mos keluvchi hayot tarziga o’zini namoyon etish yo’li bilan mansubligini ko’rsatishga tayyor bo’ladi. Siyosiy va madaniy bilish turizm talablari segmenti kengaymoqda. Boshqa xalq va davlatlarning madaniyatini, san’tini an’analarini o’rganishga intiluvchi sayohatchilarning katta oqimi yevropaga, Osiyoga va yaqin sharqqa intilmoqda. Sayohatchilarning sport sog’lomlashtirish, davolash va boshqa turdagi turizmlarga siyosiy-madaniy o’rganish motivlarini kengayishi an’anasi kuzatilmoqda. Siyosiy-madaniy o’rganish turizm rivojlanishida xukumat va mahalliy ma’muriyatning madaniy yodgorliklarini avaylab asrash, ularga keluvchi sayyohlar oqimini boshqarishdagi kuch-g’ayratlari muhim o’rin tutadi.
A.Maslouning ta’kidlashicha, o’zini faollashtiruvchi odatlar uchun o’rtacha odamlarning ko’pgina muammolari xosdir: aybni his qilish, tashvishlilik, g’am, ichki nizolar kabilar, ammo ularning asosiy farqi tanlangan ishga va o’z qadriyatlariga sodiqligidir. Bu esa ularni o’z maqsadi uchun kurashda toshbag’ir qilib qo’yadi. Bir qarashda bu toifa boshqa shaxs tipiga nisbatan bog’liq aspektlariga markazlashganligi va hayotning ijtimoiy e’tibor ahamiyatsizligi bois turizm faoliyatiga kiritish uchun kam istiqbollidir. Biroq bu toifadagi ishlarning tegishli darajada tuzilgan strategiyasi uni talablar bozorini aniq segmentiga aylantirishi mumkin. Din, san’at, siyosiy sohadagi nom qozongan tarixiy arboblarning ramzi va obrazi uning uchun muhim bo’lgan joylarga sayohat qilishi mumkin. SHaxs ruxiy ma’naviy sohasining amalga oshirish uchun qo’shimcha sharoitlar yaratadigan safar: bunda u o’zini kasbiy yo’nalishida to’liq namoyon etadi. Marketing izlanishlari u yoki bu yoshli ijtimoiy, siyosiy madaniy tipik xisoblangan hayot uslublarini yuzaga chiqaribgina qolmay balki hayot uslublari ist’mol motivlari va harakati o’rtasidagi o’zaro munosabatini ham belgilash kerak.
Turizm sohasi sayyohlarning o’zlarini hamda ularning maxsulotlarini tashkil etishga bevosita yoki bilvosita safarbar etilgan tashkilotlarning ham ehtiyojini qondirishni nazarda tutadi. U xizmatlarning quyidagi turlarini o’z ichiga oladi.
1.Sayyohlarni joylashtirish bo’yicha (mehmonxona, motellar, kempinglar, pansionatlar, sanatoriyalar, turizm bazalari va boshqalar).
2.Sayyohlarni ovqatlantirishni ta’minlash bo’yicha (restoranlar, kafelar, barlar va boshqalar)
3.Sayyohlarni passajir transportining xilma-xil turlarida mamlakat bo’ylab olib yurish va boshqa mamlakat hududlaridan olib o’tish.
4.Ekskursiya xizmatlari (tarjimonlar, guruhlar ekskursovodlar).
5.Madaniy qiziqishlarini qanoatlantirish bo’yicha xizmatlar (teatrlarga, kino, kontsert zallariga, bog’larga tabiat va tarixiy qo’riqxonalarga sport musobaqalar va boshqa tadbirlarga borish).
6.Sayyohlarning amaliy va ilmiy qiziqishlarini qondirish bo’yicha (kongresslarda, assambleyalarda, ilmiy konferentsiyalarda, semenarlarda, yarmarka va ko’rgazmalarda qatnashishi, umumiy va maxsus maqsaddagi savdo tadbirlarida qatnashishi).
7.Savdo korxonalarining umumiy ham maxsus maqsaddagi savdo xizmatlari (sovg’alar, otkritkalar va boshqalarni sotish)
8.Sug’urta va tibbiy xizmatlar.
9.Reklama va servis (sotish) xizmatlar (sayohatlar yo’nalishlarini ishlab chiqish, transportda, joylashish vositalarida o’rinlarni band qilish).
10.Ma’muriy nazorat organlari xizmatlari (ijara, karantin, valyuta, bojxona, politsiya xizmatlari, shuningdek xujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha xizmatlar viza, pasport).
11.Axborot xizmatlari (er sharining u yoki bu mintaqasidagi turizm resurslari, u yerdagi joylashish vositalari bojxona va chegara rasmiyatchiliklari va berilayotgan mamlakatdagi valyutaning kursi, transport turlarini ularning yo’nalishlari va bahosi haqida gazetalar, jurnallar, sayohatnomalar).
12.Ekologik xizmatlarning tabiat va madaniyat muhofazasi xizmatlari tarixiy va madaniy yodgorliklarni qo’riqlash bo’yicha inspektsiyalar).
O’zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, mamlakatning asosiy turizm rayonlariga bo’linishi xususida to’xtalib o’tish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda Respublikada to’rtta asosiy turistik mintaqa mavjud bo’lib, ular Farg’ona, Samarqand-Buxoro, Toshkent va Xorazm turizm mintaqalaridir. Farg’ona turizm mintaqasi Farg’ona vodiysini o’z ichiga hamrab oladi. Uning turistik resurslari arxeologik qazilmalar va me’morchilik obidalari, qulay tabiiy sharoitlar, an’anaviy xalq hunarmandchiligi va san’ati mahsulotlari, sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil va temir yo’llarning keng tarmog’ini mavjudligi ham Farg’ona mintaqasidan turizm maqsadlarida foydalanishga, uning butun hududida turizm bazalari va dam olish maskanlarini joylashtirishga imkoniyat yaratadi. Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm rayonidagi madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, qurilishlar, yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, mintaqaning tabiati, boy landshafti, rang-barang o’simlik va hayvonot dunyosi uning diqqatga sazovor bo’lishiga sabab bo’ladigan muhim omildir. Avtomobil va temir yo’llari tarmog’i Toshkent turizmi mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog’laydi hamda shahar atrofidagi temir yo’l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon beradi. Samarqand-Buxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarini o’z ichiga hamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi butun dunyoga mashhur me’morchilik obidalari ushbu mintaqadagi turizmni rivojlantirilishiga asos hisoblanadi. Bundan tashqari, Zarafshon daryosi orqali o’tuvchi temir yo’l va keng tarmoqdagi shosse yo’llari, Zarafshon tog’ tizmasi orqali o’tgan unchalik baland bo’lmagan dovonlar va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun g’oyatda qulay omil hisoblanadi. Xorazm turizm mintaqasining salohiyati asosan Xivaning Ichan qal’a qo’riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo’q g’oyatda boy tarixiy-me’morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat ko’rsatayotgan turizm mintaqalari bilan bir qatorda yana istiqbolli mintaqalar mavjud bo’lib, ular Jizzax, Qarshi-Termiz va O’rta-Qoraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi mavjud imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini yanada kengayishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |