Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти


 Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari



Yüklə 242,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix02.01.2022
ölçüsü242,44 Kb.
#41828
1   2   3   4   5
���������� ������������ ���� �� ���� ������ ������ ��������� ���

3. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari. 

 

Hukmlarning asosiy vazifasi predmetlarning xususiyat va munosabatlarini 



ko‘rsatish, predmet va hodisalarga xususiyatning xosligini qayd qilishdir. Biz 

predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga, ularning ichki 

zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va 

hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar 

hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Hukmlar orqali 

narsalar va hodisalar haqida bilimlar aks etadi. Ular haqida bilimlarimiz turlicha 

bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlar 

aniq, tekshirilgan bilimlarni ifodalsa, ba’zilarda esa xususiyatning predmetga 

xosligi ehtimol qilinadi, demak noaniq bilimlar ifodalanadi. 



Hukmlar predmet va hodisalarning hamma tomoni haqida fikrni ifodalaydi. Ular 

nisbatan tugallangan fikrdir. Hukmlar predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi 

ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. SHuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi. 

Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan fikrlar chin bo‘ladi, aks 

holda xato bo‘ladi. 

Hukmlarni ifodalash uchun til vositalari talab qilinadi. Hukmlar gaplar orqali 

ifodalanadi. Ular mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gaplar grammatik kategoriyadir. 

Mantiqning vazifasi hukmlarni turli tomondan o‘rganishdir. Hukmlar predmet 

va hodisalarga ma’lum bir xususiyatning xosligi yoki xos emasligini 

ifodalaydigan tafakkur shaklidir. 

Hukmlarni o‘rganishni ularning tuzilishini o‘rganishdan boshlaymiz. O‘rganish 

qulay bo‘lishi uchun dastlab ularni oddiy va murakkab turlarga bo‘lib olamiz. 

Bunda biz hukm atamalarining miqdoriga, soniga e’tibor beramiz. Hukmning 

sub’ekt va predikati uning atamalari deb ataladi. Agar hukm terminlari bittadan 

bo‘lsa oddiy hukm, birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deyiladi. Sub’ekt (S) 

fikr qilinadigan predmet va hodisani bildiradi. Predikat (R) esa predmetga xos 

xususiyatni, munosabatni bildiradi. Ya’ni predmet haqidagi yangi bilimni 

bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur 

boyitiladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subekt 

va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi. 

Hukmlarning turlari. Predikatning mazmuniga qarab hukm turlari. Ular 

quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat 

hukmlari. Atributiv hukmlarda predikat biror xususiyatning predmetga xosligi 

yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv 

hukmlarni qat’iy     hukmlar ham deb yuritamiz.  Masalan,   «mustaqillik davr 

talabidir». Mavjudlik hukmlarida predikat biror predmet va hodisaning mavjud 

yoki mavjud emasligini bildiradi. Masalan, «TMI da Soliq fakulteti bor». 

Munosabat hukmlarida predmetning biror jihatdan munosabati ko‘rsatiladi. 

Masalan, «Matematik mantiq klassik mantiqqa qaraganda yoshroqdir». 

Sub’ektning miqdoriga qarab hukm turlari quyidagilardir: umumiy, juz’iy, 

yakka hukmlar. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetning soni, nechtaligi 

ahamiyatga ega bo‘ladi. Oddiy hukmlarda diqqatimiz bir turkum 

predmetlarning hammasiga, bir qismiga yoki bir donasiga qaratilgan bo‘lishi 

mumkin. Masalan, «Hamma darsliklar kitobdir», «Ba’zi darsliklar O‘zbek tilida 

chiqarilgan», «Bu darsliklar mantiq faniga oiddir». 

Mantiqiy bog‘lamaga qarab hukm turlari quyidagilardir: tasdiq va inkor 

hukmlar. Mantiqiy bog‘lama hukmning sifatini belgilaydi. Tasdiq hukmlarda 



xususiyatning predmetga xosligi, inkor hukmlarda aksincha, xos emasligi 

ko‘rsatiladi. Masalan, «O‘zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdoridir», 

«O‘zbekiston fuqarolari qurollanish tarafdori emas». 

Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari. 

Bunda hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi. Hukmlarning 

asosiy turlari quyidagilardir: 1) Umumiy tasdiq hukmlar. A harfi bilan 

belgilanadi, «hamma S R dir» formulalari orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma 

O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga ega». 2) Juz’iy tasdiq hukmlar J 

harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, 

«Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar». 3) YAkka tasdiq hukmlar. A 

harfi bilan belgilanadi, «bu S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu 

talaba iqtisodchidir» va «Kant nemis filosofidir». 4) Umumiy inkor hukmlar. E 

harfi bilan belgilanadi, «hech bir S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. 

Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz yaratilmaydi». 5) Juz’iy inkor hukmlar. O 

harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, 

«Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan». 6) YAkka inkor hukmlar. E harfi bilan 

belgilanadi, «bu S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov 

birinchi kursda o‘qimaydi». 

Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik, 

ehtimollik va zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda  ularda 

fikrni ifodalash shaklini tushinish kerak. 

Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 

1991 yil 1 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi. 

Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali 

tekshirilmagan, ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida 

qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik 

(apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan voqealar haqida fikr ifodalanadi. 

Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi». 

Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Yuqorida ko‘rsatilgandek, oddiy hukmlar 

sub’ekt va predikatdan iborat bo‘ladi. Ular hajmi jihatdan xarakterlanadi. Hukm 

terminlari ikki xil hajmda bo‘lishi mumkin: to‘la hajmda olingan va to‘la 

hajmda olinmagan. Agar hukm termini bir turkum predmetlarning hammasini 

ifodalagan bo‘lsa, to‘la hajmda olingan bo‘ladi, aks holda to‘la hajmda 

olinmagan bo‘ladi. Umumiy tasdiq hukmlarda sub’ekti to‘la hajmda olingan, 

predikat bir xil hukmlarda to‘la olingan, boshqalarida to‘la hajmida olinmagan 

bo‘ladi. Masalan, «Hamma talabalar O‘zbekiston tarixini o‘rganadilar». Bunda 

talabalarning hammasi fikr qilingani uchun sub’ekt to‘la hajmda olingan, 



O‘zbekiston tarixini o‘rganuvchilar esa faqat talabalar emas, ular bilan birga 

yana boshqalar ham bor, shuning uchun predikat to‘la hajmda olinmagan. 

«Hamma oddiy hukmlar ikkita termindan iborat» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la 

olingan, predikat ham to‘la, chunki ikkita termindan iborat faqat oddiy 

hukmlarning o‘zlaridir. Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti to‘la olinmagan 

predikati bir xil hukmlarda to‘la, boshqalarida to‘la olinmagan bo‘ladi. Masalan, 

J «Ba’zi spektakllar zamonaviy mavzularga bag‘ishlangan», bunda sub’ekt ham, 

predikat ham to‘la hajmda olinmagan. J «Ba’zi odamlar ikkita chet tilini biladi» 

kabi hukmlarda sub’ekt to‘la emas, predikat to‘la olingan, chunki chet tilini 

biladiganlar hammasi odamlardir. YAkka tasdiq hukmlarning sub’ekti va 

predikati to‘la hajmda olingan bo‘ladi. YAkka hukm sub’ektida bir predmet bir 

individ sifatida olingani uchun umumiy hukm singari sub’ekti to‘la bo‘ladi. 

Predikati umumiy hukmning birinchi xili singari to‘la olingan bo‘ladi. Masalan, 

E «hech bir jism tinch turmaydi». Juz’iy inkor hukmlarda sub’ekt to‘la 

olinmagan. Masalan, O «Ba’zi talabalar kutubxonalarga a’zo emas». YAkka 

inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘la hajmda olingan bo‘ladi. 

Masalan, «Bu odam oliy ma’lumotli emas» hukmlarda terminlar hajmini 

yaxshiroq tushunish uchun doiralardan foydalanamiz. 

Murakkab hukmlar. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari 

birdan ortiq bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab 

hukmlarni turlarga, ajiratganda ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining 

mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab murakkab hukmlarning quyidkgi 

asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi va shartli hukmlar. 

Birlashtiruvchi hukmlarda sub’ekt rki predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq 

bo‘ladi. Ularning tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga 

mos keluvchi boshqa bog‘lovchi) mavjud bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax 

nemis filosoflaridir», «Hamza shoir, dramaturg, kompozitor, ma’rifatparvar ». 

Ayiruvchi hukmlar tarkibida «yoki» bog‘lovchisi bo‘lib, bir qancha 

predikatlarni bir biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov yo psixologiya, yoki 

siyosiy iqtisod, yoki filosofiya bo‘limida o‘qiydi». 

SHartli hukmlar tarkibida odatda «...sa, ...bo‘ladi» so‘zlari mavjud bo‘ladi. 

Ko‘pincha ikki bog‘liq hodisa haqida fikr bayon qilinadi. SHartli hukmning 

sabab va oqibatini ifodalaydigan qismlarida sub’ekt va predikat alohida-alohida 

bo‘ladi. Masalan, «Agar jism qizdirilsa, u kengayadi». Birlashtiruvchi hukmlar 

kon’yuktiv, ayiruvchi hukmlar diz’yunktiv, shartli hukmlar implikativ hukmlar 

deb ham ataladi. Ayiruvchi hukmlar «S yoki R, yoki R1, yoki R2 dir» 




formulasi, shartli hukmlar «Agar S R bo‘lsa, S1 Pt dir» formulasi orqali 

beriladi. 



Yüklə 242,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin